Avtomatika va elektrotexnologiya
Ta`limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta`lim
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy o`qitish tizimining metodologik asoslari.
- Ta`lim mazmunini tanlash printsipi
- Axborot havfsizligini tanlash printsipi
- Masofaviy o`qitish jarayonining o`ziga xosliklari.
- Masofadan o`qitishning metod va vositalari.
- Kompyuter tarmog‟i togrisida umumiy tushuncha.
- Tarmoq topologiyasi Tarmoq topologiyasi
- Aylana (doira) topologiya
Ta`limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta`lim. O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida qo`llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir.Elektron vositalar tarkibiga apparatli,dasturli va axborotli komponentlar kiradi.Ularni qullash ko`rsatmalari o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) tahminotida keltiriladi. Masofaviy ta`lim bu o`qitishning insonparvar shakli bo`lib, anoanaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi.Bunda texnik vositalar o‘quv materialini mustaqil o`zlashtirish, o`qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot uchun hizmat qiladi. SHunga ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta`limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta`lim tizimini tashkil etish to`g`risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta`lim tizimi apparatli, dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo`lib,o`z ichiga server va ishchi stansiyalar, shaxsiy kompyuterlar, kommunikatsiya vositalari, umum tizimli va tarmoqli dasturlar ta`minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari,o`rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo`lgan audio va video texnikalarni oladi. Masofaviy o`qitish tizimining metodologik asoslari. O‘quv jarayonini tashkil etishda ochiqlik va individual yondoshuv. Etakchi oliy o‘quv yurtlari va uzoq masofadagi o‘quv-konsultativ punkt bazasidagi markazdan tashkil topgan masofaviy o`qitish tizimining markazlashgan strukturasi. Kontakt va nokontakt o‘quv davrlari almashadigan masofaviy o`qitish jarayonini tashkil etish. O`qituvchi, konsultant va menenjer sifatlariga ega bo`lgan o`qituvchi-konsultantni (tyutar) o‘quvchiga bog`lash. O‘quvchilarning bir-biri va o`qituvchi bilan o`zaro zamonaviy tehnik vositalar, axborot texnolgoiyalari va anoanaviy pochta yordamida masofadan va yuzma-yuz muloqotini tashkil etish. Ta`lim mazmunini tanlash printsipi: Masafoviy ta`lim mazmuni davlat ta`lim standartlarining normativ talablariga javob berishi kerak.SHuningdek,ta`lim maz munini tanlash imkoniyatini yaratadigan alternativ dasturlar yaratish lozim. Axborot havfsizligini tanlash printsipi: Ta`limning boshlang`ich darajasi printsipi: Ta`lim samaradorligini oshirish uchun maolim bir boshlang`ich bilim va ko`nikmalar zarur. O`qitish tehnalogiyasini moslik printsipi.O`qitish texnologiyasi masovafiy o`qitish modeliga adekvat bo`lishilozim. Masofaviy o`qitish tizimi anoanaviy ta`lim tizimiga zid xususiyatga ega bo`lmasligi kerak. Masofaviy o`qitishda ham anoanaviy ta`lim tizmidagi ta`lim maz muni saqlanadi. Lekin uning farqi ta`lim oluvchilaruchun qulaylikning yaratilishida. Masofaviy o`qitish jarayonining o`ziga xosliklari. 1.Eguluvchanlik. O‘quvchi dars vaqti, hajmi va boshqalarga nisbatan erkindir. 2.Modullik. 3.Parallellik. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda. 4.O`zaro taosir etish. 5.Masofaviy ta`limning didaktik tizimi. Hozirgacha mavjud didaktik tizimda ta`lim jarayoni 7 ta elementni o`z ichiga olar edi: ta`lim maqsadi, ta`lim mazmuni, o`qituvchilar, o‘quvchilar, ta`limning shakli, vositasi va metodlari. Masofaviy ta`limning didaktik tizim esa 12 elementni o`z ichiga oladi. maqsad O‘quv-moddiy mazmun o`qituvchilar Nazorat Metodlar Normativ-huquqiy vositalar o‘quvchilar iqtisodiy shakllar marketing Qo`shimcha elementlar, yaoni o‘quv moddiy, nazorat, normativiy-huquqiy, iqtisodiy, marketing kabilar anoanaviy didaktik tizimda ham ko`zga tashlanmay ishtirok etadi,lekin pedagogik jarayon uchun u masofaviy ta`limdagi kabi printsipial ahamiyat kasb etmaydi. Masofadan o`qitishning metod va vositalari. Masofadan o`qitish texnologiyasi (MO`T) mahsus metod, vosita va o`qitishning tashkiliy shakllari tizimi bo`lib,ta`lim mazmunini ko`p tarmoqli ravishda amalga oshirishga qaratilgan. Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o‘quv mazmuni o`z ichiga olgan masofaviy o`qitish o`qituvchi va o‘quvchi qo`lidagi o‘quv vositalari o‘quv mazmunini taqdim etish, o‘quvchilarning o`rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Maolum bir o‘quv materiali bir qancha o`rgatish vositalari (bosma materiallar, audio-video va boshqalari) bilan berilishi mumkin. Vositalarning har biri o`z didaktik imkoniyatlarga ega. O`qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o‘quv materialini har hil vositalarga ko`ra bo`lib chiqishi, didaktik vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘quv axborotlarni tashuvchi tizim sifatida o‘quv materiallaridan o‘quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o`qitish tizimi vositalari qo`ydagilardan iborat bo`lishi mumkin: 1.Darsliklar (anoanaviy darsliklar, elektron darsliklar, qo`llanmalar, spravochniklar va boshqalar). 2.(Kompyuter) tarmoqdagi o‘quv-metodik qo`llanmalar; 3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o`qituv tizimlari; 4.Audio va o‘quv axborot materiallari; 5.Video o‘quv-axborot materiallari; 6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari; 7.Masofaviy trenajyorlar; 8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi; 9.Masofaviy elektron kutubhonalar; 10.O`rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o`qitish vositalari; 11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o`qitish vositalari; 12.Virtual reallikka asoslangan o`qitish vositalari. Masofadan o`qitish tizimida o`qitish vositalari yangi axborot texnologiyalari vositasida amalga oshiriladi. Keltirilgan vositalarning xarakteristikalarini keltiramiz. Darsliklar. Didaktik bosma materiallarni tayyorlashda qo`ydagilarga asoslanishi kerak. O‘quv qo`llanmalar shunday tuzilishi kerakki,o‘quvchi faqat zarur hollardagina qo`shimcha o‘quv axborotga murojaat qilsin. O‘quv material strukturasini tashkil etishda modul printsipidan foydalanish kerak. Materialni mustaqil o`zlashtirish va mustaqil ish bo`yicha batafsil ko`rsatmalar berilishi lozim. O‘quv qo`llanmada nazorat vazifalari,bilimni tekshirish uchun savol va javoblar, mashqlar bo`lishi kerak. Umuman olganda o‘quv materiallar quydagi strukturaga (o‘quv predmetiga ko`ra invariant) asoslangan bo`lishi kerak: Kirish (dastur va mutahassislikni tarihi predmet, aktualligi boshqa predmetlar bilan bog`liqligi va o`rni); Kurs bo`yicha o‘quv dastur; Kursning maqsadi va vazifalari; Kursni mustaqil o`zlashtirish bo`yicha metodik ko`rsatmalari; Mundarija; Bo`lim (modul)lar bo`yicha asosiy material tartibga solingan; Bo`limlar bo`yicha o`rganish uchun javoblari mavjud bo`lgan testlar, savollar va masalalar; Yakuniy test; Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar; Kichik ilmiy tekshirish ishlari uchun tematika; Atamalar lug`ati; Qisqartirmalar ro`yhati; Yakuniy qism; Adabiyotlar ro`yhati (asosiy, qo`shimcha, fakultativ); 15-Mavzu. Bilimlar bazasi va ekspert tizimlar. (2 soat) 1. Avtomashtirilgan qidirish tizimlari. 2. Bilimlar bazasi tushunchasi. Bilimlar bazasini boshkarish tizimlari. 3. Sun‘iy intellekt tushunchasi. Informatika va sun‘iy intellekt. Bilimlarni tasvirlash. 4. Semantik tarmoqlar. Freymli modellar (tillar) xakida tushuncha. Bilimlarning mantikiy modellari va mantikiy xulosa qilish tizimlari. 5. Ekspert tizimlar. Ekspert tizimlarining asosiy muammolari. Sodda ekspert tizimlar arxitekturasi. Mantikiy xulosa. Bilimlar injeneriyasi xakida ma‘lumot. Bilimlar bazasi Bilimlаrgа аsоslаngаn sistеmаdа, birоr аnik mаsаlаniyechаyotgаn kоidаlаr, (yoki evristikа) bilimlаr bаzаsidа saqlаnаdi. Sхеmаdаn ko‘rinаdki, kаndаydir хоlаtni ifоdаlоvchi muаmmоlаr sistеmа оldigа fаktlаr to‘plаmini kuyadi vа sistеmа bilimlаr аsоsidа shu fаktlаrdаn хulоsаlаr chikаrаdi. 1-Misоlni ko‟rаylik: Bеmоrgа diоgnоz ko‘yish uchun ko‘yidаgilаr mа‘lum: Dаrmоni yo‘q, ko‘ngli аyniydi, kоnidа bilirubin miqdori ko‘pаygаn, ko‘zlаri sаrgаygаn. Bu fаktlаrgа аsоsаn vrаch bеmоrgа gеpаtit dеb diоgnоz ko‘yadi. Хuddi shundаy, diоgnоzni kоmppyutеr хаm ko‘yishi mumkin, аgаrki undаyetаrli, evristik kоidаlаr mаvjud bo‘lsа. SHuning uchun, bilimlаr bаzаsi kоmppyutеrdа kаnchаlik sifаtli vа ko‘p bo‘lsа, ekspеrt sistеmаlаri shunchаlik sifаtli bo‘lаdi. Bilimlаr bаzаsigа аsоslаngаn ekspеrt sistеmаsi ishlаsh sхеmаsi kuyidаgichа bo‘lаdi. аnаliz nаtijаlаri yoki kiymаtlаr tаnlаsh; kuzаtish ; nаtijа intеrprеtаtsiyasi ; yangi infоrmаtsiyalаrni o‘zlаshtirish ; gipоtеzа vа kоidаlаr yordаmidа yangi kiymаtlаr yoki yangi аnаliz nаtijаlаri оlish. Bilimlаr bаzаsigа аsоslаnib, kurilgаn ekspеrt sistеmаlаrining eng аsоsiylаri diаlоg ko‘rinishdа bo‘lishi mumkin. Bilimlar bazasi Kiritiluvchi axborotlar Chiqarish mexanizmi Tamomlash xulosa Bu tipdаgi prоgrаmmаlаr ishgа tushirilgаndа fоydаlаnuvchi kiskаchа ―ХА‖ yoki ―YO‘K‖ jаvоblаrini bеrish mumkin shu jаvоblаrgа аsоsаn fаkt vа kоidаlаr аsоsidа хulоsа chikаrilаdi. Umumаn хаr dоim sistеmаdа uch хil tipdаgi bilimlаr bo‘lishi mumkin: 1. Strukturаviy bilimlаr - prеdmеtlаr sохаsini stаtistik bilimlаri. Bu bilimlаr mа‘lum bo‘lgаndаn kеyin ulаr o‘zgаrmаydi. 2. Strukturаviy dinаmik bilimlаr - prеdmеtlаr sохаsidа bilimlаrni o‘zgаrishi. Bo‘lаr yangi ахbоrоtlаrni pаydо bo‘lishigа kаrаb o‘zgаrib turаdi. 3. Ishchi bilimlаr - аnik bir mаsаlаniyechish uchun ishlаtilаdigаn bilimlаr. Bilimlаr bаzаsigа аsоslаngаn ekspеrt sistеmаlаri: mеditsinа diаgnоstikаsidа ; plаnlаshtirishdа ; intеrprеtаtsiyadа; bоshkаrish vа nаzоrаt kilishdа; mехаnik vа elеktr kurilmаlаrini bаrkаrоrligini аniqlаshdа; o‘qitish vа o‘rgаtishdа ishlаtilаdi. Ekspеrt tizimini qurishning instrumеntаl vоsitаlаri Dаsturlаshning аn‘аnаviy tillаri. Instrumеntаl vоsitаlаrning ushbu guruщigа аsоsаn rаqаmli аlgоritmlаrigа mo‘ljаllаngаn vа аlоmаtli vа mаntiqiy mа‘lumоtlаr bilаn ishlаsh uchun kuchsizrоq to‘g‘ri kеluvchi dаsturlаshning аn‘аnаviy tillаri (С, С++, Basic, SmallTalk, Fortran vа х.k.) kirаdilаr. Shuning uchun bu tillаr аsоsidа sun‘iy intеllеkt tizimlаrini yarаtish dаsturlоvchilаrdаn ko‘p ishlаshni tаlаb qilаdi. Аmmо ulаrning аn‘аnаviy mаshinа аrхitеkturаsigа yaqinligi bilаn bо\liq yuqоri sаmаrаdоrligi bu tillаrning kаttа аfzаlligidir. Bundаn tаshqаri, dаsturlаshning аn‘аnаviy tillаridаn fоydаlаnish umumiy mo‘ljаllаnishdаgi yirik dаsturiy mаjmuаlаrgа intеllеktuаl tizimlаrni (mаsаlаn, intеgrаtsiyalаshgаn ekspеrt tizimlаrini) qo‘shishgа imkоn bеrаdi. Аn‘nаviy tillаr оrаsidа оb‘еktli mo‘ljаllаngаnlаri (SmallTalk, С++) eng qulаy щisоblаnаdi. Bu shuning bilаn bоg‘liqki оb‘еktli-mo‘ljаllаngаn dаsturlаshning pаrаdigmаsi bilimlаrni tаqdim etishning frеymli mоdеli bilаn yaqindаn bо\lаngаn. Bundаn tаshqаri, dаsturlаshning аn‘аnаviy tillаridаn sun‘iy intеllеktning instrumеntаl vоsitаlаri bоshqа shifrlаrini yarаtish uchun fоydаlаnilаdi. Sun‘iy intеllеktning tillаri. Bu щаmmаdаn аvvаl LISP (Lisp) vа PRОLОG (Prolog) - eng kеng tаrqаlgаn, sun‘iy intеllеkt vаzifаlаriniyechish uchun mo‘ljаllаngаn tillаrdir. Sun‘iy intеllеktning kаmrоq tаrqаlgаn tillаri щаm mаvjud, mаsаlаn, Rоssiyadа ishlаb chiqilgаn RЕFАL. Ulаrning univеrsаlligi аn‘аnаviy tillаrgа nisbаtаn kаmrоq, аmmо bu yo‘qоtishni sun‘iy intеllеktning tillаri аlоmаtli vа mаntiqiy mа‘lumоtlаr bilаn ishlаsh bo‘yichа bоy imkоniyatlаr bilаn o‘rnini to‘ldirаdi, bu sun‘iy intеllеkt vаzifаlаri uchun \оyatdа muщimdir. Sun‘iy intеllеkt tillаri аsоsidа iхtisоslаshtirilgаn kоmpyutеrlаr yarаtilаdi, mаsаlаn, sun‘iy intеllеkt vаzifаlаriniyechish uchun mo‘ljаllаngаn LISP - mаshinаlаr. Bu tillаrni kаmchiligi - gibridli ekspеrt tizimlаrini yarаtish uchun qo‘llаnilmаsligidir. Sun‘iy intеllеkt dаsturiy vоsitаlаrining bu guruщigа umumiy bеlgilаnishdаgi mахsus instrumеntlаr kirаdi. +оidаgа ko‘rа, bu kutubхоnа vа LISP sun‘iy intеllеkt tilining ustidаgi ustqurmа KЕЕ (Knowledge, Enginееring Environment), FRL (Frame Representation Language), KRL (Knowledge Representation Language), ARTS vа fоydаlаnuvchilаrgа sun‘iy intеllеktning оdаtdаgi tillаridа eщtimоl bo‘lgаndаn fаrqlirоq yuqоrirоq dаrаjаdаgi ekspеrt tizimlаrining tаyyorlаmаlаridа ishlаshgа imkоn bеruvchi vа bоshqаlаr. ―Qоbiqlаr‖ оstidа mаvjud ekspеrt tizimlаrining ―bo‘sh‖ shаkllаri, ya‘ni bilimlаr bаzаlаrini, tаyyor ekspеrt tizimlаri tushunilаdi. Bundаy qоbiqkа EMYCIN ( Empty MYCIN - bo‘sh MYCIN) misоl bo‘lib хizmаt qilishi mumkin, u to‘ldirilmаgаn ekspеrt tizimi MYCINdаn ibоrаtdir. Qоbiqlаrning аfzаlligi shundаn ibоrаtki, ulаr umumаn tаyyor ekspеrt tizimlаrini yarаtish uchun dаsturchilаrning ishlаrini tаlаb qilmаydi. Tаyyor ekspеrt tizimini yarаtish uchun prеdmеtli sощаdаgi mutахаssis(lаr) tаlаb qilinаdi. Nazorat savollari. 1. Masofaviy ta‘limning qanday turlari mavjud? 2. Bilimlar bazasi deganda nimani tushunasiz? 3. Ekspert tizimlarining qanday turlari bor? 4. Avtomatlashtirilgan ish joylarni tashkil etishning qanday turlari bor? 16-Mavzu. Kompyuter tarmoqlari. (2 soat) 1. Lokal kompyuter tarmog‘i. 2. Global kompyuter tarmog‘i. 3. Internet tarmog‘i. Internetning asosiy tushunchalari. Internet sonli manzillari, Internet ga ulanish. Mijoz/server texnologiyasi. 4. Tarmoqda ma‘lumotlarni uzatish tizimlari (ftp, gopher). Fayllar bilan ishlash. 5. Tarmoqda ma‘lumotlarni kidirish tizimlari (Wais, Finger, Archie, Veronica, Alta-Vista). 6. Kommunikatsiya xizmatlari (E-mail, Telnet, Usenet, IRC) Knowbot axborot xizmati. Telnet. IRC. WHOIS. Usenet. Telekonferentsiyalarni o‘qish. Yangiliklarni o‘qish dasturlari. 7. Internet qaydnomalari. TCP IP qaydnomalari. InterNIC - ma‘lumotlar markazi. 8. World Wide Web (WWW). Gipermatn va gipermedia. WWW asosiy kontseptsiyalari, loyixasi. Hujjatlar bilan ishlashni tezlashtirish. 9. HTML tili. HTML-hujjat tuzilishi. HTML tili operatorlari. 10. Web sahifalarni o‘qish vositalari (Browserlar). Microsoft Internet Explorer brauzeri. 11. DHTML kengaytirish. HTML da dasturlash tillaridan foydalanish. JAVA dasturlash tili. Java Script. Java Script dasturlash tili tuzilishi. 12. Elektron aloqa (EA). EA imkoniyatlari, manzillari, dasturlari. EA ni o‘rnatish, ishlash. EAni ishlashi. Fayllar. Fayllarni siqib jo‘natish. 13. Internet da Elektron aloqa bilan ishlash. Elektron aloqani uzatish qaydnomasi. Rasmlarni tarmoq orqali jo‘natish. Foydalanuvchilar EA manzilini aniklash. Elektron aloqa va xukukiy masalalar. Elektron aloqa etiketa. 14. MS Outlook Express dasturi va undan foydalanish EAda avtomatik tarjima vositalaridan foydalanish. Internet dan elektron aloqa orqali foydalanish. Kompyuter tarmog‟i to'g'risida umumiy tushuncha. Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‗lish sabablaridan biri resurslaridan xamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‗zida bir xil ma‘lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‗shimcha mablag‗ni asraydi. Xozirda kompyuterlarni qo‗llashda ko‗pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta‘riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog‗i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin. 104-rasm. Uzatish kanallari orqali o‗zaro bog‗langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog‗i resurslaridan jamoa bo‗lib foydalanishni taminlaydi. Kompyuter tarmoqlarini ko‗pgina belgilar, xususan xududiy ta‘minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‗ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi. Global tarmoqlar butun dunyo bo‗yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‗pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo‗ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet. Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‗lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‗pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi. EXMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‗laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o‗sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‗lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‗langan bo‗ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‗lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‗lik o‗tkazgich inson soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‗ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel. Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi. Tarmoq topologiyasi Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko‗pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko‗pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o‗zi zarur. Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma‘lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to‗plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Trken-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo‗lib, har bir kompyuter tarmog‗iga o‗rnatiladi va tarmoq kanallari bo‗yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta‘minlaydi. LXT topologiyasi - bu tarmok uzellari birlashuvining o‗rtacha geometrik sxemasi. Xisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo‗lishi mumkin, lekin lokal xisoblash tarmog‗i uchun uchta tur umumiy xisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba‘zan soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi tom ma‘noda aylana, to‗g‗ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikrni bildirmaydi. Har qanday kompyuter tarmog‗ini uzellar majmui sifatida ko‗rishi mumkin. Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilma. Topologiya tarmoq uzellarini ulash sistemasini o‗rtalashtiradi. Masalan, ellips xam yopiq egri, xam yopiq siniq chiziq aylanma topologiyaga, yopiq bo‗lmagan siniq chiziq esa - shina topologiyaga mansub. Aylana (doira) topologiya - tarmoq uzellarining yopiq egri (uzatish o‗rtasidagi) kabel bilan birlashuvini xosil qiladi. Uzatish (peredatchik) va qabul qilish (priyomnik) o‗rtasidagi har bir oraliq uzel yuborgan xabarni retranslyasiya qiladi. qabul qiluvchi uzel faqat o‗ziga yuborilgan ma‘lumotnigina aniqlaydi va qabul qiladi. Aylana topologiya nisbatan kichikroq kenglikda shug‗ullanuvchi tarmoq uchun juda mos keladi. Unda markaziy uzel yo‗qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotni retranslyasiya qilish uzatish vositasi sifatida har qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Bunday tarmoq uzellari xizmat ko‗rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini susaytiradi, uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotni uzatish traktini saqlash uchun choralar ko‗rishni talab qiladi. Shinali topologiya - eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog‗liq. Ma‘lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo‗yicha har ikki tomonga tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyasiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga kelib tushadi, lekin kimga jo‗natilgan bo‗lsa, faqat o‗shagina qabul qila oladi. Xizmat ko‗rsatish tartibi parallel. Bu xol shinali topologiya bilan LXTning tezkor harakatini ta‘minlaydi. Tarmoqni kuchaytirish va konfigurasiyalash, shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson. SHinali topologiya tarmog‗i aloxida uzellarning buzilish extimolligiga chidamli. Ushbu turdagi topologiya tarmog‗i xozirchi kunda joriy etilgan. SHuni ta‘kidlash lozimki, ularning ko‗lami kichkina va bir tarmoq doirasida turli xildagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling