Avtomatika va elektrotexnologiya
Tarmoqni tashkil etishni texnik vositalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati
- 2. Juftli o„ram kabellari
- Optiktolali kabel (fider-optic cable).
- Tarmoq kabellarini texnik ko„rsatkichi
- 17 -Mavzu. Internetda izlash. (2 soat)
- Internetning tarkibiy qismlari.
- IR(Internet Protokol) va URL(Uniform Resource Locator) manzillar tushunchasi.
- Internetga ulanish usullari va tartiblari.
- To‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish. 15.3- расм
- Internetni ishlash tartibi. E‘tibor bergan bo‗lsangiz domenlar nomi ko‗pincha .com, .edu yoki .org
Tarmoqni tashkil etishni texnik vositalari. Bizga ma‘lumki, lokal tarmoq tashkil qilish uchun eng zaruriy qurilmalar: tarmoq kartasi, kabellar HUB (yoki Switch) va dasturiiy ta‘minotdir. 105.1-rasm. 105.2-rasm. Tarmoqlarni tashkil etishda bizga quyidagi texnik vositalar majmui zarur bo‗ladi. Tarmoq platasi, tarmoq kabeli, Tarmoq platasining mavjudligi bilan biz tarmoqni tashkil etishimiz mumkin bo‗ladi. CHunki tarmoq platasining vazifasi asosiy plata bilan tashqi qurilma (kabel, HUB yoki Switch) o‗rtasidagi vositachi. YA‘ni kelayotgan signalni qabul qilib asosiy plataga o‗tkazish yoki aksincha asosiy platadan chiqayotgan signalni tashqariga uzatish uchun xizmat qiladi. Tarmoq kartasi drayverini aksariyat operasion sistemalarning o‗zi avtomatik ravishda o‗rnatadi. Odatda bitta Hub yoki Switch orqali 8, 16, 32 tagacha foydalanuvchi lokal tarmoqga ulanishi mumkin. Lekin Hub va Switch orqali ulanishlar soni albatta chegaralangan bo‗ladi. SHu sababdan ko‗proq kompyuterlar o‗rtasida lokal tarmoq tashkil etish uchun bizga bir nechta Hub yoki Switch kerak bo‗ladi. Switch bilan Hub ni o‗rtasidagi farqlar shundan iboratki, birinchidan Hub da yana boshqa bir Hub ga ulanish uchun ishlab chiqarilgan aloxida shina mavjud. Bu Hub ning Switch dan ustunlik tomoni. Ikkinchidan Hub orqali tashkil etilgan lokal tarmoqda axborot almashinish Switch ga nisbatan biroz sekinroq. CHunki, Hub dagi yuklanish Switch dagiga nisbatan kattaroq bo‗ladi. Sababi, agar siz Hub orqali ulangan kompyuterlardan biridan ikkinchisiga biror bir axborot jo‗natsangiz, siz jo‗natgan axborot hub dan ulangan xamma kompyuterlarga borib uni IP adresini tekshirib ko‗radi va kerakli kompyuterni topadi. ya‘ni, siz biror bir ma‘lumot jo‗natganingizda barcha kompyuterlarga borgan tarmoq kabellari o‗sha jo‗natilgan ma‘lumot bilan band bo‗ladi. Bu esa Hub ning Switch dan kamchilik tomonidir. XUB (Switch) qurilmasidan foydalangan xolda kompyuterni tarmoqqa ulash. Hublar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog‗lash uchun kerak bo‗lsa, Switchlar binolar orasiga qo‗yiladi. 106-rasm. Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati Bog‗lash uchun qo‗llaniladigan kabellar uzatish muxiti deb yuritiladi. 107-rasm. Kabellar asosan uchga bo‗linadi: 1. Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o‗xshash. O‗tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni xosil qilishda foydalaniladi. Koaksial sim. Bunday sim turt katlamdan tashkil topgan buladi: uning eng ichki katlami metall simdan iborat. Bu izolyasiya bilan uralgan bo‘lib, u 2-katlamini tashkil kiladi. 3-katlam izolyasiyasi yupka metall ekran bilan koplangan buladi. Ekran egiluvchan uki, ichki sim egiluvchanlik uki bilan ketma-ket tushadi. SHuning uchun xam koaksial sim deyiladi. Turtinchi katlam plastik katlamdan iborat bo‘lib, u uchta katlamni koplaydi. Keyingi paytda keng rivojlangan kabel televideniesida ishlatiladigan sim koaksial simdir. Kabel televideniesi yordamida bir kancha kanallar orkali ko‘rsatuvlar berilishining sababi xam koaksial simlar orkali bir paytda bir kancha turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda har bir signal turiga bittadan kanal mos keladi. Har bir kanal uz chastotasida ishlaydi, shuning uchun ular oralikda bir-biridan mustakil xisoblanadi. Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta kenglikda ishchi chastotalariga ega bulganligi tufayli katta xajmdagi ma‘lumotlar okimini yukori tezlikda uzatishi mumkinligidadir. Bu imkoniyat yukori tezlik bilan ishlaydigan lokal kompyuter tarmoklarini yaratish imkoniyatini beradi. Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashki karshiliklarga chidamliligi va nisbatan uzok masofalarga ma‘lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir. Koaksial simlari uchun kabul kilingan andozalar mavjud bo‘lib, u Internet kompyuter tarmog‗i uchun Internet yug‗on simi (taxminan kulning katta barmogi yug‗onligida) deb xam yuritiladi. Bundan tashkari, yug‗onligi taxminan kichik barmok yug‗onligida bulgan, xozirda keng tarkalgan Cheapernet yoki Thinnet simlari mavjud. Yug‗on va ingichkarok koaksial simlar albatta uz xususiyatlariga ega: yug‗on simlar ingichkaga nisbatan uzokrok masofaga ma‘lumotlarni uzatadi va tashki qarshilikka chidamlirokdir. Yuqorida aytganimizdek, afsuski, bu simlarni tugridan-tugri kompyuterga ulab bulmaydi. Buning uchun qo‘shimcha boglovchi sifatida BNC boglovchisidan foydalaniladi. Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya‘ni uning yordamida deyarli barcha turdagi: tovush, video va xokazo signallarni uzatish mumkin. Omninet, Onet kompyuter tarmog‗i bunday simlarni birinchi bo‗lib ishlatgan. 1- tarmoklarda bunday simlar orkali ma‘lumotlarni uzatish tezligi 1 m/bit atrofida bulgan, (Ethernet tarmoklarida ishlatilgan) koaksial simlarga nisbatan uzatish tezligi 10 barobar kam. Keyingi tarmoklarda uzatish tezligi koaksial simlar orkali uzatilish tezligiga barobarlashdi. Ammo ma‘lumotlarni uzatish masofasi koaksial simlar uzatishiga nisbatan 5 marta kamdir. 2. Juftli o„ram kabellari (tvisted pair – vitaya para) telefon simini eslatadi. O‗tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni xosil qilishda foydalaniladi Lokal kompyuter tarmoklari ingichka (Ethernet) koaksial sim yoki vitaya para bazasida ko‗riladi. Odatda bunday koaksial simlar yordamida tashkil kilingan tarmok umumiy shina (sim) orkali birlashtiriladi. Bu esa ma‘lum nokulayliklarga olib keladi. Masalan, koaksial simning biror joyida uzilish bulsa, tarmok kompyuterlari ishlamay koladi. Sim uzilgan joyni topish masalasi esa amrimaxol bo‘lib koladi. SHuning uchun xozirda lokal kompyuter tarmoklarini yaratish strukturalash prinsipiga asoslanadi. Bunda har bir struktura aloxida «vitaya para» simlari bilan ulangan bir necha kompyuterlar tarmok adapteri (moslovchisi) orkali kompyuter bilan boglangan shaklda tuziladi. Bunda har bir struktura aloxida «vitaya para» simlari bilan bir necha kompyuterlarning tarmok adapterlari orkali kompyuterlarga ulangan xolda buladi. Tarmokni kengaytirish uchun unga yangi shunday struktura kushiladi xolos. «Vitaya para» prinsipida tarmok tuzishda qo‘shimcha joylar (yangi kompyuterlar olinganda) tashkil kilish uchun qo‘shimcha simlar tortiladi. Natijada yangi foydalanuvchini tarmokka qo‗shish bir yoki bir necha panellarda kommutasiyani uzgartirishga olib keladi xolos. Toking ring («vitaya para») asosida kurilgan tarmoklar biroz qimmatroq bo‗lsada, kelajakda u o‗zini to‗la oqlaydi va ko‗p yillar buzilmay ishlaydi. 1. Optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig‗i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo‗llaniladi. O‗tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. Optik-tolali simlar. Optik-tolali deyilishiga sabab, yoruglik kuvvatidan tolalar orkali boshka energiya turiga aylantirilishidir. Bunday simlarning diametri bir necha mikron buladi. Ular kattik katlam bilan, tashkaridan esa ximoyaviy koplam bilan koplangan kurinishda buladi. Birinchi optik-tola simlar shisha materialidan tayyorlangan edi. Xozir esa uning urniga plastik tolalar ishlatiladi. Optik-tolali simlarning afzalliklari: har kanday tashki karshiliklarga chidamliligi, ma‘lumotlarni uzok masofalarga uzgartirishsiz va tez uzatilishi (avvalgilariga nisbatan xatto 10 barobar tez). Uning kamchiligi LKT (lokal kompyuter tarmogi)ni xosil kilishda simlarni ulashning nisbatan kiyinligi, ularga xizmat ko‘rsatishning kimmatligi va kiyinligidadir. Bundan tashkari, optik-tola simlarining keng tarkalmaganligiga sabab, etarlicha tajribaga ega bulgan mutaxassislarning yukligi xam deyish mumkin. 108.1-rasm. Koasksial kabel. 108.2-rasm. Juft tolali kabel. 108.3-rasm. Shisha tolali kabel. SHu bilan birga optik tolalarni boshka vositalar bilan birlashtirib ishlatish maksadida andozalar ishlab chikilgan. Bular FDDI (Fiber Distributed Data Interface - ma‘lumotlarni tarkatishning optik-tola interfeysi), FOSTAR IEEE (Institute of Electrical and Electronics Enginers-elektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti), VGA - Video Graphics Array – videografikli massiv. Bular Ethernet tarmogi optik-tola variantini taklif kilib amalga oshirganlar. Biz yukorida aytganimizdek koaksial va optik-tola simlarni IBM kompyuterlariga tugridan- tugri ulash kiyin. Lekin bu masalani xal kilish uchun birlashtiruvchiga ega bulgan tayyor simlardan foydalanilsa, maksadga muvofik buladi. Optik-tola simlar magistral (tez ishlaydigan) kanallarda ma‘lumotlarni yukori ishonch bilan uzatilishini ta‘minlash talab kilinadigan xollarda kullaniladi. Bu usuldan foydalanish ancha kimmatrok xisoblanadi. Lekin undan foydalanish kup afzalliklarga ega va katta xajmdagi ma‘lumotlar katta tezlik bilan uzatiladi. Uzining ekspluatasion parametri tufayli, kup xollarda undan foydalanish uzini oklaydi. Respublikamizda bu borada amaliy loyixalar amalga oshirilmokda. Tarmoq kabellarini texnik ko„rsatkichi Kabel turi O‗tkazish tezligi, Mbit/sek Tarmoqni xosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa Kabel uzilganda tiklash mukinligi Narxi Koaksial kabellar 10 Mbit/sek 500 m Past 100 so‗m/metr Juftli o‗ram kabellari 100 Mbit/sek 100 m yaxshi 200 so‗m/metr Optik tolali kabellar 1-2 Gbit/sek 100 km Maxsus qurilmalar talab qilinadi 1000-3600 so‗m/metr Wi-Fi tarmog„i va uning afzalliklari BlueTooth –kabelsiz tarmoq. BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig‗i bo‗lib, 2.5 GGs chastotada ishlaydi. O‗tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar xam bu standart uchun mo‗ljallangan bo‗lishi shart. SHuningdek, qo‗l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog‗lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga bog‗lash imkonini bersa, u xolda kompyuterdan va qo‗l telefonidan foydalangan xolda simsiz Internetga bog‗lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay). Agar e‘tibor berib qaralsa, shu narsa ma‘lum bo‗ladiki, tarmoq kabeli o‗z ichiga to‗rt juft, ya‘ni sakkizta tolali simchalarda tashkil topgan. Simchalarning to‗rttasi rangli simlar qolgan to‗rttasi esa o‗sha rangli simchalarning juftlari xisoblanadi. Buni sinchikovlik bilan e‘tibor berib qaragan har qanday kishi ko‗rishi mumkin. 109 Nazorat savollari 1. Intranet tarmoklar xaqida gapiring. 2. Lokal tarmoklar topologiyasi nima? 3. Lokal tarmoklarni tashkil etuvchilari sanang?. 4. Lokal tarmoklarning protokollari tushuntiring? 5. Lokal tarmoklarni sozlash uchun nimalar kilish kerak? 17 -Mavzu. Internetda izlash. (2 soat) 1. INTERNETda izlash. World Wide Webda ma‘lumotlarni izlash mexanizmi. 2. Server kataloglar va nzlovchi mashinalar. WEB- sayt tuzish to‘g‘risida tushunchalar Web-sahifalari, shaxciy sahifa, bosh sahifa va ularni joylashtirish. 3. HTML tili, uning asosiy teglari. Gipermatnli murojaat, mulьtimedia. Ob‘ektlarni WEB sahifaga qo‘yish. Jadvallar tashkil qilish. 4. WEB hujjatlarni avtomatlashtnrish vositalari: HTML taxrirlovchilari: MS Assistent, Front Page. WEB sahifalarni chop etish. WEB sahifalarda elektron ko‘lyozmalarni tarkatish. Oliy o‘quv yurtlarida elektron adabiyotlar bilan almashish. Internet va intranet. Internet xizmati turlari elektron saxifa, elektron pochta, telekonferensiya, fayllarni uzatish, domen nomlari, Telnet, IRC yoki Chat konferensiya, ma‘lumotlarni izlash xizmatlari tavsiflari keltiriladi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‗rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‗idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan maononi anglatadi. U ma‘alliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informasion tizim bo‗lib, o‗zining alohida axborot maydoniga ega bo‗lgan virtual to‗plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o‗zaro ma‘lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O‗zining kompyuteri orqali internetning xar bir mijozi boshqa shaxar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo‗ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informasion muhitga biriktirish imkoniyati tug‗ildi. 110-rasm. Quyidagi rasmda internet va unga bog‗lanishning umumiy shakli keltirilgan. Unga asosan internetga bog‗lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsii komppyuterlar tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish V4YH unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich (audiokolonka) va boshqa ko‗shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati "internet provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog‗i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet tarmog‗i ning asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‗zaro bog‗lovchi lokal tarmoqlardir. Internet alohida kompyuterlar o‗rtasida aloqa o‗rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruxini o‗zaro birlashtirish imkonini xam beradi. Agar biron bir ma‘alliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo‗lsa, u xolda mazkur tarmog‗ning xar bir ishchi stansiyasi internetga ulanishi mumkin. SHuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar xam mavjud. Ularni xost kompyuterlar (host - rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan xar bir kompyuter o‗z manziliga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi istalgan mijoz uni topa olishi mumkin. Internet bu internet texnologiyasi, dastur ta‘minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, xamda ma‘lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan jamoa ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informasion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog‗idir. Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo‗lib, uning foydalanuvchisi bunday ma‘lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari internet tarmog‗ida mavjud bo‗lgan barcha elektron xujjat va ma‘lumotlar bazasini giper bog‗lanishlar yordamida o‗zaro bog‗lab yagona informasion muhit qurish, unda qulay informasion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‗ladi. Internetning tarkibiy qismlari. Internet o‗z - o‗zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‗lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: - Texnik - Dasturiy - Informasion Internetning texnik tarkibiy qismi xar xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), xamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi internet tarmog‗i ning umumiy faoliyatiga aslo taosir etmaydi. Internetning dasturiy ta‘minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma‘lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, xamda tarmoqda informasion xavfsizlikni ta‘minlash kabi mu‘im vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iboratdir. Internetning informasion tarkibiy qismi internet tarmog‗ida mavjud bo‗lgan turli elektron xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko‗rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning mu‘im xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo‗ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o‗qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izo‘lari esa uchinchi manbadan yirilishi mumkin. SHunday qilib, tarmog‗dagi elektron xujjatni o‗zaro moslashuvchan giper bog‗lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko‗rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o‗zaro bog‗langan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil topgan informasion muhit xosil bo‗ladi. Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informasion tarkibi o‗zaro o‗xshashdek tuyuladi. CHunki ikkala xolda xam biz "birni ko‗plikka" usulda tashkil etilgan ob‘ektlar borliqligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo‗lgan ixtiyoriy kompyuter ko‗plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog‗langan bo‗ladi. Bunday bog‗lanish "TARMOK"(Net) deb ataladi. Informasion nuqtai nazardan internetda eolon qilingan xar bir elektron xujjat, tarmog‗dagi bir nechta xujjatlar bilan o‗zaro bog‗lanishda bo‗lishi mumkin. Bu xolda gi informasion bog‗liqlik "to‗r" (Web) nomini olgan. Shunday qilib, "tarmoq"(Net) haqida so‗z yuritilganda o‗zaro bog‗langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to‗r" (Web) xaqida so‗z yuritilganda esa yagona informasion muhitni tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi. IR(Internet Protokol) va URL(Uniform Resource Locator) manzillar tushunchasi. Amaliyotda internetning real, fizik bog‗lanishlar orqali tashkil topgan tarmog‗idagi kompyuterlar bilan virtual informasion fazoni tashkil etuvchi elektron xujjatlari xar xil manzillar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan xar bir kompyuter to‗rt qismdan tashkil topgan o‗z manziliga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IR (Internet Rrotocol) manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o‗zgarmas IR manzilga ega bo‗ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo‗lsa, u xolda ushbu kompyuter vaqtinchalik IR manzilga ega bo‗ladi. Bunday IR manzil dinamik IR manzil deb ataladi. Internet informasion muhitini tashkil etuvchi elektron xujjatlarning xar biri kompyuterlarning IR manzillaridan boshqa o‗zlarining takrorlanmas, unikal manzillariga ega. Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) manzil deb ataladi. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi xukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari xaqida ma‘lumot beruvchi elektron saxifa manzili www.gov.uz Agar internet tarmog‗i da biror bir xujjat eolon qilingan bo‗lsa, u yagona takrorlanmas URL manzilga ega. Kompyuterda bir nom bilan ikkita fayl mavjud bo‗lmaganidek, internetda xam ikki elektron xujjat bir xil URL manzilga ega bo‗lmaydi. Internetning ikkita asosiy funksiyasi bor. Buning birinchisi informasion funksiya bo‗lsa, ikkinchisi esa kommunikasion funksiyadir. 1964 yilda AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan kompyutеr tarmog‘ining birinchi vеrsiyasi yaratilgan edi. Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo‘limlari bir birlari bilan ma'lumotlarni almashishlari mumkin edi. Bu tarmoq ARPA (Advenced Research Projects Agency) Net dеb nomlandi va Unix opеratsion sistеmasida ishlar edi. 70-chi yillardan boshlab bu tarmoq juda rivojlanib kеtdi va endi unga xohlagan kompyutеrni ulash imkoniyati paydo bo‘ldi. 1974 yilda har xil tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli yaratildi va bu tarmoqlarni rivojlanishining yana bir turtki bo‘ldi.80-yillada kompyutеr kеng tarqala boshladi va har xil AQSh univеrsitеtlari ham kompyutеr tarmoqlarini yarata boshladilar. 1983 yildan boshlab ARPA Net tarmog‘i INTERNET ( ichki tarmoq yoki rus tilida «межсет» ) dеb nomlana boshlandi va kompyutеr рamda tarmoйlar tщэplami sistеmasiga aylandi. Bu sistеmaga AЙShning eng taniйli korxonalar tarmogэi NSFNET, еvropadagi EUNet, EARN, Yaponiyaning JUNET va Buyuk Britaniyaning JANET tarmoqlari qo‘shildi. Shu vaqtdan boshlab INTERNET butun jahon kompyutеrlar tarmog‘iga aylandi. 90-yildan boshlab INTERNET xizmat tarmoqlari tashkil qilinishni boshladi. Bulardan eng kеng rivojlanib kеlganlar bu Veronica, Gopher va World Wide Web (WWW). Internetda ma'lumot ko‘pligi tufayli kеrakli ma'lumotlarni WWW, FTP yoki Gopher protokoli (standarti) yordamida topishimiz va ko‘rishimiz mumkin. WWW - Intеrnеtning eng ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun bizga kompyutеr va modеm еtarli. U yordamida biz butun dunyo kompyutеr tarmoqlarda saqlanib turgan ma'lumotlar bilan ishlashimiz mumkin. Bu ma'lumotlar Web-saxifa ko‘rinishda saqlanadi. Bu sahifalar egalari yirik korporatsiya yoki kichik korxonalar, univеrsitеt yoki maktablar, xar xil tashkilotlar, jurnal va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslar. Internet dan asosan 7 yo‘nalishda foydalaniladi: 1) E-mail - elеktron aloqa (pochta) 2) Chat - intеraktiv suhbatlar (IRC tarmoq yoki E-mail) 3) Ma'lumotlarni WWW (World Wide Web) yoki GOPHER yordamida izlash. 4) Ma'lumotlar bilan almashish USENET 5) Dasturlarni uzoqdan boshqarish 6) Interaktiv o‘yinlar. Internetga ulanish usullari va tartiblari. Internetning kommunikasion funksiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o‗zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet telefon va real vaqt oralig‗idagi bevosita xabar almashish, Chat konferensiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari internetning kommunikasion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, videokonferensiyalar uyushtirish, bir shaxardan turib ikkinchi shaxar ko‗chalarini (masofadagi Web kameralar yordamida) tomosha qilish va muzeylariga tashrif buyurish, xamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi. Buni quyidagi misol yordamida tushuntirishga xarakat qilamiz. Nima uchun Amerika bilan telefon orqali gaplashishning xar daqiqasi 34 $ turadiyu, xuddi shu muloqot internet orqali amalga oshirilsa bir necha o‗n barobar kam xarajat talab qiladi? Internetda muloqot amalga oshirilganda esa, aloqa kanali xam va unda ishtirok etuvchi biror bir texnik vosita xam monopol egallanmaydi. Buning sababi Internet tarmog‗i da uzatilayotgan so‗rov, xabar va ma‘lumotlar bir necha mayda bo‗laklarga ajratilgan "paket"lar ko‗rinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TCR (Transfer Control Rrotocol) paketlari deb ataladi. Xar bir TCR paket tarkibida jo‗natuvchi va qabul qiluvchilarning IR manzillari mavjud bo‗ladi. Internet tarmog‗i da mavjud bo‗lgan kommunikasiya vazifasini o‗tovchi maxsus texnik vositalar va host kompyuterlar TCR paketlar tarkibidagi IR manzillar asosida, paket kimga yo‗llanganligini aniqlab, o‗sha mijozga yoki navbatdagi mijozga yakin bo‗lgan tarmoq tuguniga yo‗naltiradi. Mijoz kompyuteriga etib kelgan TCR paketlar yagona bir xujjatga yig‗iladi. 111-rasm. Xar bir TCR paket jo‗natilayotganida va kimdan qaerda yig‗ilishi kerakligi xaqidagi informasiyani o‗zida olib yurganligi uchun, bir aloqa kanalining o‗zida bir nechta mijozlarning TCR paketlarini bir vaqtning o‗zida aralashtirib uzatish mumkin bo‗ladi (15.4-rasm). Bu paketlar ushbu oqim ichida yo‗qolib xam, adashib xam qolmaydi. Ularni qaysi mijozlarga tegishli ekanliklarini, xamda egalariga to‗la - to‗kis etib borishligini maxsus dastur va texnik vositalar qatoiy nazorat qilib turadi. SHunday qilib Amerika bilan Toshkentni yoki Evropani bog‗lab turgan aloqa kanali bir vaqtning o‗zida millionlab mijozlarga xizmat ko‗rsatishi mumkin. Ma‘lumki internet dunyo miqyosida yuz millionlab kompyuterlarni o‗z tarmog‗iga birlashtirib, unda millionlab host tugunlar mavjuddir. Bunday murakkab strukturaga ega bo‗lgan tarmog‗ning ixtiyoriy bir qismi yoki tuguni, shikastlanishi ishdan chiqishi mumkin. Bunday xollarning oldini olish, xamda TSR paketlar okimini optimallashtirish va boshqarish uchun tarmoqda "marshrutizator" lardan foydalaniladi. Marshrutizator bu paketlarni IR manzillar asosida ta‘lil qilib, ushbu paket kimga tegishli va uni qaysi tartibda, yo‗nalishda uzatishga kam vaqt va xarajat talab qilishligini aniqlagan xolda amalga oshiradigan maxsus qurilma yoki kompyuter ishlayotgan dasturidir. 112-rasm. Natijada bir mijozdan ikkinchi mijozga uzatilayotgan xujjatning TSR paketlari bir necha xil marshrutlar bilan etib borishi mumkin (15.5-rasm). Bunda paketlarning manziliga etib borish tartibi va vaqti turlicha bo‗lishligining a‘amiyati yo‗k. TSR paketlarning markerlanganligi va maxsus strukturasi, paketlarning qaysi tartibda etib kelishidan katoiy nazar ularni yagona bir elektron xujjat shaklida yig‗ish imkonini beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish. 15.3- расм Bu usul tarmog‗ning barcha imkoniyatlaridan to‗liq foydalanishga imkon beradi. Buning uchun alohida tarmoq ajratiladi. Uni odatda provayder ta‘minlaydi. Kompyuteringiz server vazifasini o‗taydi. Bu bog‗lanish ning eng sifatli usuli bo‗lib juda qimmat baxolanadi. Siz bu xolda provayder sifatida ishlashingiz mumkin. YA‘ni Server yordamida ma‘alliy tarmog‗dagi kompyuterlarni Internetga bog‗lashingiz mumkin. Xar bir kompyuter Internetning barcha imkoniyatlaridan to‗la foydalanishi mumkin (15.5-rasm). Bunda ma‘lumotlarni uzatish tezligi 10 Mb/sek. 113-rasm. To‗g‗ridan to‗g‗ri aloqani Radio Ethernet orqali amalga oshirish mumkin. Radio Ethernet orqali bog‗lanish radio kanal orqali bog‗lanishdir. Bu bog‗lanish radioantennalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda bog‗lanish uchun tarmoq simlarining zarurati bo‗lmaydi. (15.6-rasm) SHuning uchun bu bog‗lanish o‗zoq masofalarda xam aloqa bilan ta‘minlaydi (Provaydergacha bo‗lgan masofa 50 kmgacha bo‗lishi mumkin). Ma‘lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sek ga etadi. SarkorTelekom provayderi shu usuldan foydalanadi. Internetni ishlash tartibi. E‘tibor bergan bo‗lsangiz domenlar nomi ko‗pincha .com, .edu yoki .org bilan tugaydi. Quyida ommabop identifiqator lar misollar bilan keltirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling