Avtomatika va elektrotexnologiya


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana20.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Fayllar panеli 
Fayllar  panеli  TC  oynasining  eng  muhim  qismidir.  Qolgan  komponеnatlar  qanchalik 
qiziq  va foydali bo‘lishidan qat'iy nazar, yordamchi rolni o‘ynaydi. Amalda ularning hammasini 
turli  tashqi  dasturlar  yoki  turli  sozlashlar  orqali  o‘chirish  mumkin,  ammo bitta  bo‘lsa  ham  fayl 
panеli ekranda qoladi.  
 
 39-rasm. 
Holat qatorli fayl panеli. 
Fayllar panеlida obyеktlar – fayl va papkalarni aks ettirishning bir nеchta standart 
rеjimlari mavjud. Eng ko‘p ishlatiladigani to‘liq (full) va qisqa (brie).  
Birinchisida,  fayl  panеllarida  fayl  va  kataloglar  nomi  aks  ettiriladi  hamda  ular 
to‘g‘risidagi ba'zi foydali ma'lumotlar (o‘lcham, sana/vaqt, atributlar) ham aks etadi.  
Ikkinchi rеjimi tanlansa, panеlda faqat fayl nomlarinigina ko‘rish mumkin, ammo ular bir 
nеchta ustunlarda ko‘riladi, shuning uchun panеlga obyеktlarni ko‘proq joylashtirish mumkin.   
Fayl  panеli  ostida,  holat  qatorida,  jory  panеlda  aks  etgan  fayl  va  papkalar  to‘g‘risidagi 
ma'lumotlar  chiqadi.  ―qisqa‖  (Краткий)  rеjimdan  tashqari  barcha  rеjimlarda  standart  bo‘yicha 
(по умолчанию) joriy katalog hamma fayllarining o‘lchami yig‘indisi va ajratilgan fayllarning  
o‘lchamlari yig‘indisi ko‘rsatiladi (ammo bu yеrda nimkataloglar hisobga olinmaydi). Kеyin esa 
mavjud  va  ajratilgan  fayllar  soni,  agar  panеlda  hеch  bo‘lmaganda  bitta  papka  bo‘lsa  ham,  shu 
papkalar soni ham ko‘rsatiladi.  
Papkalar to‘g‘risida ma'lumot, agar  yuqorida aytilgan sozlashlar sahifasi  ―Табуляторы‖ 
―Выводит внизу число поток‖ opsiyasini olib tashlansa, aks ettirilmasligi ham mumkin.  
―Qisqa‖ rеjimda xohlagan sonli  obyеktlar ajratilganda ham  yuqoridagi  hol  takrorlanadi. 
Agar  hеch  qanday  obyеkt  ajratilmagan  bo‘lsa,  holat  qatorida  joriy  fayl  nomi  va  uning  asosiy 
xossalari aks etadi (o‘lchami, sana va vaqt, atributlar).  
Fayl o‘lchamlari ko‘rsatiladigan birliklar, sozlashlar panеli sahifasida bеriladi.  
 
 

 Buyruqlar qatori 
Holat  qatori  pastida,  buyruq  qatori  joylashgan,  u  ikki  qismdan  iborat,  uning  ko‘rinishi 
Norton  Commander  standartidan  farq  qiladi.  Matnni  kiritish  qatori  va  uning  oldida  joriy 
katalogga olib boradigan to‘liq yo‘l ko‘rsatiladi.  
 
 
40-rasm. 
          Odatda, buyruqlar qatoriga klaviaturadan terilgan barcha simvollar jo‘natiladi. Enter 
klavishasini bosish bilan kiritilgan buyruq bajariladi. Eski yozuvlar ro‘yhat tarixida saqlanadi? 
Ularni ko‘rish uchun ularni oddiy royhat sifatida ochish mumkin (masalan buyruqlar qatorining 
o‘ng qismidagi ↓ belgili tugma bosiladi). 
         Keyin ro‘yhatdan kerakli yozuv tanlanadi va tuzatiladi, agar yozuv kerak bo‘lmasa, u  olib 
tashlanadi.  Standart  bo‘yicha  (sukut  bo‘yicha)  buyruqlar  qatori  doimo  aks  ettiriladi.  Buyruqlar 
qatorini  sozlashlar  oynasidagi  ―Командная  строка‖  opsiyasini  o‘chirib,  uni  ko‘rinmaydigan 
qilish  mumkin.  Bundan  so‘ng,  komanda  qatori  faqat  faol  bo‘lgandagina  (simvol  kiritishda, 
buyruqlar  tarixini  chaqirishda  va  h.k.)  ko‘rinib  turadi.  Uni  yana  ko‘rinmaydigan  qilish  uchun 
 klavishi bosilsa yеtarlidir. 
Funksional klavishalar panеli 
 Funtsional  klavishalar  panеli  TC  oynasining  eng  quyi  qismida  joylashgan.  U  yеrda 
joylashgan  ko‘pgina  tugmalar  -  funktsional  klavishlarni  bosish  bilan  tеng  kuchlidir. 
Va  xuddi  o‘sha  funksiyalarni  faollashtiradi.  Eng  oxirgi  tugma,  Alt+F4  Выход-  TC  oynasini 
bеrkitish  uchun  mo‘ljallanganyu  ―Справка‖   ()  (ma'lumot)  ―Обновит  содержимое‖ 
() (mazmunini yangilash) funksiyalari uchun, panеlni to‘ldirib tashlamaslik uchun tugmalar 
bеlgilanmagan.  F3-Просмотр  (F3-View)  –  ko‘rish,   F4  Правка  (F4  Edit)  –  Tuzatish  va  F8 
Удаление  (F8  Delete)  xuddi  ―sichqoncha‖  o‘ng  tugmasiga  bosilsa  tizimli  korzina  kontеkst 
mеnyusi ochiladi .   
 
 
41-rasm. 
Funksional klavishlar tugmalari 
 Bu  tugmalarning  ba'zilarini  ,    yoki  -klavish  modifikatorlari  bilan 
birgalikda  ishlatish  (bosish)  tugmalarda  ko‘rsatilgan  funksiyalardan  farqli  qo‘shimcha 
funksiyalarni bajarish imkonini bеradi, ammo tugma ko‘rinishining o‘zi bu holda o‘zgarmaydi. 
Masalan,  F5  Копирование  klavishini    klavishini  bilan  birga  bosish  yorliq  yaratish 
funktsiyasini faollashtiradi (ya'ni bajaradi)-bu ++ ga analogdir va x.k. 
Sozlashlarni saqlash asosiy komandalari 
  
TC da  sozlashlarni (настройка) o‘zgartirish va saqlash usullari ko‘pdir. Ammo ularning 
ichida 2t a buyruq konfiguratsiya mеnyusida alohida ko‘rsatilgan. 
Заполнит позицию (Save position) pozitsiyani  eslab qolish buyrug‘ini chaqirishda, TC 
oynasining joriy holati va o‘lchami, shu bilan birga fayl panеlidagi ustunlar joriy o‘lchamlari va 
panеllarning ajratuvchilari o‘rni saqlanib qoladi (ekranning har bir holati uchun). 
TC  oynasining  joriy  holati  va  o‘lchami  avtomatik  tarzda  eslab  qolinmaydi:  kеyingi 
sеansda,  standart  bo‘yicha  yoki  foydalanuvchi  bеlgilagan  holat  paramеtrlaridan  foydalaniladi. 
Shuning uchun ham Заполнит позицию buyrug‘i kеrak. 
Xuddi  shu  kabi  holat  ―Сохранит  настройки‖  (Save  settings)-  sozlashlarni  saqlashi 
burug‘iga  ham  tеgishlidir,  ammo  bu  buyruqda  imkoniyatlar  ko‘proq:  xuddi  shunday  fayl 
panеlida  aks  etish  joriy  sozlanishlari  saqlanadi:  ko‘rinishi  (Вид)  filtratsiya,  saralash 
(Сортировка) vkladkalar holati. 
Agar ―Основные операции‖ sahifasidagi sozlashlarda, dasturdan chiqishda kataloglar va 
kiritilgan  vkladkalar  xolatini  eslab  qolishga  ruxsat  bo‘lsa,  ―Сохранит  настройки‖  buyrug‘ini 
ishlatishga  hojat  yo‘q.  Ammo  qandaydir  sabablar  bilan  ―автосохранение‖  (avto  eslab  qolish) 

o‘chirilgan bo‘lsa, TC ni kеyingi yuklashda, oxirgi saqlangan sozlanishlar yuklanadi. (Agar xеch 
narsa saqlanmagan bo‘lsa standart bo‘yicha sozlanishlar yuklanadi). 
  
Nazorat savollari 
1.
 
Shaxsiy  kompyuterning  dastur  vositalari  necha  turga  bo‗linadi,  ularning  asosiy 
vazifalari nimalardan iborat? 
2.
 
1.Windows 2000, XP ning asоsiy xususiyatlarini sanab bering 
3.
 
2.Windows XP AT da yorliq yaratish tartibini aytib bering 
4.
 
3.Windows menyularini sanab bering 
5.
 
4.Windowsning ishlash shartlari nimalardan iborat? 
6.
 
Tizimli dasturlar va ularning turlarini aytib bering. 
7.
 
Amaliy dasturlar va ularning turlarini aytib bering. 
8.
 
Instrumental vositalar va ularning turlarini aytib bering. 
9.
 
Dasturlashtirish tizimi deganda nimani tushunasiz?  
10.
 
Operatsion sistema haqida ma‘lumot bering. 
11.
 
WINDOWS ning imkoniyatlarini aytib bering. 
12.
 
Dasturlar guruhi qandiy qidiriladi va tashkillanadi? 
13.
 
Total Commander interfeysining asosiy panellari nimalardan iborat? 
14.
 
Total Commander da qanday funksional klavishlar mavjud va ular qanday amallarni 
bajaradi? 
15.
 
Oyna sarlavhasidagi asosiy tugmalar qaysilar? 
16.
 
Disk tugmalaridagi asosiy buyruqlar qaysilardan iborat? 
17.
 
Total Commander da o‘zak (ajdod) katalogga o‘tish qanday amalga oshiriladi? 
18.
 
Papkalar to‘plami (вкладки) ning vazifasi nima? 
19.
 
«Настройка» bo‘limining asosiy vazifasi nimalardan iborat 
20.
 
Total Commander sozlashlarni saqlash qanday amalga oshiriladi 
 
 
6,7-mavzular. Microsoft Office dasturlari. Muharrir dasturlar. (4 soat
1.
 
MS  Word  (2003,  2007,  2010)  da  barcha  imkoniyatlardan  foydalangan  xolda  murakkab 
hujjatlarni yaratish.  
2.
 
Format tavsiyanoma(menyu)si. Jadval tavsiyanomasi.  
3.
 
Jadvallar  tuzish.  Jadvallarni  qayta  ishlash.  Berilgan  jadvalni  saralash.  Servis 
tavsiyanomasi. Okno tavsiyanomasi.  
4.
 
Microsoft  Word  ning  yangi  imkoniyatlari.  Formulalar  redaktorini  ishga  tushirish  va 
undan foydalanish.  
5.
 
Hujjatlarga  turli  ko‘rinishdagi  giperhavolalar  (ssыlki)  o‘rnatish.  Internet  sahifalari  va 
adreslarini avtomat tarzda shakllantirish.  
6.
 
Web  va  Internet.  Gipermatn  hujjatlarini  yaratish  va  ulardan  foydalanish.  Elektron 
hujjatlarni ko‘rib chiqish. Bir yoki bir necha foydalanuvchining birga ishlashi. 
7.
 
Konvertor  dasturlar. Maxsus amaliy dasturlar Tex,  Latex, Equation  va boshkalar xakida 
umumiy tushunchalar berish. 
 
 
 
Microsoft  Word  matnlar  tahrirlovchisi  ko‗p  amalli  dasturdan  iborat  matn  muharriri 
bo‗lib, Microsoft Office paketining asosiy dasturlaridan  biri hisoblanadi. Matnni tahrirlashning 
asosiy  bosqichlarini    quyidagicha  ta‘riflash  mumkin  -hujjatni  yaratish,  saqlash,  o‗zgartirish, 
bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k. 
Ushbu  matn  muharririning  imkoniyatlarini    quyida  keltirilgan  ba‘zi      amallardan  ham  
bilish mumkin: 

 
Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish. 

 
Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash. 


 
Rasm chizish. 

 
Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir qilish va  h.k. 

 
Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar  kiradi. 
    Word matn muharririni ishga tushirish uchun ish stolidagi  uning yorlig‗ini, ya‘ni quyidagi 
rasmni  toping  va  ustiga  sichqoncha  ko‗rsatkichini  olib  kelib,  chap  tugmachasini  ikki  marta 
tezlikda  bosing.  Agar  bu  rasmchani  ish  stolidan  topa  olmasangiz,  ekranning  quyi  qismida 
joylashgan  satr  (Masalalar  paneli)dagi  «Пуск»  menyusi  ustiga  sichqoncha  ko‗rsatkichini  olib 
kelib chap tugmachasini   bir marta bosing. Natijada quyidagi oyna namoyon bo‗ladi. 
 
42-rasm. 
Ochilgan menyudan «Программы» qismini, so‗ngra o‗ng tomonda hosil bo‗lgan ro‗yxatdan 
Microsoft Word   qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing.  Bu 
amallarni bajargandan so‗ng Word matn muharriri ishga tushadi va   Microsoft Word interfeysi   
oynasi paydo bo‗ladi.  
 
43-rasm. 
Qulaylik  yaratish  maqsadida  ba‘zi  atamalarni  kelishib  olishimiz  lozim.  «Sichqonchaning 
chap  tugmachasini  bosamiz»  jumlasini    «sichqonchani  bosamiz»  deb  aytamiz.  Agarda 
sichqonchaning o‗ng tugmachasini ishlatish zaruriyati tug‗ilib qolsa, bu holni aloxida ta‘kidlab 
ketamiz.  Biror  buyrug‗ni,  so‗zni  yoki    tugmachani  «faollashtiramiz»  («aktivlashtiramiz») 
deganda  ular  ustiga  sichqoncha  ko‗rsatkichini  olib  kelib,  chap  tugmachasini  bir  marta  bosish 
nazarda tutiladi. 
1)  Oynaning  eng    yuqorisida  dastur  nomi  yozilgan  qator  mavjud    (1).  Shu  qatorning  o‗ng 
tomonida,  burchakda  uchta  boshqaruv  piktogrammalari    (ramziy  belgilar)    joylashgan    (2):  
 
Ulardan birinchisi —  «Свернут»    (Yig‗ib olish) nomli piktogramma. Agar uning ustida 
sichqoncha  bosilsa,  ilova  oynasi  Masalalar  paneli  qatoriga    (««Пуск»»  tugmachasi  joylashgan 
qatorga)  to‗rtburchak  shakldagi  tugmacha  ko‗rinishida    (darchadek)  yig‗ib  olinadi. 
Sichqonchaning      chap  tugmachasini  «darcha»  ustida  bir  marta      bosish  oynaning  oldingi 
o‗lchovini va joylanishini tiklaydi.   
Ikkinchisi  —    «Развернут»    (Yoyish)      tugmachasi.  Agar  uning  ustida  sichqoncha 
bosilsa, ilova  oynasi  butun ekranga  (yoki hujjat oynasi butun ilova oynasiga) yoyib tashlanadi. 
Shunga ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli oyna  kattalashgan holda ham ko‗rinib turadi. 
«Развернут» piktogrammasi ustida  sichqoncha bir marta bosilgandan keyin  eski piktogramma  

o‗rnida  yangi,    ikkita  ustma-ust  joylashgan  kvadrat  shaklidagi    piktogramma  paydo  bo‗ladi. 
Hosil bo‗lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi. 
Uchinchisi  —  «Закрыт»  (Yopish)  piktogrammasi.    U  joriy  ilova  oynasini  yopadi  va  
bajarilayotgan  ishning  saqlab  qolinmagan  natijalarini  saqlaydi.  Word  dasturini  yopish  uchun 
ko‗rib chiqilgan birinchi qator boshida joylashgan ilovaning sistema menyusi tugmachasini ikki 
marta bosish ham mumkin. 
2) Oynadagi keyingi qator — menyular qatori  (3): 
 
44-rasm. 
Unda  ko‗rsatilgan  menyu  turlarining  birortasi  ustiga  sichqoncha  ko‗rsatkichini  keltirib,  
chap tugmachasi bosilsa,  ijro etilishi mumkin bo‗lgan amaliy buyruqlar ro‗yxati chiqadi. Tanlab 
olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun uning ustida siqonchani bir marta bosish zarur. 
Barcha  menyu  turlariga  qarashli  amaliy  buyruqlarning    tez-tez  ishlatiladiganlari  oson 
tanlanadigan piktogrammalar  bilan belgilanib maxsus standart: 
 
45-rasm.
 
Hamda bichimlash:   
 
46-rasm.
 
uskunalar panellariga  joylashtirilgan. 
Oynaning  chetlarida  vertikal  va  gorizontal  harakatlantirish  tasmalarini  ko‗rish  mumkin 
(4). Bu tasmalar  hujjatning ekranga kirmagan qismini ko‗rish imkonini beradi. 
Gorizontal  tasmada  joylashgan  chap  tomondagi  uchburchak  ustida  sichqonchaning 
ko‗rsatkichi bosilsa, hujjatning chap tomoni, o‗ng tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning 
ko‗rsatkichi bosilsa — hujjatning o‗ng tomoni ko‗rsatiladi. 
Vertikal tasmadagi tepaga va pastga qaragan uchburchaklar matnning yo‗nalishlariga mos 
qismni ko‗rsatib berishadi. 
Tasmada joylashgan 
 
47-rasm. 
 
tugmachalarning  ikki    chetdagisi  mos  ravishda  Oldingi  sahifaga  o„tish  va  Keyingi  sahifaga 
o‗tish  amallarini  bajaradi.  Klaviaturada  bu  amalni  Page  Up        va    Page  Down    tugmachalari 
bajaradi. O‗rtada joylashgan tugmacha bosilsa, ekranda quyidagi jadval namoyon bo‗ladi - 
 
48-rasm. 
Bu jadvalning har bir katakchasi ma‘lum bir buyruq piktogrammasidir. Mazkur tugmacha 
shu buyruqlarga tez o‗tish uchun ishlatiladi. 
3) Oynaning quyi qismida holat qatori  (5) joylashgan bo‗lib,unda hujjat nechta sahifadan 
iboratligi,  ekranda  hujjatning  nechinchi  sahifasi  aks  ettirilganligi,  kursor  nechinchi  qator, 
nechinchi o‗rinda turganligi haqidagi va boshqa    ma‘lumotlar aks ettiriladi.  
Word oynasi ichida hujjat oynasi joylashgan. Uning ham eng yuqorisida hujjat nomi aks 
etgan qator mavjud, burchakda esa sizga tanish bo‗lgan piktogrammalar joylashgan. 

 
49-rasm. 
Bu oynada  gorizontal va vertikal chizg‗ichlar mavjud.  Chizg‗ichning oq qismi  qog‗ozdagi 
matn  joylanishi  sohasidir.  Pastki  ikkita  «зажим»    («qisqich»)  yordamida  bu  soha  chegaralari 
o‗zgartiriladi. Yuqoridagi «зажим» esa xat boshi    joyini ko‗rsatadi. Uning joylanishini   ham 
o‗zgartirish mumkin. 
Gorizontal tasmalar qatori boshida to‗rtta piktogramma joylashgan. Ular hujjat ko‗rinishining 
bir holatidan ikkinchisiga tez o‗tish piktogrammalaridir. 
Diagrammalar yaratish 
1.
 
Microsoft Word dasturining Вставка menyusida Объект buyrug‗ini tanlash kerak, so‗ng 
Создание (yaratish) qismiga o‗tish lozim. 
2.
 
Тип Объектa(obyektning turi) ro‗yxatidan Diagrammani tanlash kerak. 
3.
 
Объектное  рисование  (rasm  chizish)  anjomlar  panelidagi  действие  (amallar)  menyusi 
buyruqlarini  ishlatish  mumkin  bo‗lgan  grafik  sohada  joylashtirish  uchun  Поверх  текста 
bayroqchasini  faollashtirish  zarur.  Diagrammani  joriy  abzatsda  oddiy  matn  simvoli  sifatida 
joylashtirish uchun Поверх текста bayroqchasi o‗chiriladi. OK tugmasi bosiladi 
4.
 
Ma‘lumotlarni o‗zgartirish uchun jadvaldagi katakchalarda sichqonchani bir marta bosib, 
kerakli ma‘lumotlarni  kiritish kerak. 
5.
 
Word ga   qaytish uchun   Word hujjati ustida sichqoncha bir marta bosiladi. 
 
Tasvirlar tushirish anjomlar paneli 
Word  dasturining  quyi  qismida  «Рисование»  (Tasvirlar  tushirish)  uskunalar  paneli 
joylashadi.Bu  yerda  mavjud  vazifali  tugmalar  yordamida  har  xil  chizmalar  hosil  qilish  uchun 
imkoniyatlar osiladi. 
Rasm 
 
 
50-rasm. 
«Действия»  (tartibga  solish)  tugmasi  faollashtirilganda,  sahifalardagi  tasvirlarning 
joylashuvini tartibga solish, rasmni matnnig ustiga yoki aksincha joylashtirish va hokozo amallar 
bajariladi. Amallar bajarish uchun quyidagi ro‗yxat darchasi paydo bo‗ladi  
Bu yerdagi har band alohida muloqot darchasiga ega. Masalan -Порядок bandiga murojaat 
qilganda,  hosil  bo‗lgan  darchadagi  qism  bandlari  yordamida  tasvirlarni  joylashtirish  tartibi 
aniqlanadi. 
«Автофигуры» tugmasi sahifada standart shakl va chegaralash belgilarini hosil qiladi. 
Bo‗larning jumlasiga turli chiziqlar va blok sxemalar kiradi. 

 
51-rasm. 
 
«Основные  фигуры»    (asosiy  figuralar)  bandi  yordamida  turli  hujjatlarda  ishlatilishi 
mumkin bo‗lgan chizma va shakl elementlarini hosil qilishimiz mumkin. 
 
52-rasm. 
«Выноски» bandida tasvirlarni izoxlashga qulaylik tug‗diruvchi elementlar jamlangan. 
Xuddi shu singari boshqa bandlarga  murojaat qilib, kerakli elementlarni matnga tushirishimiz 
mumkin  
Microsoft Word ning qo‟shimcha imkoniyatlari 
Microsoft Word quyidagi qulayliklarga ega: 

 
Vazifalar  bajarilishi  va  yordam  olishning  avtomatlashuvi.  Word    da  tipik  vazifalarni 
bajarishni osonlashtiruvchi va avtomatlashtirish   vositalarining   keng tanlov imkoniyati mavjud.  

 
Avtoalmashuv  –  masalan,  bexosdan  Caps  Lock  klavishining  bosilishi  tufayli  yuzaga 
kelgan xato – «ushbu» tariqasidagi xato avtomatik tarzda «USHBU» ga almashtiriladi. 

 
Автоформат  –  Ma‘lum Abzats  yoki  ko‗rinish,  matn  chegaralari  avtomatik  tarzda  ifoda 
etiladi. 

 
Internet sahifalari va adreslarini avtomat tarzda shakllantirish. 

 
Avto to‗ldirish –Birqancha bosh elementlar kiritilganda, boshqa elementlarning (yil, oy, 
kun, muallif, tashkilot nomi, avtotekstning elementlari) taklif etilishi mumkin 

 
Avto referat Word da hujjatning statistik va lingvistik taxlilini amalga oshirish imkoniyati 
tug‗ildi. Ushbu taxlil asosida referat yaratiladi.  
 
Web va Internet 
Word  dasturida  Web  va  Internetda  ishlash  uchun  mo‗ljallangan  bir  qancha  vositalar 
mavjud. 
Web  bilan  aloqa-  bu  internet  zanjiri  va  Webdagi  juda  ko‗p  bo‗lgan  hujjatlar,  tekstlarni 
yaratish va ko‗rib chiqish uchun xizmat qiladi. 
Uning vositalari – Giperssilkalar, ya‘ni har qanday fayl  bilan aloqa bog‗lash, har qanday 
hujjatlarni  tez  izlash,  ochish,  o‗qish  uchun  xizmat  qiluvchi  Web  paneli,  suratlarni  siqib 

qisqartirishdir.  Web  varaqlarni  taxrir  qilish  bu  –Web-  varaq  masteri,  tovush  bilan  ta‘minlash, 
video  yozuv,  surat,  yugurib  yuruvchi  satr  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari, 
markerlar, gorizontal chiziqlar, HIML shakllar (Visual Basic boshqaruvchi  elementlar to‗plami), 
HIML kodlar ham katta rol  o‗ynaydi. 
Elektron vositalar yordamida esa Word ning Web bog‗lamidagi hujjatlar bilan ishlanadi.  
 
Elektron hujjatlarni ko„rib chiqish 
         Word dastur elektron hujjatlarni ko‗rib chiqishning bir qancha vositalari mavjud:  

 
elektron hujjat rejimi –hujjatlarni ko‗rib chiqishning eng optimal tizimi

 
Hujjat sxemasi bu hujjatning xohlagan qismiga tez vaqtda kirish imkoniyatini beradi; 

 
Giperssilkalarni –internet bilan ishlash uchun; 

 
Hujjat foni hujjatni yanada yoqimlirog‗ qilish uchun ishlatiladi; 

 
Matn animatsiyasi; 

 
Aylanish doirasi orqali obyektlar bo‗ylab harakatlanishi; 
 
Bir yoki bir necha foydalanuvchining birga ishlashi 
Word  dasturida  ishchi  guruhlarining  ish  samaradorligi  va  ishlab  chiqaruvchanligini 
oshiruvchi yangi imkoniyat va vositalar paydo bo‗ldi. Bular : 

 
versiyalar  yaratish,  ya‘ni  hujjat  ustida  ishlashning  tarixini  olib  borish,  hujjatga 
kiritilgan o‗zgarishlar xarakteri va mualliflarini aniqlab olish. 

 
Hujjatlarning  qo‗shilishi  barcha  o‗zgartiruvchilar  o‗zgarishlarining  qo‗shilishi, 
yagona hujjat barpo etilishi; 

 
Eslatmalar va aytib turishlar  yordamida esa ko‗rsatgich qo‗yilgan soha ajratilib, 
taqrizchi to‗g‗risida ma‘lumotlar berib boriladi. 
Retsenziya  paneli  –  bunda  yuqorida  aytilgan  barcha  qulayliklar  teng  ravishda  aks 
ettiriladi va hujjat elektron pochta orqali yuborilishi mumkin. 
Word dasturida bundan tashqari, lokal versiyada matnni bir necha tilda ochish mumkin. 
Ma‘lumki, xech narsa o‗zgarishsiz qolmaydi, Microsoft Word dasturi ham kundan kunga 
rivojlanib bormoqda bu esa bizning oldimizda yangi yangi imkoniyatlarni ochmoqda. 
Word  dasturida  yuqorida  aytib  o‗tilgan  o‗zgarishlardan  tashqari  yana  buyruqlar 
nomlanishi, ba‘zi operatsiyalarning nomlari ham shaklan o‗zgargan. 
Lekin o‗ylaymizki, bo‗lar tajribali foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug‗dirmaydi. 
 
Microsoft Word menyu tizimi  
 
WORD  tahrirlagichi  quyidagi  komandalardan  iborat.  menyuga  chiqish  uchun  [Alt]  yoki 
sichqonchadan foydalaniladi. 
«Файл» menyusi 

 
Создат 
— fayllarni yaratish. 

 
Открыт— fayllarni diskdan o‗qish. 

 
Закрыт — dokument faylidan chiqib ketish.  

 
Сохранит — Diskka yozib qo‗yish. 

 
Сохранит как — boshqa nom bilan yozib qo‗yish. 

 
Сохранит все — hujjat shakli makrokomanda va boshqa rejimlar bilan saqlash. 

 
Найти — faylni qidirish. 

 
Версии — fayllarni muharrir versiyasiga muvofiq saqlash. 

 
Параметры страницы — sahifa o‗lchamlarini o‗rnatish. 

 
Предварителный просмотр — Chop etishdan avval hujjatlarni ko‗zdan kechirish. 

 
Печат — Hujjatni bosmadan chiqarish 

 
Отправит — hujjatni elektron pochta orqali jo‗natish. 

 
Свойства — hujjat haqida ma‘lumot olish. 

 
Выход — chiqish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling