Avtomatika va elektrotexnologiya
,5-Mavzu. Windows turkumidagi amaliyot tizimlari. (4 soat)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fayl nomlari haqidagi ma‟lumotlarni qo„llab quvvatlash.
- Tarmoqda ishlashni qo„llab-quvvatlashning kompyuterga qo„shib ishlangan vositalari.
- Portativ kompyuterlarni qo„llab-quvvatlash.
- MS-DOS va Windowsning birlashib ketishi.
- Siqib chiqaruvchi ko„pvazifalik.
- Tizimning konfiguratsiyasi va foydalanuvchilar tanlagan sozlovlar haqidagi axborotli ma‟lumotlarning markazlashgan bazasi.
4,5-Mavzu. Windows turkumidagi amaliyot tizimlari. (4 soat) 1. Windows xakida umumiy tushunchalar. 2. Windows foydalanuvchilarining doirasi. 3. WINDOWS XRning ishlash shartlari. 4. Windows XR menyulari. Asosiy menyu. Kontekst menyu. 5. WINDOWS XRda darchalar bilan ishlash. Aloxida darcha kurinishidagi asboblar paneli. 6. Windows XRni va uning texnik vositalarini sozlash. Masalalar panelini sozlash. 7. Diskni tekshirish. Dasturlarni avtomatik ishga tushirish. 8. Kompyuter tarmog‘ida ishlash. Tarmoq doirasi. Printerni tarmoqda ishlash uchun sozlash. 9. Kompyuter ishlash tezligini yaxshilash. Diskni defragmentatsiya qilish (Defrag). Bir hujjatdan ikkinchisiga tez utish. 10. Fayllar bilan ishlash, guruhini ajratish, uchirish va nusxasini olish, nomini o‘zgartirish, fayllar xaqida ma‘lumotni kurish, fayllarni izlash. Papka (katalog) xosil qilish. Hujjatni ochish va saklash. 11. SHaxsiy foydalanishni boshkarish elementlari. User Manager for Domains orqali foydalanuvchi byudjetiga kirishni aniklash. Kirish nazoratining ruyxati. Tarmoqning domen tuzilishi va domenlarning o‘zaro munosabati. Ishonchli munosabatlar. Ishonchli munosabatlar tarmoqda domenlarni soddalashtirish. 12. WIN uchun ishlashni tezlashtiruvchi yangi «foydali» dasturlar. 13. Total Commander fayl menejerlari. Total Commander tarmoq bilan ishlash va plaginlardan foydatanish. 14. UNIX turkumidagi amaliyot tizimlari. Xotirani taksimlash. Ko‘p foydalanuvchanlik himoyasi. 15. UNIX tizimining asosiy buyruklari. Tarmoq bilan ishlashda foydalaniladigan buyruklar. 16. Linux amaliyot tizimi. Microsoft Windows ning paydo bo‗lishi mikro kompyuterlar tizimi sohasida yangi era boshlanganining belgisidir. MSDOS boshqaruvida ishlovchi 1980-yillardagi ishlanmalarning cho‗qqisiga aylangan windows 3.1 ga ishchi guruhlari uchun mo‗ljallangan Windows tizimlari kuchli ilovalarni qulay va o‗zlashtirishga oson ko‗p vazifali grafik muhitda ishga tushurish imkonini beradi. Windowsda bu tizimlarning imkoniyatlari takomillashtirilgan va kengaytirilgan, shaxsiy kompyuterda ishlashga yangicha soddalashtirilgan yondoshuv ta‘minlangan. Bundan tashqari Windows ga zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning quvvatini maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar mujassamlashtirilgan. Windows foydalanuvchi ixtiyoriga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: Foydalanuvchining to‗liq qayta ishlangan interfeysi. Yangi interfeys sharofati bilan Windows da dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni ochish va saqlash, disklar va arxivlar bilan ishlash ancha oson va engil. Mana foydalanuvchining yangi interfeysining asosiy hususiyatlari: Ishga tushurish tugmachasining menyusi (Start Menu, ruscha versiyada - Bosh menyu) siz so‗nggi paytlarda ishlagan dasturlar va hujjatlarga, boshqaruv paneli (Control Panel)ga, printerlarga va tizim utilitlardan foydalanish, ularga yo‗llashning osonlashishi ta‘minlanadi; Bir dasturdan boshqasiga o‗tishga soddalashtirilgani; Oldingi versiyalardagi fayllar dispetcheri (File manager)ni almashtirib kelgan Windows o‗tkazuvchisi (Windows Explorer)ning kuchli dastur ekanligi; Serverlar ko‗rib chiqishni va tarmoq fayllariga xuddi lokal qattiq diskdagidek oson ishlov berish imkoini beruvchi tarmoq o‗rami nishoni (Network Neighborhood)ning borligi; Tez-tez ishlatiladigan dasturlar, panellar va hujjatlar uchun yorliqlar yaratish imkoni; Obyektlarning tizimini sozlashni engillashtiruvchi hususiyatlarining ro‗yxati; Hujjatga u yaratilgan ilovani ishga tushurmay nazar tashlash imkonini beruvchi «tez ko‗rib chiqish» vositalarining to‗plami; Sizning kompyuteringizdagi bo‗lganidek, xuddi shuningdek tarmoq serveridan ham hoxlagan axborotni tanlashga yordam beruvchi kuchli izlash dasturi; Siz tasodifan kerakli bo‗lgan nimanidir chiqarib tashlaganingizda sizga uni tiklashda qo‗l keladigan savatcha (Recycle Bin); Printerlar va shriftlar bilan ishlash uchun oddiy asboblar; Tizimni o‗rnatish va sozlashda foydalanuvchini kuzatuvchi «ustalar» jamoasi (Wizards). Unda kontekstli izlash imkoni paydo bo‗lgan takomillashtirilgan yordam tizimining mavjudligi. Yangi tizimga o‗tish Windowsga Windowsning oldingi versiyalarining qobiqlari bo‗lgan dasturlar dispetcheri (Program Manager) va fayllar dispetcheri ham kirganliklari tufayli ham osonlashadi. Shunisi ham borki, ulardan kimdir uzoq vaqt foydalanishi (agar umuman foydalansa) ehtimoldan uzoq. Fayl nomlari haqidagi ma‟lumotlarni qo„llab quvvatlash. Siz Windows 3.X va MS DOS tizimlaridagi fayllarning nomlarining uzunligiga cheklovlar haqida yodingizdan chiqarib qo‗yishingiz mumkin. Windowsda fayllarnig nomlarining uzunligi 255 tagacha ramzdan iborat bo‗lishi mumkin. Tarmoqda ishlashni qo„llab-quvvatlashning kompyuterga qo„shib ishlangan vositalari. Windows, shaxsiy kompyuterlar uchun mo‗ljallangan oldingi ko‗plab operatsion tizimlardan farqli o‗laroq avval boshidanoq tarmoqda ishlash uchun yaratilgan edi va mana shuning uchun ham kompyuterdagi fayllar va uskunalar bilan birgalikda foydalanish imokoniyatlari Windows dan foydalanuvchining interfeysiga to‗liq integrallashtirilgan. Plug and Play. Windows da periferiya uskunalarini o‗rnatish va sozlashni maksimal darajada soddalashtirishga urinishini o‗zida mujassamlangan, Plug and Play standartini qo‗llab- quvvatlash amalga oshirilgan. Operatsion tizim mana shu tarzda avtomatik ulanishni va uskunalarning Plug and Play standartlari talablariga javob beradigan uskunalarni konfiguratsiyalashni ta‘minlaydi, ularning eskirgan uskunalar bilan moslashib ishlashni qo‗llab- quvvatlaydi va mobil komponentalarini ulash va o‗chirish uchun dinamik muhitni yaratadi. Portativ kompyuterlarni qo„llab-quvvatlash. Plug and Play standartini qo‗llab- quvvatlashni qo‗shimcha qilib Windows portativ kompyuterlardan foydalanuvchilarga fayllarni sinxronlashtirish, fayllarning bevosita kabelga ulanishi yordamida va masofadan uzatish vositalari taqdim etadi. Multimediya ilovalarini qo‗llab-quvvatlashning yaxshilangan vositalari. Kompyuterga o‗rnatilgan va ovoz, video kompakt disklar bilan ishlash imkonini beruvchi vositalar multimediya ilovalarining rivojlanishi uchun yangi turtki beradilar. Windows 95 - bu windowsning o‗yin dasturiy ta‘minotining qo‗llab-quvvatlash sohasida MSDOSni bellashuvga chaqirgan birinchi versiyasidir. MS-DOS va Windowsning birlashib ketishi. Xozir Windows va MS DOS (Windows ME dan tashqari) yagona operatsion tizimni tashkil etadilar. 32 razryadli modullar. Windows da 32 razryadli kod imkoniyati bo‗lgan hamma joyda ishlatiladi, bu esa tizimning yuqori darajadagi ishonchliligi va buzulishga chidamliligini ta‘minlash imkonini beradi. Eskirgan ilovalar va drayverlar bilan moslikni ta‘minlashdan tashqari bu tizimda 16 razryadli kod ham ishlatiladi. Siqib chiqaruvchi ko„pvazifalik. Windows ―qo‗shma‖ ko‗p vazifalik asosida ko‗rilgan bo‗lib, bunda ilovalar protsessordan birgalikda, uni vaqti vaqti bilan bir-biriga oshirib foydalanadilar. Agar ilovalardan biri protsessorni bo‗shatishdan bosh tortsa, tizim bunga qarshi xech qanday chora ko‗rolmaydi. Windows da siqib chiqaruvchi ko‗p vazifalar joriy etilgan. Bunda hamma ilovalar operatsion tizimning to‗liq nazorati ostidadir, dasturlarni birgalikda ishlatish uchun ajratilgan resurslardan samaraliroq foydalanadilar va xatosi bo‗lgan va xato tuzulgan dasturning tizimini ―osib qo‗yishi ehtimoli sezilarli darajada pasaytirilgan‖. Ko„p oqimlilik. Windows ko‗p oqimlikni tegishli tarzda yozilgan ilovalarga o‗z shaxsiy jarayonlarining ko‗p vazifali bajarilishini amalga oshirish uchun imkon beruvchi texnologiyani qo‗llab quvvatlaydi. Masalan, elektron jadvallarga ishlov berishning ko‗p oqimlilik tamoyilariga asoslanib yaratilgan dasturi bilan ishlaganda siz bir elektron jadvalni qayta hisoblab turib shu vaqtning o‗zida boshqasini chop etaverishingiz mumkin. Tizimning konfiguratsiyasi va foydalanuvchilar tanlagan sozlovlar haqidagi axborotli ma‟lumotlarning markazlashgan bazasi. Windowsning ro‗yxati-reestirida tizimning ilovalari va turli parametrlari haqidagi axborot saqlanadi. Windowsning avvalgi versiyalari bilan moslikni ta‘minlash uchun tizim Win.ini va System.ini fayllaridan foydalanadi. Biroq Windows ishlayotganida siz u bilan ko‗pam ishlayvermaysiz. Diagnostikaning optimallashtirish va xatolarni tuzatishning takomillashtirilgan va soddalashtirilgan vositalari. Windows tarkibiga tizimning unumdorligini optimallashtirishning quyidagi vositalari kiradi: o‗zini o‗zi sozlaydigan dinamik disk KESH, disklarnig mantiqiy va tabiiy tuzilmasini tekshirish uchun Scan Disk dasturi, disklarni qisuvchi Driver Space tizimi va foydalanishda nihoyatda sodda bo‗lgan, disklarni defregmentatsiya qilish uchun dastur. Bundan tashqari Windowsga uskunalar o‗ratasidagi nizolarni bartaraf etishda yordam beradigan uskunalar dispetcheri (Device Manager) maxsus dasturga kiritilgan. Agar siz hatto ilgari Windows bilan ishlamagan bo‗lsangiz ham u bilan ishlashga kirishish juda oson. Navbatdagi rasmda Windows (Windows XP) ning ish stolining asosiy elementlari ko‗rsatilgan. Ish stoli – bu ekranda paydo bo‗luvchi ish sohasidir. Ish stolidan amalda barcha vazifalarni hal qilishda: dasturlarni ishga tushurish, fayllardan nusxa olish, internetga ulanish, elektron pochtani o‗qish va boshqalarda foydalaniladi. Ish stolining tashqi ko‗rinishi kompyuterga windowsni o‗rnatish va uni saqlashga bog‗liqdir. Windows ish stolining tipik qiyofasi: lokal kompyuter tarmoqlari bilan tanishish imkonini beruvchi vazifalar paneli, obyektlar, shuningdek hujjatlar, papkalar va dasturlardan foydalanish uchun yo‗l ko‗rsatuvchi yorliqlar ko‗rinib turibdi. Eslatilgan barcha obyektlar uchun fan bo‗lib ish stolining yuzasi xizmat qiladi. Aynan unda siz Windowsda ishlaysiz. Sizning monitoringizdagi tasvir rasmda ko‗rsatilganidan biroz farqlanishi mumkin. Vazifalar satri ekrannig boshqa chetida joylashishi, yuqori chap burchakda belgilar joylashgan bo‗lishi (yoki xuddi shularning o‗zi boshqa nomlarda bo‗lishi) ehtimol. Sizda yorliqlar ko‗p yoki oz bo‗lishi mumkin va har bir istalgan holatda ular orasida ko‗rsatilganlaridan nimasi bilandir ajralib turadi. Ammo shunga qaramay, sizning kompyuteringizning ekrani bu hozirgina qarab o‗tgan elementlarning ko‗pchiligini o‗zida mujassam qilgan bo‗ladi. 14-rasm. Windows AT da quyidagi uch turdagi menyular mavjud: Пуск menyusi – asosiy menyu. Пуск menyusini ishga tushurish Корзина ilovasini ishga tushurish Мой компьютер ilovasini ishga tushurish Панель задач - masalalar paneli Til indikatori Dasturni ishga tushurish Joriy vaqtda faol dasturlar Soat indikatori Kontekst menyu. Ilova va oynalar bilan ishlashga mo‘ljallangan maxsus menyular. Asosiy menyu. Vazifalar panelining chap burchagida (yoki tepada, agar panel ish stolining chap yoki o‗ng chetiga joylashtirilgan bo‗lsa) ishga tushurish tugmachasi joylashgan. Ushbu tugmachani bosilishi ekranda rasmda tasvirlangan bosh menyuning paydo bo‗lishiga olib keladi. Ushbu menyu keyingi vaqtda ochilgan, hamma dasturlar va hujjatlarga tezlik bilan yo‗llashni ta‘minlaydi. Kerakli obyektga o‗tish uchun sichqonchaning tugmachasini bir marta bosishning o‗zi kifoya. Bundan tashqari bosh menyu lokal va tarmoq disklardagi dasturlar va hujjatlarni izlashni sezilarli darajada engillashtiradi. Tizimdan chiqish ham bosh menyu yordamida amalga oshiriladi. ―Ishni yakunlash‖ buyrug‗i mana shuning uchun xizmat qiladi. U Windows bilan ishlash seansini tugallashga, kompyuterni qayta yuklash yoki kompyuterda boshqa odam ishlay olishi uchun shunchaki tizimdan chiqishga yordam beradi. Foydalanuvchi nomi Hujjatlar Suratlar O‘yinlarni ishga tushirish Mening kompyuterim ishga tushirish Boshqaruv panelini ishga tushirish Qurilmlar va printerlarni sozlash Odatiy dasturlarni sozlash …ni bajarish Windows ishini yakunlash 15-rasm. 16-rasm (kontekst menyu) 17-rasm (maxsus menyu) Mening kompyuterim nishoni sizning kompyuteringizning resurslarining holati bilan tanishish imkoniyatini beradi. Uni ochib, siz ekranda quyidagi ko‗satilgan rasmdagiga o‗xshash papka darchasini ko‗rasiz. Bu darchada har bir diskovod lokal qattiq disk, kompakt disk, kompakt disklarning simi va kompyuteringiz ulangan tarmoqlar ulangan tarmoq kataloglarining hammasi uchun bittadan nishon bo‗ladi. Bundan tashqari bu darchada boshqarish panelga, printerlarga, modem yordamida telefon kanallari bo‗yicha tarmoq resurslari bilan aloqa uchun mo‗ljallangan tarmoqqa uzoqdan yo‗llash dasturiga yo‗llash uchun qo‗shimcha tizimiy manellar ham mavjud bo‗lishi mumkin. Mening kompyuterim nishoni hamma lokal va tarmoq resurslari taqdim etilgan panelni ochadi. 18-rasm. Mavjud istalgan nishon ikki marta bosilsa, tegishli panellarni ochadi. Masalan, ―STATION03‖ deb atalgan nishonni ochib siz o‗zingizni kompyuteringizdagi qattiq disklardan biri bilan tanishishingiz mumkin. Yorliqlar – dastur hujjat, printer lokal qattiq disk yoki tarmoq serveri kabi obyektlarga tez yo‗llashni ta‘minlaydi. Siz amalda tez-tez ishlatiladigan obyektlarning istalgan tipi uchun yorliqlar tuzushingiz mumkin. Tarmoq o‗rami nishoni sizning ishchi guruhingizning hamma serverlari va kompyuterlari aks ettirilgan papkani ochadi. Bundan tashqari bu papkada butun tarmoq nishoni bor, uning yordamida siz o‗z tarmog‗ingizni boshqa ishchi guruhlarga yo‗llash imkonini qo‗lga kiritishingiz mumkin. Pastdagi rasmda a‘zolari 9 ta bo‗lga ishchi guruhida bo‗lgan kompyuterdagi tarmoq o‗ramining papkasi qandoq bo‗lishi mumkinligi ko‗rsatilgan. Ushbu rasmda ko‗rsatilgan, kompyuterlar tasviri tushurilgan Sw 02, Sw04, Sw05, Sw06 va hokazo deb nomlangan nishonlar – sizning ishchi guruhingizning a‘zolari haqidagi axborotni saqlovchi papkaning darchasini ochadi. 19-rasm. Windowsning barcha ilovalari darcha (yoki oyna) deb ataluvchi to‗g‗ri burchakli maydonlarda ishlaydilar. Pastdagi rasmda tipik darcha va amalda hamma darchalarda bo‗lgan elementlar ko‗rsatilgan. 21-rasm. 1. Sarlavha qatori – darchaning uning nomi darchani boshqarish tugmachasini o‗z ichiga olgan yuqori qatori. _ - yig‗ishtirilsin, darchani vazifalar paneliga yig‗ishtirish uchun - yoyilsin, darchani butun ekranga yoyish. - tiklansin, darchaning oldingi o‗lchamlarini qaytarish. - yopilsin, ish tugashi bilan darchani to‗liq yopish. 2. Menyu qatori – ushbu darcha uchun mo‗ljallangan buyruqlar bo‗lgan bandlarni ichiga olgan qator. 3. Uskunalar paneli. Tez-tez ishlatiladigani buyruqlarning tugmachalarini o‗z ichiga olgan panel. 4. Manzil satri. Panelning yo‗nalishi ko‗rsatilgan qator. 5. Darchaning ish maydoni. Darchaning uning obyektlari ko‗rsatilgan asosiy qismi. 6. Ish maydonining ko‗rinmaydigan qismini ko‗rib chiqish uchun gorizontal va vertikal chizg‗ich mintaqalari. 7. Holat satri. Darchaning qo‗shimcha axborot ko‗rsatilgan pastki satri. 8. Darchaning chegaralari – uning perimetrini tashkil etuvchi chiziqlar. Darchaning istalgan o‗lchamini o‗zgartirish uchun darchaning chegarasida turish va darchaning o‗lchamini sichqonchaning tugmachasini bosib turgan holda o‗zgartirish kerak. Darchalarning quyidagicha turlari mavjud: 1. Ilovalar darchasi – Windows ning standart darchasi. 22-rasm. 2. Hujjatlar darchasi – ilovalar darchalari ichida joylashgan va o‗z ichiga faqat sarlavhalarni oladi. 23-rasm. 3. Muloqot darchasi. Harakatlarni tasdiqlash yoki bekor qilish tugmachalarini o‗z ichiga olgan darcha. 24-rasm. 4. Xabarlar, shu jumlandan avariya xabarlari darchasi: Ogohlantirish. 25-rasm 5. Xato to‗g‗risida xabar: 26-rasm. 6. Ma‘lumotnoma darchasi. 27-rasm. Shunday qilib siz, papkalar darchalari bilan muomala qila olasiz va Windowsning yo‗l ko‗rsatuvchisi bilan sinovlar o‗tkazishga tayyorsiz. Windows bo‗yicha ilgarigi ba‘zi yo‗riqnomalarida Windows yo‗l ko‗rsatuvchisi dasturini ko‗pincha Windowslarda fayl dispetcherlari (File Manager) ning yaxshilangan versiyasi – fayllarning ―kuchaytirilgan‖ dispetcheri deb atashgan, lekin bu dasturni novigatsion panelining papka darchasi deb atash to‗g‗riroq bo‗lardi. Bu panel sizning kompyuteringizning va uning tarmoq o‗ramining ―xarita- sxemasi‖dan iboratdir. Quyidagi rasmda ayni bir papkaning papka darchasida ichida saqlagan ma‘lumotlar ko‗rsatilgan. Rasmdan ko‗ringanidek windows yo‗l ko‗rsatuvchisining darchasi ikkita maydonga bo‗lingan. O‗ngdagi maydon papkaning darchasiga juda o‗xshaydi va xuddi shu darchadek ishlaydi. CHap maydonda Windows nomlari makoninng tuzulmasi chiqariladi. Bu erda lokal qattiq disklar kataloglarining daraxti va kompyuterga ulangan boshqa hamma resurslar – diskovodlar va kompakt-disklarni o‗qish uskunalari, tizim papkalari va tarmoq serverlari ko‗rsatilgan. Tuzilma printerlarga, boshqaruv paneli (Control panel) va savatcha (Recycle Bin)ni yo‗llanmalar bilan ta‘minlaydi. Papkaning istalgan darchasi kabi Windows ning yo‗l ko‗satuvchisi menyu qatori va majburiy bo‗lmagan elementlar: asboblar paneli va holatlar qatorini o‗z ichiga oladi. Menyu satri papka darchasining menyusiga to‗la o‗xshashdir, faqat unda bo‗lgan qo‗shimcha servis (Tools) menyusi bundan istesnodir. Yo‗l ko‗satuvchining darchasi xuddi papkaning darchasidek ko‗ib chiqishning to‗rtta rejimi: yirik nishonlar, mayda nishonlar, ro‗yxat va jadvaldan bittasini tanlash imkonini beradi. Sukut saqlash bo‗yicha uni maydonda axborot jadval rejimida chiqariladi. Yirik nishonlar esa rasmda faqat yo‗l ko‗rsatuvchining, papkaning standart darchasiga o‗xshashligini ta‘kidlash uchun tasvirlangan xolos. Odatda Windows yo‗l ko‗rsatuvchisi Bosh menyu Dasturining ostki menyusida joylashgan bo‗ladi. Agar shunday bo‗lsa, siz uni Bosh menyu yordamida ochishingiz mumkin. Bundan tashqari Windows yo‗l ko‗rsatuvchisini ishga tushurishning bir necha usuli bor. Buning uchun: sichqonchaning o‗ng tugmachasini mening kompyuterim (My Computer) yoki tarmoq o‗rami (Network Neighborhood) nishoni ustida bosing (cherting) va ob‘ektning menyusidan yo‗l ko‗rsatuvchi (Explore) buyrug‗ini tanlang. sichqonchaning o‗ng tugmachasini papka yoki papkaning yorlig‗i ustidan bosing, ob‘ektning menyusida «yo‗l ko‗rsatuvchi» buyrug‗ini tanlang. papkaning darchasidan papka nishonini ajrating va fayl (File) menyusidan yo‗l ko‗rsatuvchi buyrug‗ini tanlang. papkaning o‗ng darchasida papka nishonini ajrating va Shift tugmachasini bosib ikki marta ketmag‗ket bosing. 28-rasm. Windows operatsion tizimida ilovalarni o‗rnatishning bir nechta usuli bor, ammo boshqaruv paneli papkasidagi dasturlarni o‗rnatish va o‗chirib tashlash nishonini ishlatishga asoslangan usul asosiysi hisoblanadi. O‗rnatishning boshqa usullari operatsion tizimning reestirida ilovalarning to‗g‗ri ro‗yxatga olinishini kafolatlashlari sababli hamma holatlarda aynan shu vositadan foydalanish tavsiya etiladi. Yangi ilovani o‗rnatishdan oldin ishlab turgan barcha dasturlarni va ochiq hamma hujjatlarni yopish kerak. Ayrim hollarda fon jarayonlarining ham bir qatorini yopish zarurdir. Windowsning kompyuterga talablar. Agar sizning kompyuteringiz: 150 MGs dan kam bo‗lmagan takt chastotali mikroprotsessor yoki yanada takomillashgan (Pentium, Celeron Pentium IV, K6, K7 va hokazolar) mikroprotsessor bilan (talab qilingan chastotali protsessorninng bo‗lishi shart bu Windows Me ni o‗rnatish dasturi bilan tenglashtiradi); sichqoncha yoki bajaradigan vazifalari bo‗yicha o‗zshash qurilma (albatta, bunday qurilmaga ega bo‗lish majburiy emas, ammo Windows Meni faqat klaviaturani ishlatib boshqarish noqulay); CD-ROM to‗plovchisi (birinchi navbatda u Windows Meni o‗rnatish uchun zarur); sig‗imi 128 Mbaytdan bo‗lmagan tezkor xotira; VGA videotizim yoki yuqoriroq echimdagi videotizim bilan ta‘minlangan bo‗lsa, Windows Me operatsion tizim qoniqarli tezlikda harakat qilib ishlaydi. Windows Mening ancha ―kuchsiz‖ kompyuterda ham ishlashi mumkinligi istesno qilinmaydi, ammo uning unumdorligi qoniqarli bo‗lmaydi. Ranglar miqdori ko‗p bo‗lganda yuqori aniqlikda qaror qabul qilishni ta‘minlaysdigan Super VGA videotizimiga ega bo‗lish afzalroqdir, bu tasvirning sifatini yaxshilaydi, ekranning «sig‗imligini» (axborot sig‗imini) oshiradi. Windows Meni o‗rnatish uchun qattiq diskda 400 M baytga yaqin bo‗sh joy talab qilinadi. Hatto Windows Me ning mavjud nusxasini almashtirish bilan takroriy installyasiya qilishdan oldin ham disk xotirasining etarli darajada katta hajmini bo‗shatish kerak bo‗ladi. Operatsion tizimni o‗rnatishdan oldin qattiq diskda iloji boricha ko‗proq joyni bo‗shatish tavsiya etiladi. Windowsning ayrim komponentalari, aynan esa DVD (DVD Player) va Windows Player proigrevatellari, shuningdek NetMeeting dasturi – uskunaga asosiy talablarni qo‗yadilar. DVD bichimli disklarni qayta (takror) ishlab chiqarish uchun DVDning o‗z to‗plovchisidan tashqari: 256 Kbaytli yoki unga ekvivalent bo‗lgan sig‗imi KESHli Pentium-120 mikroprotsessor; 65536 rangdagi 800-600 nuqtali (har bir nuqtaning ranglari 16 razryadli kod bilan beriladi) videorejimda ishlashga qobil va VPE (Video Port Extinsion) bilan ta‘minlangan videotizim; Dekoder platasi yoki uning o‗rnini bosuvchi dasturiy vositalar zarurdir. DVD bichimli disklarni yaxshi qo‗llab-quvvatlash uchun Microsoft korporatsiyasi: 256 Kbayt sig‗imli KESHli Pentium-166 MMX yoki undan yaxshi mikroprotsessori; 65536 rangli 1024-768 nuqtali echimli videorejimda ishlay oladigan va ikki o‗lchamli okselerator bilan ta‘minlangan videotizimni; NTSC\PAL standartlarining televizion chiqishini tavsiya qiladi. Windows XP Professional dvasturlarning fon rejimida ishlashi uchun yaxshilangan imkoniyatlarga ega. Umumiy himoya sezilarli ravishda yaxshilangan, shuning uchun endi internetning sharhlovchisini ishlatish va unda xaridlar qilish ancha havfsiz. SHuningdek shaxsiy ma‘lumotlar fayllarining maxfiyligi saqlanishdan xavfsiramasdan tarmoqlar bo‗yicha boshqa foydalanuvchilar bilan ham muloqot qilish mumkin. Harakatlarning tezlik bilan amalga oshirilishi dasturlarning katta miqdorini bir vaqtning o‗zida ishga tushirish, imkonini beradi, bunda dasturlar maksimal tezlikda ishlaydilar. Windows XP Professional ishonchli va barqaror. SHuning uchun har doim kompyuterning tez harakat qilishi va samarali ishlashiga ishonish mumkin. Bundan tashqari boshqa dasturlar bilan moslashish, birgalikda ishlashning maksimal ravishda mumkin bo‗lgan darajasiga erishilgan. Ko‗rinib turibdiki, Windows XP Professional vositalari kompyuterdan foydalanishni soddalashtirish imkoniyatini beradilar, ish samaradorligini va kompyuterdan ko‗ngil ochish uchun foydalanish imkoniyatlarini ta‘minlaydilar. Masalan, ―Ish stolini distansion boshqarish vositasi yordamida ishchi kompyuteri va uning resurslariga uydan turib yo‗llash imkoniga ega bo‗lish, xodimning kompyuterining ish stolidagi fayllar va hujjatlarni ko‗rib chiqish mumkin. ―NetMeeting dasturi yordamida er sharining istalgan nuqtasida joylashgan foydalanuvchilar bilan tarmoq bo‗yicha virtual majlislar tashkil qilish, shuningdek audio va video uskunalar va «so‗zlashuv» dasturidan foydalanib, muhokamalarda qatnashish mumkin. Ma‘lumotnoma olish bunda juda (maksimal darajada) soddalashtirilgan. «CHiqarib tashlangan yordamchi» vositasi yordamida elektron pochta orqali kompyuterlar bo‗yicha mutaxassisga yoki qo‗llab-quvvatlash xizmati xodimiga xabar yuborish mumkin, u yuzaga kelgan muammoni o‗zi turgan joyda hal qilishga yordam beradi. Windows XP Professional tizimida ishlaganda operatsion tizimning hamma vositalari haqida axborotni hamda muammoni echish hal qilish ehitimoli bo‗lgan qo‗shimcha ma‘lumotlarni olishga yordam beruvchi elektron darslikni o‗z ichiga olgan kengaytirilgan interfaol ma‘lumotlar tizimidan foydalanish imkoni bor. Windows XP Professional boshqa ko‗plab yangi vositalar cheklovlarsiz foydalana oladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling