Avtomatika va elektrotexnologiya
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Вид» menyusi - hujjatni ekranda tasvirlash menyusi
- Hujjatni tahrirlash va qo„shimcha ma‟lumotlar kiritish
«Правка» menyusi
Отменит ввод - hujjat ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qiladi. Повторит ввод - takrorlash Вырезат - hujjatning ajratilgan qismini muvaqqat xotiraga olish Копироват - nusxasini olish. Буфер обмена Office – Office dasturlarida xotiraga olingan ma‘lumotlar saqlanadigan joy. Вставит - muvaqqat xotiradan kursor ko‗rsatgan joyga qaytish Вставит как гиперссылку – tegishli hujjatga o‘tishni taiminlovchi belgi yoki simvol qo‘yish. Спестиалная вставка - boshqa ilova fayllarini qo‗yish. Очистит - bir donadan yo‗qotadi. Выделит все – hujjatni to‘lig‘icha belgilab olish. Найти – ko‗rsatilgan belgi yoki so‗zni qidirish. Перейти – ko‗rsatilgan joyga o‗tish. Заменит - ko‗rsatilgan belgi yoki so‗zni almashtirish. Связи – obyekt bilan aloqalarni yangilash. Объект – ilovaga murojaat qilish. «Вид» menyusi - hujjatni ekranda tasvirlash menyusi Обычный - normal ko‗rinish Веб - документ - asosiy hujjatni bir necha hujjatga bo‗lish Разметка Страницы - sahifalangan ko‗rinish Структура - shakliy ko‗rinish Област задач – hujjat bilan ishlash, tashkil qilishga oid buyruqlar ro‘yhati. Панел инструментов - asboblar paneli. Линейка – hujjat o‘lchamlarini chizg‗ich shaklida qo‘yish. Колонтитулы - sahifaning yuqori va quyi sarlavhalarini o‗rnatish Сноски – eslatmalar qo‘yish. Разметка – izoh qilish. Во вес экран - hujjatni butun ekranga yoyish Масштаб - hujjatni ekranda ko‗rinishini katta kichikligi. «Вставка» menyusi Разрыв - hujjatni sahifalarga ajratish. Номера страниц - sahifalarni raqamlash. Дата и время - sana va vaqtni. Автотекст - odatda ko‗p ishlatiladigan jumlalardan foydalanish. Поле - maydon shaklini sozlash. Символ - ixtiyoriy shriftdagi belgini qo‘yish. Примечания – аlohida izohlar qo‘yish. Ссылка – ko‗rsatmalar qo‘yish. Веб-компонент – WEB-komponent qo‘yish. Рисунок – rasmlar qo‘yish. Организастионная диаграмма – tashkiliy diagrammani qo‘yish. Надпис – qat‘iy chegaralangan matn qo‘yish. Файл – hujjatni tegishli joyiga boshqa bir faylni qo‘yish. Объект – biror bir amaliy dastur yoki fayllardan ma‘lumot qo‘yish. Закладка - hujjatning zarur joylarini belgilash. Гиперсылка - ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash. «Формат» menyusi Шрифт - shrift tanlash Абзац - obzats o‗lchamlarini o‗rnatish Список - abzatslardan ro‗yxat tashkil qilish Границы и заливки - o‗rnatish, jadval chiziqlarini chizish, fonni o‗zgartirish Колонки - ustunlarni o‗rnatish Табулястия - tabulyatsiya ustunlari Направление текста – matn yo‘nalishini tahrirlash. Регистр – belgilarni tahrirlash. Фон – hujjatga fon berish. Тема – dasturda o‘rnatilgan format turini tanlash. Рамки – ramkalarni tahrirlash. Автоформат - hujjatlarni avtomatik ravishda formatlash. Стили и форматирования - hujjat formatlash shakllarini tanlash. Показат форматирование – hujjatning formatlangan holati to‘grisidagi ma‘lumot berish. Объект – hujjatdagi mavjud obyektlarni tahrirlash. «Сервис» menyusi Правописание – hujjat to‘gri yozilganligini tekshirish. Язык - imloni tekshirishda tilni ko‗rsatish Исправит поврежденный текст – noto‘gri yozilgan yoki buzilgan matnni to‘grilash. Статистика - hujjat haqida ma‘lumot berish Автореферат - matn imlosini avtomat tarzda tekshirib avtoreferat tayyorlash. Исправления - matnni o‗zgartirilgan, belgilangan joylari bilan ishlash. Сравнит и объединит исправления - matnni o‗zgartirilgan, belgilangan joylarini taqqoslash va umumlashtirish. Установит защиту - hujjatni tahrirlashdan himoyalash. Совместная работа – boshqa foydalanuvchilar bilan bir vaqtning o‘zida tarmoq orqali birga ishlash. Писма и рассылки – hat va shu kabi hujjatlarni tayyorlash. Средства в Интернете – Internet vositalaridan foydalanish. Макрос - makrokomandalar bilan ishlash Шаблоны и надстройки – Dastur shablon va boshqa parametrlari bilan ishlash. Параметры автозамены – avtomatik ravishda almashtirish parametrlari. Настройка - tugmachalar va buyruqlar majmuyini tashkil qilish. Параметры – taxrirlash, o‗zgartirish parametrlari bilan ishlash. «Таблица» menyusi Нарисоват таблицу - berilgan o‗lchamdagi jadvalni chizish. Вставит - berilgan o‗lchamdagi jadval, qator, ustun, yacheykani qo‗yish. Удалит - berilgan o‗lchamdagi jadval, qator, ustun, yacheykani o‗chirish Выделит - jadval, qator, ustun, yacheykani belgilash. Объединит ячейки – yacheykalarni birlashtirish. Разбит ячейки – yacheykalarni kataklarga bo‗lish. Разбит таблицу - jadvalni tegishli o‘lchamda bo‗lish. Автоформат таблицы - jadvalni avtomatik ravishda formatlash. Автоподбор – jadvalni hujjat oynasi, tarkibi bo‘yicha to‘grilash, qatorlar va ustunlarni teng o‘lchamlarga olib kelish. Заголовки – jadvalga sarlavhani o‗rnatish. Преобразоват - jadvalni matnga yoki matnni jadvalga keltirish. Сортировка - belgilangan ustun yoki satrdagi ma‘lumotlarni saralash. Формула – hisob-kitob ishlarini bajarish. Отображат сетку - jadval chiziqlarini chizish yoki o‗chirish. Свойства таблицы - katakcha balandaligi va enini o‗rnatish «Окно» menyusi Новое - yangi darcha ochish. Упорядочит все - ekrandagi barcha darchalarni tartiblash. Разделит – hujjat darchasini bo‘lish. «Справка» menyusi Справка -Microsoft Word - Microsoft Word haqida ko‗rsatma mundarijasini ochish. Показат помощника – Yordamchini ko‘rsatish. Что это такое – Biror bir ob‘yekt to‘grisida ma‘lumot olish. Office в Интернете – Internetda Office ma‘lumotlari. Активизироват продукт – Dasturni faollashtirish. Найти и восстановит – Ma‘lumotni qidirish va tiklash. О программе – Dastur haqida ma‘lumot olish. Word matn muharririda yangi hujjatlar yaratish bir necha usullar bilan amalga oshiriladi: 1. Standart piktogrammalar qatorida piktogrammasi ustida sichqoncha bosiladi. Ekranda «toza qog‗oz» paydo bo‗ladi. Yangi hujjat ochilishini oynaning sarlavha qatorida Документ so‗zi yonidagi tartib raqamining o‗zgarishidan bilamiz. 2. Xuddi shu amalni «Файл» menyusidagi «Создат» (Yaratish) buyrug‗i orqali ham amalga oshirish mumkin. Bu holda ekranda quyidagi oyna namoyon bo‗ladi. Bu oynalarni savol-javob (dialog) oynalari deb atashadi. Mazkur oynada tizim sizga bir nechta andozalarni (shablonlarni) tavsiya etadi. Masalan, hisobotlar shakli, fakslar, xatlar, yozuvlar va boshqa hujjatlar andozalari shu yerda jamlangan. Siz o‗z hisobotingizni mavjud andozaga solib yaratishingiz mumkin. Ma‘lumki, yozuv mashinkasida matn yozilganda qog‗ozga chegara qo‗yiladi. Bunda karetka ma‘lum joyga kelgach, qatordan qatorga avtomatik ravishda o‗tadi. Shunga o‗xshash amallarni WORDda bajarish uchun «Файл» menyusidan o‗rin olgan «Параметры страницы» (Sahifa parametrlari) buyrug‗ini ishlatish lozim 53-rasm. Namoyon bo‗lgan oynaning «Поля» qismida qog‗ozga chegaralar (yuqori, quyi, chap, o‗ng tomonlardan) qo‗yiladi. Buning uchun har bir darchaning yonida tepaga va pastga qaragan uchburchaklar mavjud. Ular mos ravishda chegara enini oshiradi va kamaytiradi. «Переплет» darchasida muqovalash uchun joy qoldiriladi. «От края до колонтитула» qismida sahifaning chetidan to sahifaning tartib raqami yozilishi kerak bo‗lgan joygacha masofa ko‗rsatiladi. «Зеркалные поля» yozuvi oldida belgi qo‗ysangiz, hujjatda sahifalar kitobdagi kabi bir- biriga aynan aks etadi. Hujjatning bir qismi uchun maydonlarni o‗zgartirish kerak bo‗lsa, o‗sha sahifalarni belgilab (Buning uchun mazkur qism boshlangan joydan, klaviaturadagi Shift tugmachasini bosgan holda klaviaturadan pastga qaragan ko‗rsatkich tugmachasini bosib, kerakli pozitsiyagacha olib borish zarur), Fayl menyusidagi «Параметры страницы» (Sahifa parametrlari) oynasining «Поля» (Maydon) qismida chegaralarni belgilash kerak. Shundan so‗ng «Применит» (qo‗llash) ro‗yxatidan «К выделенному тексту» (Belgilangan matnga) parametrini tanlash lozim. Belgilangan betlardan oldin va keyin avtomatik tarzda bo‗lim o‗zilish belgilari qo‗yiladi. Agar hujjat bo‗limlarga bo‗lingan bo‗lsa, kerakli bo‗lim ustida sichqonchani bir marta bosish kerak yoki bir nechta bo‗limni belgilab, maydonlarni o‗zgartirish kerak. Har doim bir xil chegara qo‗llasangiz, faoliyatingiz boshida bir marta chegaralarni o‗rnatib, «По умолчанию» (Alohida ko‗rsatmasiz) piktogrammasini sichqoncha yordamida faollashtirib qo‗ying. Keyingi hujjatlar yaratish jarayonida sahifa chegaralari to o‗zingiz o‗zgartirish kiritmaguningizcha o‗zgarmasdan turadi.Oynaning «Размер бумаги» (Kog‗oz o‗lchami) qismida qog‗oz o‗lchami, uning holati (gorizontal joylashuv, vertikal joylashuv) o‗zgartiriladi A4 bichimli (210x297mm) qog‗ozdan (Siz kurs ishlari, referatlar, diplom ishlari uchun ishlatadigan qog‗oz) ko‗p foydalaniladi. Shu qog‗ozning teng yarmi — A5 bichimni, ikkitasi esa — A3 bichimni tashkil etadi. Qog‗ozga matnni to‗g‗ri va ko‗ndalang holatlarda chop etish mumkin. Buni «Ориентация» qismida aniqlab ketish zarur. «Книжная» — to‗g‗ri chop etishni, «Албомная» — ko‗ndalang chop etishni anglatadi. Yozuv mashinkasidan farqli o‗laroq, kompyuterda bir necha xil shriftlar mavjud. Bichimlash panelida joylashgan darchasi yonidagi uchburchakni bosib shriftlar ro‗yxatini chiqarib, kerakli shrift tanlanadi va u faollashtiriladi. Mazkur darchaning yonida shriftlar o‗lchovi darchasi joylashgan. Undan yuqoridagi usul bilan kerakli o‗lchovni tanlab olib, so‗ng alfavit turini tanlash kerak. Klaviaturada ikki xil: kirill va lotin harflari mavjud. Kerakligini tanlab olish uchun ekranning quyida joylashgan masalalar panelidagi klaviatura indikatori ustiga sichqonchani olib borib, ro‗yxat ochiladi va hosil bo‗lgan ro‗yxatdan kerakli alfavit tanlab olinadi. Hujjatlarni saqlash Hujjat tayyor bo‗lgandan so‗ng uni saqlab qo‗yish lozim. Buning uchun «Файл» menyusidagi «Сохранит как» buyrug‗ini ishlatamiz: 54-rasm. Ekranda namoyon bo‗lgan oynani tahlil etib chiqaylik. Papka darchasida hujjatni eslab qolish lozim bo‗lgan jild yoki disk nomi turadi. Rasmda «Мои документы» (Mening hujjatlarim) jildi aks ettirilgan. Agar ro‗yxatdan jildning nomi almashtirilmasa, kompyuter hamisha hujjatni «Мои документы» (Mening hujjatlarim) jildiga saqlaydi. Agar hujjatni disketada saqlash talab etilsa, ro‗yxatdan disk nomi tanlab olinadi (Disk 3,5 A). «Имя файла» (Fayl nomi) darchasida hujjatga nom beriladi. Uni kirill yoki lotin alifbosida berishingiz mumkin. Nom bir so‗zdan, jumladan, gapdan, sondan iborat bo‗lishi mumkin. «Тип файла» (Fayl turi) darchasida fayl turi tanlanadi. U doc, rtf, html fayl yoki Word muharririning oldingi versiyalarida saqlanishi mumkin. Barcha zarur ma‘lumotlar kiritilgandan so‗ng, «Сохранит» (Saqlash) tugmachasi bosiladi. Agar biror xatolik o‗tib ketgan bo‗lsa, «Отмена» (Bekor qilish) tugmachasi bosiladi. «Папка» (Jild) darchasidan keyin joylashgan piktogrammalar quyidagilarni bildiradi: Bir pog‗ona yuqoriga o‗tish, ya‘ni jildning ichidan yuqori -qatlamga chiqish; «Избранное» («Tanlangan») jildini tanlash; Yangi jild yaratish; Jild va fayllarni ro‗yxat ko‗rinishida tasvirlash; Jild va fayllarni jadval ko‗rinishida (hajmi, yaratilgan sanasi, vaqti va h.k.) tasvir etish; Jild va fayllarning xususiyatlarini aks ettirish; Buyruqlar va rejimlar piktogrammasi. Mazkur hujjatga ishlov berish tugaganidan keyin uni yopish zaruriyati tug‗iladi. Buning uchun «Файл» menyusidagi «Закрыт» (Yopish) buyrug‗ini faollashtirish lozim. Dastur ishini tugatmasdan barcha ochilgan fayllarni yopish uchun SHIFT tugmachasini bosib, «Файл» menyusida «Закрыт все» (Barchasini yopish) buyrug‗ini faollashtirish kerak. Hujjatni tahrirlash va qo„shimcha ma‟lumotlar kiritish Mavjud hujjatni taxrirlash uchun WORD dasturida aloxida buyruqlar to‗plami kiritilgan. Ularning barchasi «Правка» (To‗g‗rilash) menyusida jamlangan. Rasmlardan yoki matndan nusxa olish, joyini o‗zgartirish mumkin. Matn va rasmlarni bir hujjatning o‗zida, shuningdek, bir hujjatdan boshqasiga, xatto boshqa ilovaga ko‗chirish va ulardan nusxa olish mumkin. Bu ishlarni yoki amallarni bajarishdan oldin matn va rasmlar belgilab olinadi. Matn va rasmlarni sichqoncha yordamida belgilash: matnning ixtiyoriy qismini ajratish uchun siljitish amalini ishlatish kerak; so‗zni belgilash uchun kursorni so‗z ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak; rasmni ajratish uchun kursorni rasm ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak; matnning qatorini belgilash uchun kursorni qatorning chap chetiga olib kelib, u o‗ngga yo‘naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan keyin, sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosish kerak; matnning bir nechta qatorini belgilash uchun kursorni qatorning chap chetiga olib kelib, u o‗ngga yo‘naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan keyin, kursorni pastga yoki yuqoriga siljitish kerak; gapni belgilash uchun CTRL tugmachasini bosib turgan holda gap ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosish kerak; abzatsni belgilash uchun uning chap chetiga kursorni olib kelib, u o‗ngga yo‘naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan keyin sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak; yana bir usuli — Abzats ustiga kursorni olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini uch marta bosish; butun hujjatni belgilash uchun kursorni matnning chap chetiga olib kelib, u o‗ngga yo‗naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan keyin sichqonchaning chap tugmachasini uch marta bosish kerak; kolontitullarni belgilash uchun «Вид» (Ko‗rinish) menyusidagi «Колонтитулы» buyrug‗ini tanlash lozim; «Разметка» (Belgilash) holatida turib, kolontitullar matni ustiga kursorni olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak; sung kolontitulning chap chetiga kursorni olib kelib, u o‗ngga yo‘naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan so‗ng, sichqonchaning chap tugmachasini uch marta bosish kerak; izohlar va xavovalarni (snoskalarni) belgilash uchun oynaning mos sohasida sichqonchani bosib, ko‗rsatkichni matnning chap chetiga olib kelib, u o‗ngga yo‗naltirilgan strelka shaklini qabul qilgandan so‗ng, sichqonchani uch marta bosish kerak; matnning vertikal blokini (jadval yacheykasi ichidagi matndan tashqari) belgilash uchun siljitish davomida ALT tugmachasini bosib turish kerak. Amallarni bekor qilish. Bekor qilinishi zarur bo‗lgan amallar ruyxatini chiqarish uchun «Отменит» (Bekor qilish) tugmachasi oldidagi uchburchakli ko‗rsatkich bosiladi. Sichqoncha bekor qilinishi kerak bo‗lgan amal ustida bir marta bosiladi. Amalni bekor qilish jarayonida ro‗yxatda undan oldin turgan barcha amallar bekor qilinadi. Oxirgi bekor qilingan amalni qayta bajarish uchun «Отменит» (Bekor qilish) tugmachasi bosiladi. «Автофигуры» (Avtoshakllar) bo‗limini ishlatsangiz matnga tayyor geometrik shakllar kiritish imkoniyatini qo‗lga kiritasiz. Masalan, to‗g‗ri to‗rtburchak, aylana, turli chiziqlar, har xil shaklli ko‗rsatkichlar, blok-sxemalar elementlari, yuldo‗zchalar, bayroqchalar va h.k. Shakllar o‗lchovini o‗zgartirish talab etilsa yuqorida rasm uchun bajargan amallarni takrorlang. Shakllar chegarasini, aylanishini, rangini, soyasini hamda xajmli effektlarni qo‗llash uchun avtoshaklni belgilab, rasm piktogrammalari qatoridagi «Рисование» (Chizish) knopkalardan foydalanish kerak: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 55-rasm. 1. Grafik obyektlar va matn o‗rtasidagi tartibni o‗rnatish, grafik obyektlarni guruhlash, tarqatish, qayta guruhlash, turni o‗rnatish, to‗rdagi tugun nuqtalarni siljitish, tekislash, taqsimlash, aylantirish, akslantirish va o‗zgartirish, avtoshakllarni o‗zgartirish uchun xizmat qiladi. 2. Obyektni tanlaydi. 3. Tanlangan obyektni ixtiyoriy burchakka aylantirish. 4. Tayyor geometrik shakllar. 5. Chiziqlar chizish. 6. Ko‗rsatkichli chiziqlar chizish. 7. Kvadrat yoki tug‗ri to‗rtburchak chizish. 8. Ellips yoki aylana chizish. 9. Faol oynada yozuv yaratish (rasm yoki diagrammalarda, sarlavhalarda ishlatiladi). 10. WordArt ilovasidan foydalanish (keyinroq batafsil ko‗rib chiqamiz). 11. Belgilangan obyekt ichidagi rangni o‗zgartirish, olib tashlash. 12. Belgilangan obyekt chiziqlari rangini o‗zgartirish, qo‗shish yoki olib tashlash. 13. Belgilangan matn shriftining rangini o‗zgartirish. 14. Chiziq turi (belgilangan chiziq turi va qalinligini o‗zgartirish). 15. Shtrix turi (belgilangan chiziqni shtrix yoki punktir chiziq qilib jihozlash). 16. Ko‗rsatkich turi (belgilangan chiziq uchun ko‗rsatkich turini tanlash). 17. Soya ( belgilangan obyektga soya quyish). 18. Hajm ( belgilangan obyektni hajmli qilish). Nazariy savollari 1. Microsoft Word matn muharriri qanday imkoniyatlarga ega? 2. Microsoft Word matn muharririni ishga tushirish usullarini aytib bering. 3. Microsoft Word interfeysi oynasining tuzilishini aytib bering. 4. Oynaning o‗ng yuqori burchagida joylashgan piktogrammalar qanday vazifalarni bajaradi? 5. Menyular qatorida qanday menyu turlari bor? Ularning vazifalarini qisqacha tushuntirib bering. 6. Standart va bichimlash uskunalar panelidagi piktogrammalarning vazifalarini aytib bering. 7. Matnning shriftlari va uning o‗lchami kanday o‗zgartiriladi? 8. «Автофигуры» (Avtoshakllar) bo‗limi qanday imkoniyatlarga ega ? 9. Объект WordArt bo‗limi nima uchun ishlatiladi ? 8-Mavzu. Elektron jadvallar bilan ishlashning zamonaviy vositalari. (2 soat) 1. MS Excel-elektron jadval bilan ishlashda zamonaviy vosita sifatida. Dasturiy vositaning asosiy imkoniyatlari. 2. Yacheyka nomi va turlari. Yacheyka va formulalarni nusxasi. Taxrirlash. 3. Funktsiyalar ustasi. Saralash va filtrlash. 4. Diagrammalar ustasi. Jadvallarni yakuniy shakllari. CHop etish. 5. Muayyan fan tarmoqlarida MS Excel ni qo‘llash. Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma‟lumotlar Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta‘minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft office paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi Excel dasturidir. Excel WINDOWS operatsion qobig‗i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo‘ljallangan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo‗ljallangan bo‗lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‗yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o‗rganish muxim ahamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan Excel bilan ishlay olish ko‗nikmasiga ega bo‗lish talab etiladi. Inson o‗z ish faoliyati davomida ko‗pincha biror kerakli ma‘lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba‘zida esa, murakkab bo‗lgan ishlarini bajarishga majbur bo‗ladi. Microsoft Excel dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir. Microsoft Excel elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro‗zg‗or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling