Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi Reja: aatning rivojlanish bosqichlari
Download 229.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza 6 (1)
4.bosqich. 1980-yillarni o„z ichiga olgan bu bosqichda strategik axborot tizimlari,
avtomat- lashtirilgan tizimlar vujudga keldi, ulardan firma va korxonalarni bankrot holatdan saqlash maqsadida keng foydalanila boshlandi. Raqobatbardosh strategik axborot resurslari axborotdan foydalanishning yangi konsepsiyasi sifatida o„zini namoyish etdi. 5.bosqich. Bu davr 1990-yillarga to„g„ri keldi. Bunda telekommunikatsiya, lokal, korporativ va global kompyuter tarmoqlaridan samarali foydalanish hisobiga axborotni qayta ishlash sohasida bir qator qulay imtiyozlar vujudga keldi, shuningdek, avtomatlashtirilgan ofislar yaratildi. 6.bosqich. (XXI asrning boshlanishi). Bu bosqichdagi yutuqlar asrimizning eng ilg„or texnologiyalari bilan xarakterlanadi. Sun‟iy intellekt va ekspert sistemalar sohasidagi yangi yutuqlar, mobil texnologiyalarning tobora rivojlanib borishi, geoinformatsion va kognitiv axborot texnologiyalarining yuksalishib borayotganligi bu bosqichning markaziy o„zagini tashkil etadi. 1. Zamonaviy AATga misollar. Eng ko„p tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ishida axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni to„plash va uni kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) inson ishtirok etadi. Inson AATning tashqi muhit tomonidagi sherigi hisoblanadi va chiqadigan axborot tizimi aynan unga mo„ljallangandir. AATda barcha jarayonlar inson ishtirokisiz o„tadi. Odatda, avtomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan, obyektlar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi. Avtomatlashgan tizimlarning “sheriklari” robotlar, dastur vositasida boshqariladigan stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish obyektlari va boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror- bir fizik kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo„ljallangan ko„plab axborot-ma‟lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so„rovlarini qondirish uchun yo„naltirilgan. Bunday tizimlarning o„ziga xos xususiyati shundaki, ularda so„rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o„ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Aeroflot va temiryo„l transportida joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborot-ma‟lumot tizimi uchun misol bo„lib xizmat qiladi. Bu tizimlar operativ tizimlarning tipik misoli ham bo„la oladi, chunki tizimga deyarli har bir murojaat qilish axborot fondining joriy holati o„zgarishiga olib keladi (joylar band qilinadi, yangi reyslar qo„shiladi va hk.). Axborot-ma‟lumot tizimi so„rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida saqlanayotgan ma‟lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular axborot-qidiruv tizimlari (AQT) hamdir. Biznesda ishlatiladigan quyidagi axborot tizimlar turlari mavjud: elektron tijorat tizimlari; tranzaksiyalarni qayta ishlash (processing) tizimlari; boshqaruv axborot tizimlari; qarorlarni qabul qilishni qo„llab-quvvatlash tizimlari va hk. Undan tashqari ba‟zi tashkilotlar maxsus-maqsadli tizimlarni ishlatadilar: sun‟iy intellekt; ekspert tizimlar; virtual voqelik va boshqalar. Elektron tijorat – axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko„rsatish bo„yicha tadbirkorlik faoliyati bo„lib, uni to„rt yo„nalishga ajratish qabul qilingan: biznes biznesga (busines-to-business, B2B); biznes iste‟molchiga (business-to-consumer, B2C); biznes ma‟muriyatga (business-to-administration, B2A); iste‟molchi ma‟muriyatga (consumer-to-administration,C2A). Shuningdek, keyingi vaqtda elektron tijoratning quyidagi modellari ham rivoj topmoqda: iste‟molchi iste‟molchiga (consumer-to-consumer, C2C) iste‟molchi biznesga (consumer-to-business, C2B). Download 229.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling