AMALIY MASHG‘ULOT №3 Yarim o‘tkazgichli diodlar
Yarim o‘tkazgichli diod yarim o‘tkazgichning kristali hisoblanib, unda
texnologik usullardan biri qo’llanilib, elektrik p-n - o‘tish hosil qilingan. Kristalda bu
p-n - o‘tishni hosil qilgan ikki soha chegaralariga tok o‘tkazuvchi simlardan
tayyorlangan chiqqichlar eritib yoki kavsharlab ulanadi. Diodning hamma sistemasi
shisha, metall, sopol yoki maxsus presslangan smoladan tayyorlangan korpusga
joylashtiriladi. p-n o‘tishning konstruksiyasiga qarab yarim o‘tkazgichli diodlar
nuqtaviy kontaktli va yassi diodlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |