Avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi
AMALIY MASHG‘ULOT № 5 Kuchaytirgich elementlarining ish rejimlari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliyot elektronika
AMALIY MASHG‘ULOT № 5 Kuchaytirgich elementlarining ish rejimlari.
Rezistorli kuchaytirgichlar Past elektr signallarni radio lampalar yoki tranzistorlar yordamida ma’lum chegaralargacha kuchaytirish uchun mo’ljallangan qurilmalarga kuchaytirgichlar deb aytiladi. Kuchaytirgichlar quyidagi asosiy belgilariga ko’ra klassifikatsiyalanadi: a)
kuchaytirgich elementining tipi; b)
kuchaytiriladigan signallar chastotalarining diapazoni; v)
kuchaytirgich sxemasining vazifasi; g)
kuchaytirgich sxemasining tuzilishi va boshqalar. Kuchaytirgichda ishlatiladigan kuchaytirish elementining tipiga ko’ra lampali va tranzistorli kuchaytirgichlar bo’linadi. Kuchaytiriladigan signallar chastotalarining diapazoniga ko’ra past chastotali kuchaytirgichlar, yuqori chastotali kuchaytirgichlar, radiochastotali kuchaytirgichlar va hokazolarga bo’linadi. Past chastotali kuchaytirgichlar (PCHK) chastotalari 0 dan 20 000 Gs gacha diapazonda, ya’ni chastotalarning tovush spektrida bo’lgan elektr signallarini kuchaytirish uchun mo’ljallangan. YUqori chastotali kuchaytirgichlar (YUCHK) chastotalari 20 000 Gs dan ortiq elektr signallarni, ya’ni radiochastotasidagi signallarni kuchaytiradi. Oraliq chastotali kuchaytirgichlar (OCHK) chastotalarining spektri yuqori va pastki chastotalarning shartli oraligida bo‘lgan signallarni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Polosali kuchaytirgichlar past polosalar chastotasidan (f p ) yuqori polosalar chastotasi (f yu ) gacha bo’lgan polosadagi (Af) signallarni kuchaytirishda ishlatiladi (23-rasm). Agar kuchaytirilayotgan signallar chastotalarining polosalari yetarli katta bo’lsa (1 mGs dan ortiq), ularni keng polosali kuchaytirgichlar deyiladi. Bajaradigan vazifalari bo’yicha kuchlanish kuchaytirgichlari, tok kuchaytirgichlari va quvvat kuchaytirgichlariga bo’linadi. Sxemasining tuzilishi bo’yicha rezistorli, transformatorli, rezonans konturli va drosselli kuchaytirgichlar bo’ladi. Kuchaytirgichlarni biz sxemasining tuzilishlari bo’yicha farqlaymiz. Kuchaytirgichlar ishini quyidagi asosiy texnik ko’rsatkichlar xarakterlaydi: kuchaytirish koeffitsienti, kirish va chiqish parametrlari, o’tkazish polosasi, signallarning buzilishi va kuchaytirgichning foydali ish koeffitsienti. Kuchaytirish koeffitsienti (K) kuchaytirgichning vazifasiga qarab tok, kuchlanish va quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsientlari farqlanadi. Tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti (K
) son jihatidan kuchay-tirish chiqish zanjiridagi tok kattaligining uning kirishidagi tok kattaligiga bo’lgan nisbatiga teng: 1
/ chiq kir K I I
Kuchlanish bo’yicha kuchaytirish (K i ) son jihatidan kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanishning kirish signali kuchlanishiga bo’lgan nisbatiga teng: chiq kir
/ p K U U
Quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti (K r ), kuchaytirgich chiqishidagi foydali quvvatning kuchaytirgich kirishiga keltirilgan quvvatga bo’lgan nisbatiga teng: chiq
kir
/ R K R P
Kuchaytirgichning kirish va chiqishidagi parametrlar. Ularga krish va chiqish kuchlanishlari (U chiq
kir
) yoki toklarning (I chiq , I kir ), shuningdek, kuchaytirgich kirish va chiqish qarshiliklarining (Z kir
, Z chiq
) nominal qiymatlari kiradi. O’tkazish polosasi (Af) kuchaytirish koeffitsienti U2 dan ko’p martaba (0,707) o’zgarmaydigan chegaralarda chastotalarning kuchaytirilish diapazoni (qismi) ni ko’rsatadi (23- rasm).
Signallarning buzilishi. Kuchaytirgich tomonidan signallarning buzilish holatining yuzaga kelishi sxemadan signalning o’tish jarayonida uning shaklining o’zgarishini xarakterlaydi. Nochiziqli, chastotali vafazaviy buzilishlar bir-biridan farq
qiladi. Nochiziqli buzilishlarning sababi,
sxema elementlari xarakteristikalarining nochiziqli bo’lishligidandir (radiolampa, tranzistor, transformator). Ular volt-amper xarakteristikalarida nochiziqli qismlarga ega bo’ladi va buning natijasida chiqish signali shaklining kirishga berilgan signalga nisbatan noproporsional o’zgarishi ro’y beradi.
Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling