Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana08.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1342638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tajriba O\'AK (4)

 
 
 
 


KIRISH 
 
Texnologiyalar sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar xalq xo‘jaligining texnik 
taraqqiyoti, mustaqil mamlakatimizning iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirish, 
shuningdek, aholining turmush faravonligini uchun birinchi darajali ahamiyatga 
ega bo‘lgan sanoatni yaratishga asos buladi. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish - texnika taraqqiyotining 
asosiy yo‘nalishlaridan biri bulib, u ishlab chiqarish samaradorligini mutassil 
oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, xarajatlarini kamaytirish, 
mehnat sharoitlarini yahshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta‘minlash va atrof-
muhitni himoya qilish uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. 
Avtomatlashtirish ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani 
rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Bundan tashqari
avtomatlashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori 
intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma‘lum bo‘lmagan yangi, 
samarali materiallarni yaratishga imkon beradi. 
Sanoatni avtomatlashtirishning ahvoli va istiqbollarini baxolashda faqat 
avtomatik boshqarish tizimlari va avtomatikaning texnik vositalari tavsifnomasi 
bilangina cheklanib qolmasdan, balki, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, 
boshqarishning tizim va vositalarini tashkil etishning hamda iqtisodining o‘zaro 
shartlashilgan muammolari keng qamrovda qarab chiqilishi kerak. Bunda 
avtomatlashtirishning 
uzluksiz 
rivojlanuvchi 
jarayon 
ekanligini,u 
ishlab 
chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan 
uzviy bog‘langanligini ham hisobga olish kerak. Ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va 
yordamchi 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
mexanizatsiyalash hisoblanadi. 
Avtomatlashtirishni rivojlantirish dinamikasiga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va 
tasodifiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda 
avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, chala mahsulotlar va energetik 
resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va 
mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va xokazo. 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling