Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana08.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1342638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Tajriba O\'AK (4)

SHudring nuqtasi usuli yoki gazlarning namligini kondensatsion usul 
bo‗yicha o‗lchash quyidagi bog‗lanishga asoslangan: 
t
P
P



. (6.56) 
bu erda, R
τ
 — shudring nuqtasining τ - haroratida bug‘ning elastikligi, Pa; 
P
τ
 —to‘yingan bug‘ning t haroratdagi elastikligi, Pa. 
6.49 – rasm. Elektrpsixrometrning sxemasi 


SHunday qilib, shudring nuqtasini va tekshirilayotgan gazning haroratini 
bilsak, nisbiy namlikni aniqlash mumkin. SHudring nuqtasi usuli katta qulaylikka 
ega, chunki u namlikni gazning istalgan bosimi sharoitida o‗lchashga imkon beradi 
(10...15 mPa va undan ortiq). Bu usul bo‗yicha namlikni o‗lchash haroratni 
o‗lchashdan iborat. SHu usul bo‗yicha o‗lchash asbobining tuzilishi 6.50-rasmda
ko‗rsatilgan. 
Tekshirilayotgan gaz yoki 
havo kanal 1 orqali quvur 4 dan 
keladigan 
sovuq 
havo 
bilan 
sovitiladigan ko‗zgu 2 gacha keladi. 
Sezgir element ko‗zgucha sirtiga 
kichik 
inersiyali 
termojuft 

o‗rnatilgan, unga millivoltmetr 6 
ulangan. Ko‗zguchada shudring 
paydo 
bo‗lish 
payti 
fotorele 
sxemasi 
bo‗yicha 
ulangan 
fotoelement 8 yordamida qayd 
qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 
tutashib, 
millivoltmetr 
ulanadi 
hamda 
ko‗zgucha 
haroratini 
o‗lchaydi. Ayni bir vaqtda havo 
isitgich 5 ning elektr qizdirish elementi ulanadi, bu element ko‗zgucha qizib, 
ravshanlanguncha ulangan holda turadi. Ko‗zgucha sirtidagi shudring batamom 
bug‗langanda isitgich uziladi va ko‗zgucha isiydi. SHunday qilib, o‗lchash jarayoni 
takrorlanib turadi. 
Bu asboblarning bir qancha tuzilishlari bor. Ular bir-biridan sezgir elementni 
sovitish, kondensatsiya paytini qayd etish, shudring paydo bo‗lish haroratini 
o‗lchash usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o‗lchagichlar 
murakkab tuzilishga ega bo‗lib, ishlatishda katta malaka va e‘tiborni talab qiladi. 
SHuning uchun bu asboblar boshqa usullarni qo‗llab bo‗lmagan hollardagina 
ishlatiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling