Avtomatlashtirsh va boshqaruv


Gigrometrik nam o„lchagichlarda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana08.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1342638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Tajriba O\'AK (4)

Gigrometrik nam o„lchagichlarda sezgir element o‗lchanayotgan gaz bilan 
gigrometrik muvozanatda turishi kerak. Texnik o‗lchashlar amaliyotida 
gigrometrik o‗zgartkichlarning quyidagi turlari tarqalgan: elektrolitik, qizdirishli 
elektrolitik va sorbsion. Elektrolitik gigrometrlarda o‗lchash o‗zgartkichida 
elektrolitli namga sezgir element bo‗ladi. Gazning namligi o‗zgarganda bu 
elementdagi nam miqdori o‗zgaradi, natijada elektrolitning konsentratsiyasi hamda 
tegishlicha uning qarshiligi yoki elektr o‗tkazuvchanligi o‗zgaradi. Elektrolit 
sifatida, ko‗pincha, litiy xlorid ishlatiladi. Elektrolitik gigrometrlarning o‗lchash 
RasmKondensatsion namlik o„lchagichning 
tuzilish sxemasi. 


sxemalari ko‗prikli o‗lchash sxemalarining turli variantlaridan iborat bo‗ladi. 
Elektrolitik gigrometrlarning kamchiligiga ularning darajalanish tavsiflarining 
noturg‗unligini, shuningdek, ularning ko‗rsatishiga haroratning va eritma 
konsentratsiyasining ta‘sirini kiritish mumkin. 
Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‗lib, amalda ham 
past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‗rishga to‗g‗ri keladi. Jismiing harorati 
molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‗ladigan ichki kinetik energiyasi bilan 
belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xaraktzerlanadi. Haroratni o‗lchash 
amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma'lum bo‗lgan ikki .jismning 
qizdirilishini taqqoslash yordamidagina mumkin bo‗ladi. Jismlarning qizdirilganlik 
darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‗liq bo‗lgan va osongina 
o‗lchanadigan fizik xossalaridan birortasini o‗zgartirishdan foydalaniladi. 
Molekulalarning o‗rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi 
bog‗lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
T
K
E


2
3
(4.1) 
bu yerda, K. — 1,380·10-23 J·K-1, — Bolsman doimiysi; T — jismning mutlaq 
harorati, 
0
K. 
Xalqaro amaliy shkala bo‗yicha o‗lchanadigan harorat t harfi bilan, sonli 
qiymati esa °S belgisi bilan ifodalanadi. Mutlaq termodinamik shkala bo‗yicha 
ifodalangan harorat bilan shu haroratning xalqaro shkala bo‗yicha ifodasi orasidagi 
munosabat quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
T=t+273,15 (4.5) 
bu yerda, T — mutlaq termodinamik shkaladagi 0K harorat; t — xalqaro amaliy 
shkaladagi °S harorat. 
Angliya va AQSh da 1715 yilda taklif qilingan Farengeyt shkalasi (°S) 
qo‗llanadi. Bu shkalada ikki nuqta: muzning erish nuqtasi (32° S) va suvning 
qaynash niqtasi (212° S) asos qilib olingan. Xalqaro amaliy shkala, mutlaq 
termodinamik shkala va Farengeyt shkalasi bo‗yicha hisoblangan harorat 
munosabati quyidagicha: 
t
0
C=T
0
K-273,15=0,556(n
0
F-32) (4.6) 
bu yerda, n — Farengeyt shkalasi bo‗yicha graduslar soni. 
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi asbob ichiga solingan 
termometr suyukligining hajmi harorat ko‗tarilishi yoki pasayishida o‗zgarishiga 
asoslangan. Suyuqlikli termometrlar -200°S dan +750°S gacha oraliqdagi haroratni 
o‗lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi 
yetarli darajada yuqori va arzon bo‗lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng 


tarqalgan. Shisha termometrlarning suyukligi sifatida simob, toluol, etil spirt 
(etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling