Avtomatlashtirsh va boshqaruv
Gigrometrik nam o„lchagichlarda
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tajriba O\'AK (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kondensatsion namlik o„lchagichning tuzilish sxemasi.
Gigrometrik nam o„lchagichlarda sezgir element o‗lchanayotgan gaz bilan
gigrometrik muvozanatda turishi kerak. Texnik o‗lchashlar amaliyotida gigrometrik o‗zgartkichlarning quyidagi turlari tarqalgan: elektrolitik, qizdirishli elektrolitik va sorbsion. Elektrolitik gigrometrlarda o‗lchash o‗zgartkichida elektrolitli namga sezgir element bo‗ladi. Gazning namligi o‗zgarganda bu elementdagi nam miqdori o‗zgaradi, natijada elektrolitning konsentratsiyasi hamda tegishlicha uning qarshiligi yoki elektr o‗tkazuvchanligi o‗zgaradi. Elektrolit sifatida, ko‗pincha, litiy xlorid ishlatiladi. Elektrolitik gigrometrlarning o‗lchash Rasm. Kondensatsion namlik o„lchagichning tuzilish sxemasi. sxemalari ko‗prikli o‗lchash sxemalarining turli variantlaridan iborat bo‗ladi. Elektrolitik gigrometrlarning kamchiligiga ularning darajalanish tavsiflarining noturg‗unligini, shuningdek, ularning ko‗rsatishiga haroratning va eritma konsentratsiyasining ta‘sirini kiritish mumkin. Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‗lib, amalda ham past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‗rishga to‗g‗ri keladi. Jismiing harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‗ladigan ichki kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xaraktzerlanadi. Haroratni o‗lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma'lum bo‗lgan ikki .jismning qizdirilishini taqqoslash yordamidagina mumkin bo‗ladi. Jismlarning qizdirilganlik darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‗liq bo‗lgan va osongina o‗lchanadigan fizik xossalaridan birortasini o‗zgartirishdan foydalaniladi. Molekulalarning o‗rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi bog‗lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: T K E 2 3 (4.1) bu yerda, K. — 1,380·10-23 J·K-1, — Bolsman doimiysi; T — jismning mutlaq harorati, 0 K. Xalqaro amaliy shkala bo‗yicha o‗lchanadigan harorat t harfi bilan, sonli qiymati esa °S belgisi bilan ifodalanadi. Mutlaq termodinamik shkala bo‗yicha ifodalangan harorat bilan shu haroratning xalqaro shkala bo‗yicha ifodasi orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: T=t+273,15 (4.5) bu yerda, T — mutlaq termodinamik shkaladagi 0K harorat; t — xalqaro amaliy shkaladagi °S harorat. Angliya va AQSh da 1715 yilda taklif qilingan Farengeyt shkalasi (°S) qo‗llanadi. Bu shkalada ikki nuqta: muzning erish nuqtasi (32° S) va suvning qaynash niqtasi (212° S) asos qilib olingan. Xalqaro amaliy shkala, mutlaq termodinamik shkala va Farengeyt shkalasi bo‗yicha hisoblangan harorat munosabati quyidagicha: t 0 C=T 0 K-273,15=0,556(n 0 F-32) (4.6) bu yerda, n — Farengeyt shkalasi bo‗yicha graduslar soni. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi asbob ichiga solingan termometr suyukligining hajmi harorat ko‗tarilishi yoki pasayishida o‗zgarishiga asoslangan. Suyuqlikli termometrlar -200°S dan +750°S gacha oraliqdagi haroratni o‗lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo‗lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Shisha termometrlarning suyukligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling