Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy vazifasi


Download 341 Kb.
bet56/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy vazifasi
Jismoniy tayyorgarlik jangovar tayyorgarlikning asosiy predmetlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibining harbiy ta’lim berishdagi zaruriy ajralmas qismidir. Jismoniy tayyorgarlikning maqsadi — harbiy xizmatchilarning jangovarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash, shuningdek, ularning ta’lim olishi va tarbiyala-nishidagi boshqa vazifalarning yechimiga imkon beradi.

Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy vazifasi quyidagilardan iborat:

bardoshlik, kuchlilik, chaqqonlik va epchillik xislatlarini doimiy rivojlantirish va takomillashtirish, yalanglik hududlarda piyoda tartibda harakatlanishni, to‘siqlardan o‘tish, qo‘l jangi va harbiy amaliy suzish mahoratlarini egallash.

Jismoniy tayyorgarlik faoliyatida nazariy va tashkiliy-uslubiy bilimlar shakllanadi. Jismoniy tayyorgarlik shaxsiy tarkibning g‘oyaviy-ruhiy sifatlari va harbiy bo‘linmalarning jangovarlik shuhratini takomillashtiradi. Jismoniy tayyorgarlikning asosiy turlari jismoniy mashqlar hisoblanadi. Bular tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan faol foydalanish, gigiyena talablariga amal qilingan holda majburiy bajariladi.

Jismoniy tayyorgarlik quyidagi asoslarda o‘tkaziladi: o‘quv mashg‘u-lotlarda, ertalabki badantarbiyada, o‘quv jangovar tayyorgarlikni oshirish jarayonidagi jismoniy mashg‘ulotlarda, ommaviy sport ishlarida. Jismo-niy tayyorgarlik Qurolli Kuchlarning turli qo‘shinlari va maxsus qo‘-shinlarda jangovarlikni qo‘llash fazilatlarini hisobga olib takomillashtirilgan holatda o‘tkaziladi hamda maxsus yo‘nalishlarga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 271-sonli qarori hamda Oliy Kengashning 1992-yil 14-yanvardagi sessiyasida «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivoj-lantirish maqsadida bu Qonunga Oliy Majlisning 2000-yil 26-maydagi sessiyasida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.




Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling