Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi
Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar
Download 341 Kb.
|
CHQBT dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars usuli
Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar: “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”darsligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent 2009 yil.
Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish, umumlashtirish, o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil qilish va nazorat qilish. Dars usuli: Ananaviy I.Darsni tashkil etish: a) salomlashish b) davomatni aniqlash. s) o’quvchilarni darsga jalb qilish Nazorat ishi savollari V. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholash. Foydalanilgan adabiyotlar. O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”darsligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent 2009 yil. HARBIY ATAMALAR
Armiya— fransuzcha, lotincha «armee»so‘zidan olinib, qurollantirish ma’nosini bildiradi. Biron-bir mamlakatning Qurolli Kuchlari majmuasiga armiya deyiladi. Tor ma’noda quruqlikdagi qo‘shinlarni ham armiya deyishadi. Armiyaning yana bir necha sifat va talqinlari bor. Masalan, harakatdagi armiya, bu — bevosita jang maydonlarida qatnashayotgan qo‘shinga nisbatan aytiladi. Yana bir ma’nosi —bir yoki bir necha qo‘shin turlari birikmasidan (umumqo‘shin, havo va h.k.) tashkil topgan, yirik harbiy operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tezkor qo‘shinlar birlashmasi ham armiya deyiladi. 2. Harbiy doktrina —mudofaa doktrinasi. Harbiy qurilishning yo‘nalishini, mamlakat va Qurolli Kuchlarning urushga tayyorgarligi, urush olib borish yo‘llarini belgilovchi rasmiy qarashlar va qoidalar tizimidir. 3. Qurolli Kuchlar— davlatning yoki bir guruh davlatlarning harbiy tashkiloti va u siyosiy hokimiyatning muhim omili. Qurolli Kuchlarning maqsad va vazifalari davlat siyosatining Mudofaa vazirligi — respublika Qurolli Kuchlarining davlat boshqaruvi idorasi hisoblanadi. 4. Milliy xavfsizlik— inson, jamiyat va davlat, ya’ni ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida xavfsizlikni ta’minlash tushuniladi. 5. Plats— harbiy saf mashqlari, ko‘riklar va paradlar o‘tkaziladigan maydon. 6. Kazarma— italyancha «caserma»so‘zidan olingan bo‘lib, harbiy qism shaxsiy tarkibi joylashtiriladigan bino ma’nosini anglatadi. 7. BMP (boyevaya mashina pexoti) — piyodalar jangovar mashinasi. 8. BTR (bronetransportyor) — zirhlangan g‘ildirakli jangovar mashina. 9. Ataka (hamla) — qattiq (shiddatli) hujum. 10. Kumulativ— kuchli ta’sir etuvchi naryatdagi yoki granatadagi modda (zaryad). 11. Ekipaj— kema, samolyot, tank jamoasining shaxsiy tarkibi. 12. Okop— o‘ra, xandaq. 13. Fugas— portlovchi moddaning zaryadi. 14. Apparel— tuynuk va o‘raga tushish yo‘lagi. 15. Artilleriya quroli— to‘p, zambarak. 16. Zapal— pilta, granata, mina piltasi. 17. Zatvor— qulf (otish qurolining qulflovchi mexanizmi). 18. Manyovr— jang maydonida qo‘shinlarning dushmanga zarba berish uchun qulay vaziyat olish maqsadidagi harakati.
Download 341 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling