Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Download 341 Kb.
bet55/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

III. Yangi mavzu bayoni.

Reja: 1) Tarixiy harbiy dostonlar va ajdodlar o’gitlari.

2) Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi umumiy vazifasi.

3) Sportchilarimiz erishgan natijalar

Tarixiy harbiy dostonlar va ajdodlar o’gitlari.

Hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan ajdod-avlodlarimiz turli harakatli o‘yinlar, ot o‘yinlari, kurash, dorbozlik, otda poyga, yuk (tosh) ko‘tarish va boshqa ko‘pgina faoliyatlar bilan to‘ylar, bayramlar, milliy marosimlarda qatnashib kelgan. Maxsus maktab yoki o‘rgatadigan uyushmalar bo‘lmasa-da, ular xalq orasida qo‘llanilib kelindi. Aholini, ayniqsa, yosh avlodni jismoniy tarbiyalash, ularni mehnat va mudofaaga qurbi yetadigan darajada kamolotga erishtirish o‘tgan davrlardan amalga oshirilgan. Oilada bolalarni jismoniy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, to‘g‘ri tarbiyalashga jiddiy e’tibor berish o‘zbek xalqining qadimgi ajdodlariga borib taqaladi. «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi o‘nlab dostonlar, «Alpomish», «Qirq qiz» kabi dostonlardagi qahramonlar buning isbotidir. Shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temur tuzuklari va Zahiriddin Muhammad Boburning asarlari bebaho ilmiy va badiiy manbalarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, kurash, otda poyga va boshqa murakkab harbiy amaliy kuch sinash mashqlarini bajarish har bir inson uchun zarurligi ifodalangan.

Amir Temur ta’rificha, «Ishbilarmon lashkarboshi o‘zini va to‘qqiz sipohiy favji (askari)ni bir tandek ko‘rib, ularni qo‘l-oyog‘i, bosh, ko‘kragi va boshqa a’zolarini ishlatib kurashuvchi bir pahlavondek hisoblasin». Bu, o‘z navbatida, jangovarlik va chiniqish ilmini o‘rgatishdan iboratdir.


Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling