Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Dars usuli: Ananaviy I.Darsni tashkil etish


Download 341 Kb.
bet75/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Dars usuli: Ananaviy

I.Darsni tashkil etish: a) salomlashish

b) davomatni aniqlash.

s) o’quvchilarni darsga jalb qilish

d) siyosiy daqiqa

Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash).

  1. Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.

O’tgan mavzu bo’yicha konspekt

  1. O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob

o’tkaziladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish.

Reja: 1) Granatani uloqtirish.

2) Turli holatlarda granata uloqtirish texnikasini o‘rganish.

3) Yotgan holda granatani uloqtirish.

Granatani uloqtirish.
Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, boshlovchi dastakni granata korpusiga qadab, barmoqlar bilan qisiladi. Dastakni qo‘yib yubormagan holda halqani qo‘riqlash chekidan uzib, granatani ko‘zlangan nishonga uloqtiriladi. Halqani uzib olishda, zapal qism holatlari almashmaydi. Zarbdor yo‘naltiruvchi holatidan boshlovchi dastak qolishida zarbdor mexanizm trubkasi birlashishi bilan ajralib qoladi, lekin qo‘l barmoqlari bilan qisib olinadi. Granatani uloqtirish vaqtida boshlovchi dastak granatadan bo‘linib, zarbdor bo‘shab qoladi.

Zarbdor mexanizm jangovar prujina yordamida harakatlanib, pistonni harakatlantiradi va uni tutashtirib yuboradi. Alanga uchqunlari pistonni alangalatish yo‘li bilan alangani kuchaytiradi va undan piston portlagichga ulanadi. Piston kuchli alangalanib, granatani alangalatuvchi zaryadning portlashiga olib keladi. Granata korpusi ko‘tarilib, portlashida parchalar turli tomonlarga tarqaladi.

Granatalarni uloqtirish va joylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: uloqtirishgacha tayyorlash hamda granatani uloqtirish. O‘quv mashg‘ulotlarida jangovar granatani uloqtirish paytida po‘lat shlem kiyish tavsiya qilinadi.

Granatalarni oqlash «Granatalar tayyorlansin» komandasi orqali amalga oshiriladi. Jang vaqtida esa mustaqil harakat qilinadi.

Granatani o‘qlash uchun granatalar saqlanadigan sumkadan granatani chap qo‘l bilan olib, o‘ng qo‘lda korpus trubkasini burab, qopqoq chiqarib olinadi. So‘ngra granatani chap qo‘lda ushlab, o‘ng qo‘l bilan sumkadan zapal olinadi. Zapal markazdagi trubkaga aylantirilib, oxirigacha qotirib buralgandan keyin granata otishga tayyor bo‘ladi.



Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling