Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 65–70S va to'la ochilishida 80–85S bo'ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur. - Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 65–70S va to'la ochilishida 80–85S bo'ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur.
- Sovutish tizimi bo'yicha sozlash ishlari, ventelyator tasmasini me'yorigacha tortish, shlangalar birikkan joylarini qotirish, kerak bo'lsa, suv nasosi salnigini o'zgartirish va tizimni nakipdan tozalashdan iborat. Tizim 0.02-0.03 MPa bosim ostida suv yoki aralashma yordamida yuviladi. Tizimning yuvish yo'nalishi, sovitish jarayoniga qarama-qarshi yo'nalishda amalga oshiriladi.
- Hakip issiqlik almashtirish jarayonini yomonlashtiradi. Ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki, 1 mm nakip sovutish intensivligini 25%ga, quvvatni 6%ga kamayishiga va yoqilg'i sarfini 5%ga oshishiga olib keladi.
- Hakip ximiyaviy aralashmalar yordamida yuviladi. Sovutish tizimini sulfat kislotasining yumshatgichlari va ko'pik tindirgichlar aralashmasida yuvish yuqori samara beradi. Aralashma tizimga to'ldirilib 10-15 minut dvigatel ishlatiladi va 60S haroratda to'kiladi, keyin issiq suv bilan chayqaladi. Kislotani qoldiqlarini neytrallash uchun chayqovchi suvga neytrilizator qo'shiladi (soda, 2 xromli kaliy)
- TIKO va DAMAS rusumli avtomobillarda sovutish tizimiga TXKda tizimdagi sovutish suyuqligining satxi tekshiriladi (dvigatelning sovuq holatida), uning satxi "FULL" va "LOW" belgilarining oralig'ida bo'lishi zarur. Agar satx "LOW" belgisidan pastda bo'lsa, suyuqlik satxi me'yoriga keltiriladi.
- NEKSIYA va ESPERO avtomobillarida suyuqlik satxi "COLD" belgisidan yuqorida bo'lishi kerak.
- Sovutish tizimidagi suyuqlik dvigatelni me'yoriy issiqlik rejimida ushlab turadi va zanglashni oldini oladi. Shuning uchun suyuqlik satxi pasaygan taqdirda mutlaqo suv quyish mumkin emas. Tizimdagi suyuqlik 2 yilda almashtirib turiladi.
- Sovutish tizimi bo'yicha ta'mirlash ishlari diagnostika natijalariga ko'ra bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |