Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi
Download 102 Kb.
|
34.Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. SHinalarni shikastlanishi va muddatidan ilgari yeyilishi sabablari. SHinalar yeyilishini o`ziga xos turlari.
- YUrish qismiga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash Rama va o`qlarning texnik holatinn tekshirish.
Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi Reja: 1. Transport tvositalari yurish qismi mexanizmlari, old osmalar bo`yicha nazorat-diagnostika va sozlash ishlari texnologiyasi.. 2. Transport vositalarini shinalari konstruktsiya si va ularni ishlab chiqarish bo`yicha asosiy ma`lumotlar. 3. SHinalarni shikastlanishi va muddatidan ilgari yeyilishi sabablari. SHinalar yeyilishini o`ziga xos turlari. 4. SHinalarga TXK va T ishlari texnologiyasi. 5. SHinalarga TXK va T jarayonida mehnat xavfsizligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Yurish qismi va old osmalarni tuzilishi. Yurish qismi va old osmalarni asosiy nosozlik va buzilishlari. Uyrish qismi va old osmalarni nazorat qilish, diagnostikadan o`tkazish va sozlash ishlari. Yurish qismi va old osmalarga TXK va T ishlari texnologiyasi. Shinalarni konstruktsiyasi va va ularni ishlab chiqarish. Shinalarni shikastlanishi va muddatidan ilgari ishdan chiqish sabablari. Shinalarni yeyilish turlari. Shinalarga TXK va T ishlari texnologiyasi. YUrish qismiga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash Rama va o`qlarning texnik holatinn tekshirish. YUrish qismining texnik holatiga ma`lum sharoitlarda (transmissiya va boshqarish organlarining holati, yo`l qoplamasi va holati, avtomobil yuklamasi va yukning joylashishi) avtomobilning o`z inertsiyasi bo`yicha harakatlanish yo`lining uzunligi va to`g`ri chiziqligiga qarab baho beriladi. Harakat yo`lining uzunligi agregatlarning texnik holatiga ham, ularning o`zaro joylashishiga qarab ham aniqlanadi. Ramaning geometrik shakli transmissiya agregatlarining old ketingi ko’priklarning; shuningdek kuzovning o`zaro joylashishiga katta ta`sir koprsatadi. Ishlatish jarayonida rama elementlarining birikmalari bo`shashi, deformatsiya va darzlar paydo bo`lishi mumkin. Bo`shashib qolgan parchin mixlarni taqqillayotganda dirillagan tovushdan aniqlasa bo`ladi. Ramaning deformatsiyalanishi hamda darz ketganligi kopz bilan, shuningdek old va ketingi ressoralarning kronshteynlari orasidagi masofani andaza yordamida o`lchab yoki stendda o’tik usul bilan aniqlanadi. Ketingi ko’prikning qiyshayishi avtomobil to`g`ri chiziq bo`ylab yurayotganda yetakchi g`ildiraklarning yon tomonga sir’anishiga sabab bo`ladi. Bunda avtomobilning to`g`ri chiziq bo`ylab yurishi uchun old g`ildiraklar bir oz burchakka burilgan bo`lishi lozim, bu shinalarning yeyilishini tezlashtiradi, avtomobilning turg`unligi va boshqariluvchanligiga salbiy ta`sir etadi. Old o`qlar detallarining yeyilishi va birikmalarning bo`sha-shi oqibatida g`ildiraklarning yaqinlashuvi va og`ishi, shkvorenlarni o`rnatish burchaklari o`zgaradi hamda gupchaklarning podshipniklarida lyuft paydo bo`ladi. g’ildiraklarni o`rnatish burchaklari kopchma asboblar, mexanik yoki o’tik stendlar yordamida aniqlanadi. g’ildiraklar yaqinlashuvini aniqlash uchun chizg`ich ishlatiladi. CHizg`ich uzaytirgichni surib va uni fiksator bilan mahkamlab zarur uzunlikda uzaytiriladi. g’ildiraklarning yaqinlashuvini aniqlash uchun chizg`ich ular orasiga shunday qo`yiladiki, bunda konusli uchliklar g`ildiraklar aylanishi o`qlarining oldidan ‘okrishkalar yoniga taqalsin, ikkala zanjirchaning uchlari esa yer yuzasiga tegsin. CHizg`ich shu holatda prujina yordamida tutib turiladi. Koprsatkich shkalaning nol bo`linmasiga o`rnatilib, vint bilan qotirib qo`yiladi. So`ngra chizg`ich g`ildiraklar o`qi ketida bo`lib qoladigan qilib, zanjirchalarning uchlari esa avvalgidek yer yuziga tegadigan darajada avtomobil oldinga yurgiziladi va shkala bo`linmalariga qarab g`ildiraklar yaqinlashuvining kattaligi aniqlanadi. g’ildiraklarning og`ishini va shkvorenning bo`ylama va kopndalang og`ish burchagini tekshirish uchun maxsus asbob xizmat qiladi. Og`ish burchagini o`lchash uchun old g`ildiraklar avtomobilning to`g`ri chiziqli harakatlanishiga mos keladigan holatga keltiriladi va qisqich hamda vintlar yordamida asbob gupchakda pastki tomonini yuqoriga o`girib shunday o`rnatiladiki, asbobning pastki qismidagi sath pufakchalari chiziqchalar orasi markazida joylashgan bo`lsin. Keyin avtomobil g`ildiraklarini yarim aylanaga burib yurgiziladi va shkalali, pufakchalari nol bo`linma qarshisiga keltiriladi. Bu holatda g`ildiraklarning og`ish burchagi shkala bo`yicha aniqlanadi. SHkvorenning og`ish burchaklarini asbob bilan tekshirish uchun g`ildiraklar gradusli shkalasi bor burish doiralariga qo`yiladi va ularni 200 o`ngga burib tormozlanadi. Asbob korpusini ustunining sharsimon tayanchiga nisbatan burib, ikkala sath pufakchalarini shkalalar va nol bo`linmalarining qarshisiga o`rnatiladi. g`ildiraklarni shu kabi teskari tomonga 200 siljitib va ularni tormozlab to`xtatib, shkalalarga hamda qarab shkvorenning kopndalang va bo`ylama og`ish burchaklari aniqlanadi. Boshqariluvchi g`ildiraklarning o`rnatish burchaklarini tekshirishga mo`ljallangan mexanik stend qo`zg`aluvchan plitali platforma va asboblar bilan jihozlangan kolonkadan tashkil to’gan. Avtomobil bir g`ildiragi bilan platformaga, ikkinchisi bilan esa platforma bilan bir sathda o`rnatilgan postamentga chiqariladi. g’ildiraklarning yaqinlashuvi va og`ishidan hosil bo`lgai yonlama kuchlar ta`sirida qo`zg`aluvchan plita kopndalang yo`nalishda siljiydi. plitaning siljishi asboblar yordamida aniqlanadi. Ular g`ildiraklarning yaqinlashuvi va og`ish kattaligini koprsatadi. Ancha aniq o’tik stendlar mikrosko’ bilan ta`minlangan. Avtomobil g`ildiragiga kopzguli qaytargich o`rnatiladi va nurli dog` qaytargichdan siljish kattaligiga qarab mikrosko’ shkalasidan g`ildiraklarning o`rnatish burchaklari aniqlanadi. Gupchakninig podshipnigidagi o`q bo`ylab lyuft g`ildirakni osib qo`yib, aylanish tekisligiga ‘er’endikulyar yo`nalishda g`ildirakni tebrantirib, shuningdek qo`lda aylantirib aniqlanadi. Agar g`ildirak tig`iz aylansa va bu hol tormoz kolodkalarining baraban yuziga tegishi oqibatida bo`lmasa yoki g`ildirak tebratilganda tirqish borligi ayon bo`lsa, unda gupchak podshipniklarining mahkamligini rostlash zarur. Download 102 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling