Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi


Download 102 Kb.
bet5/6
Sana06.02.2023
Hajmi102 Kb.
#1170116
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
34.Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi

YArim o`qlarni tiklash. Egilish, flanetsning tepishi, kerish vtulkalari kirgiziladigan konussimon teshiklarning va shlits-larning qalinligi bo`yicha yeyilishi yarim o`qlarning asosiy nuk,-sonlaridir.
YArim o`qlar singan, darz ketgan yoki buralgan bo`lsa, ular yaroq- sizga chiqariladi. Egilgan yarim o`qlar qizdirilmay pressda to`g`rilanadi. Flanets ichki torets sirtining tepishi me`yoridan oshganda u tokarlik dastgohida qirqiladi.
Eyilgan konussimon teshiklar parmalab kengaytiriladi, suyuqlantirib qoplanadi, flanets toretslari ikki tomondan qirqiladi va ishchi chizmasidagi diametrda teshiklar parmalanadi, keyin ular zenkovkalanadi.
Eyilgan shlitslar flyus ostida suyuqlantirib qoplab tiklanadi. Suyuqlantirib qoplangach, yarim o`q tepishga tekshiriladi va zarur bo`lganda to`g`rilanadi. SHlitsli bo`yinlar yo`niladi, faska qilinadi va shlitslar frezalab ochiladi, so`ngra ularga termik ishlov beriladi.
Ketingi g`ildiraklar gupchaklarini tiklash. Qovurg`alardagi darzlar, tashqi va ichki ‘odshishnilarning tashqi halqalari o`rnatiladigan teshiklar hamda tashqi salnik ostidagi teshiklarning yeyilishi, yarim o`qni mahkamlash sh’ilkalari kirgiziladigan teshiklar rezbalarining yeyilishi gupchaklarning asosiy nuqsonlaridir.
Qovurg`alardagi darzlar yoy yordamida payvandlab bartaraf etiladi. Boshqa joylarda darzlar bo`lganda gupchak yaroqsizga chiqariladi.
podshipniklar o`tqaziladigan teshiklar tebranma yoy yordamida suyuqlantirib qoplab yoki QTD qo`yib, so`ng ishchi chizmasi o`lchamiga muvofiq yo`nib tiklanadi.
Rezba shikastlanganda ta`mir o`lchamli rezba ochiladi yoki burama o`rnatilib, so`ng ishchi chizmasiga muvofiq yangi rezba ochiladi.

Osmani ta`mirlash. Ressoralarni ta`mirlash. Bikrlikning yo`qolishi, varaqlardagi, xomutlardagi va xomutlarni mahkamlash parchin mixlaridagi siniqlar hamda darzlar, varaqlarning qalinligi bo`yicha va ressora quloqchasining vtulkasidagi teshiklarning yeyilishi ressoralarning asosiy nuqsonlaridir.


Koprsatilgan nuqsonlar bo`lganda ressora qismlarga ajratiladi. Ressora moslamaga yoki tiskiga mahkamlanib, markazlash bolti (ZIL avtomobillarida markazlash bolti yo`q) va taranglash xomutlari boltlarining gaykalari burab bo`shatiladi, boltlar chiqarib olinadi, kerish vtulkalari va taranglash xomutlari olinadi. Ressora moslama yoki tiskidan bo`shatilib varaqlab ajratiladi.
Singan va darz ketgan detallar, shuningdek yeyilib yupqalashgan detallar yangisiga almashtiriladi. bikrligini yo`qotgan yaroqli varaqlar yumshatiladi, egish moslamasida vannada egib toblanadi, bo`shatiladi va egilgan tomoniga ishlov beriladi.

Xulosa
Eyilgan vtulka yangisiga almashtiriladi va u chizmasi o`lchamiga Yurish qismi va old osmalarni tuzilishi. Yurish qismi va old osmalarni asosiy nosozlik va buzilishlari. Uyrish qismi va old osmalarni nazorat qilish, diagnostikadan o`tkazish va sozlash ishlari. Yurish qismi va old osmalarga TXK va T ishlari texnologiyasi. Shinalarni konstruktsiyasi va va ularni ishlab chiqarish. Shinalarni shikastlanishi va muddatidan ilgari ishdan chiqish sabablari. Shinalarni yeyilish turlari. Shinalarga TXK va T ishlari texnologiyasi.


Yurish qismining texnik holatiga ma`lum sharoitlarda (transmissiya va boshqarish organlarining holati, yo`l qoplamasi va holati, avtomobil yuklamasi va yukning joylashishi) avtomobilning o`z inertsiyasi bo`yicha harakatlanish yo`lining uzunligi va to`g`ri chiziqligiga qarab baho beriladi. Harakat yo`lining uzunligi agregatlarning texnik holatiga ham, ularning o`zaro joylashishiga qarab ham aniqlanadi.
Ramaning geometrik shakli transmissiya agregatlarining old ketingi ko’priklarning; shuningdek kuzovning o`zaro joylashishiga katta ta`sir koprsatadi. Ishlatish jarayonida rama elementlarining birikmalari bo`shashi, deformatsiya va darzlar paydo bo`lishi mumkin. Bo`shashib qolgan parchin mixlarni taqqillayotganda dirillagan tovushdan aniqlasa bo`ladi. Ramaning deformatsiyalanishi hamda darz ketganligi kopz bilan, shuningdek old va ketingi ressoralarning kronshteynlari orasidagi masofani andaza yordamida o`lchab yoki stendda o’tik usul bilan aniqlanadi.
Ketingi ko’prikning qiyshayishi avtomobil to`g`ri chiziq bo`ylab yurayotganda yetakchi g`ildiraklarning yon tomonga sir’anishiga sabab bo`ladi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling