Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi


Download 102 Kb.
bet4/6
Sana06.02.2023
Hajmi102 Kb.
#1170116
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
34.Yurish qismiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi

Old o`q balkasini tiklash. Balkaning asosiy nuqsonlari: balka egiladi va buraladi, ressora ostidagi maydoncha hamda shkvoren ostidagi bobishkalar balandligi bo`ylab yeyiladi, shkvoren ostidagi, shkvoren stopori ostidagi, mahkamlash stremyankasi ostidagi va ressoralaraning markazlashtiruvchi chiqiqlari ostidagi teshiklar yeyiladi.
Balka darz ketganda va teshilganda yaroqsizga chiqariladi. Bal-kaning egilishi va buralishi stendda tekshiriladi. Bundan avval shkvoren ostidagi va ressora ostidagi maydonchalardagi teshiklar toretslaridagi chaqalanish tozalanadi. SHu stendning o`zida balkalar sovuqlayin to`g`rilanadi. Egilish va buralishni bartaraf etib bo`lmaganda balka yaroqsizga chiqariladi.
Balkaning nuqsonlarini bartaraf qilishda ressoralar osti-dagi maydonchalar baza yuzalar vazifasini o`taydi, shu sababli ular birinchi nazbatda tiklanadi. yeyilgan maydonchalar frezalanadi. Maydonchaning qalinligi yo`l qo`yilmaydigan darajada yupqalashganda balka yaroqsizga chiqariladi.
SHkvoren ostidagi bobishkalarning yeyilgan toretslari maxsus dastgohda frezalanadi, bu dastgoh shkvoren ostidagi teshiklarni yo`nib kengaytirishga ham mo`ljallangan. Bobishkaning balandligi ta`mir o`lchamli (qalinligi oshirilgan) rostlash shaybalarini qo`yib kamaytiriladi. Bobishka balandligi haddan tashqari kamayganda balka yaroqsizga chiqariladi.
SHkvoren ostidagi yeyilgan teshik yo`nib kengaytiriladi va unga ariqchali vtulka shunday presslab o`rnatiladiki, bunda ariqcha shkvoren stopori ostidagi teshikka mos kelsin. Vtulkani ishchi chizmasi o`lchamiga muvofiq yo`nib kengaytiriladi va bobishka toretsi ikki tomondan qirqiladi.
SHkvoren stopori ostidagi yeyilgan teshikka ta`mir o`lchamiga moslab ishlov beriladi, yig`ish vaqtida mos ta`mir o`lchamli stopor o`rnatiladi.
Mahkamlash stremyankasi va ressoralarning markazlovchi chiqiqlariga mo`ljallangan. teshiklar yeyilganda ular QTD qo`yib, so`ng ishchi chizmasi o`lchamiga muvofiq kengaytirib tiklanadi.
Burish tsapfasini tiklash. Richaglar ostidagi konussimon teshiklar, old ko’prik balkasining bobishkasi ostidagi quloqchalar, gupchak podshipniklari o`tqaziladigan bo`yinlar, gupchak salnigi o`rnatiladigan halqalar, vtulkalardagi va shkvoren vtulkasi kirgiziladigan teshiklarning yeyilishi, gayka buraladigan rezbaning shikastlanishi tsapfalarning asosiy nuqsonlaridir.
Burish tsapfalari singanda va yorilganda yaroqsizga chiqariladi. Tsapfalarni tiklashdan oldin markaziy teshiklarniig holati tekshiriladi va zarur bo`lganda ular to`g`rilanadi.
Richaglar kirgiziladitan ko’ussimon teshiklarning yeyilishi konussimon kalibr yordamida aniqlanadi va konussimon razvyortka vositasida bartaraf etiladi.
Old ko’prik balkasining bobishkasi ostidagi quloqchaning yeyilgan toretslari «toza» frezalanadi, yig`ishda esa erkin ta`mir o`lchamiga ega bo`lgan tayanch shayba o`rnatiladi.
Gayka buraladigan rezba yeyilganda u flyus ostida yoki tebranma yoy yordamida suyuqlantirnb qoplanadi, ishchi chizmasiga muvofiq rezba ochiladi va liska frezalanadi.
podshipniklar o`tqaziladigan bo`yinlar va gupchakning salnigi o`rnatiladigan halqa har tomonga 0,15 mm gacha yeyilganda xromlab, ko’p yeyilganda esa temirlab, so`ng ishchi chizmasi o`lchamiga muvofiq jilvirlab tiklanadi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling