Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi
Download 1.14 Mb.
|
MASALA~1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 207-masala.
202-masala. Ikki konturli tormoz yuritmali VAZ-2101 avtomobili g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lgan yo‘lning gorizontal qismida tormozlandi. Avtomobilning umumiy massasi 1454 kg, old o‘qiga tushgan massa 760 kg, bazasi 2,3 m, og‘irlik markazining balandligi 0,7 m ekanligi ma’lum. Agar tormozlanish 15 m/s tezlikda, ilashish koeffitsienti 0,8 bo‘lgan yo‘lda boshlansa, tormoz yuritmasining qaysi konturi ishlamaganda tormoz yo‘li katta bo‘lishi aniqlansin.
203-masala. GAZ-53 avtomobili gorizontal yo‘ldan 60 km/soat tezlik bilan harakatlanayotib, hamma g‘ildiraklari bilan avtomobil to‘xtaguncha, ilashish massasini to‘la ishlatib tormozlandi. Tormoz yo‘lining 20 m ni avtomobil g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 va ilashish koeffitsienti 0,6, qolgan qismini esa g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,025 va ilashish koeffitsienti 0,4 bo‘lgan holda bosib o‘tdi. Jami tormoz yo‘li aniqlansin. 204-masala. Avtomobil g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 va ilashish koeffitsienti 0,35 bo‘lgan yo‘ldan harakatlanmoqda. U balandlikka chiqayotib tormozlandi va tormoz yo‘li gorizontal yo‘ldagidan ikki marta kichik bo‘ldi. Yo‘lning qiyaligi aniqlansin. 205-masala. Avtopoyezd gorizontal yo‘lda 5 m/s2 sekinlanish bilan tormozlandi. Tortuvchi avtomobilning massasi 5200 kg, tirkamasiniki 1800 kg, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02, ilashish koeffitsienti esa 0,5. Tortuvchi avtomobilning tormozlanish kuchi aniqlansin. 206-masala. Agar avtomobil g‘ildiraklaridagi umumiy tormozlovchi kuch 8 kN, og‘irlik markazidan ketingi o‘qigacha bo‘lgan masofa 1,2 m, bazasi 2,5 m, g‘ildiragining yo‘l bilan ilashish koeffitsienti 0,3, og‘irlik markazining balandligi 0,7 m bo‘lsa, uning oldingi g‘ildiragiga to‘g‘ri kelgan tormozlovchi kuch aniqlansin. 207-masala. Transmissiya dvigateldan ajratilgan holda boshlang‘ich tezlik 90 kmsoat bo‘lgan «Tiko» avtomobili quruq beton, tekis, gorizontal yo‘lda to‘xtagunicha tormozlandi. Yo‘l va shina orasidagi ilashish koeffitsienti 0,61. Tormozning ekspluatatsiyadagi holatini aks ettiruvchi koeffitsienti 1,18 va haydovchining reaksiyasi 0,9s, tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti 0,3 s, sekinlanishi eng katta qiymatga erishguncha ketgan vaqt esa 0,4 s bo‘lsa, avtomobilning tormozlanish yo‘li va sekinlanishini aniqlansin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling