Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zanglash (korroziya)
- 3.2 Ishqalanash va uning turlari Ishqalanish
- 1. Quruq ishqalanish .
Yemirilish. Detallarga davriy yuklamalar ta’sir etganda ro‘y beradi. Bunday
yuklamalar detallar bardoshlik chegarasidan yuqori bo‘ladi. Sekin-asta paydo bo‘ladigan charchash darzlari ma’lum bir yuklamalar sonidan keyin detallarning charchash yemirilishiga olib keladi. Masalan, ressoralar, kronshteynlar, yarim o‘qlar, rama, (asosan og‘ir ekspluatatsiya sharoitlarida). Detallar shaklining o‘zgarishi, asosan, egiluvchan (po‘lat) yoki mo‘rt (cho‘yan) detallarning oquvchanlik chegarasi yoki mustahkamlik chegarasidan o‘tib ketganda sodir bo‘ladi. Zanglash (korroziya) atrof-muhitning detalga tajovuzkorona ta’siridan kelib chiqadi. Bunda metall oksidlanadi, mustahkamligi pasayadi, tashqi ko‘rinishi yomonlashadi. Zanglashning asosiy sabablari – tashqi muhitdagi tuz eritmalari, suv va tuproqdagi kislotalar va ishlatilgan gazlardagi ayrim unsurlar (elementlar). Zanglashga ko‘proq kuzov, kabina, rama, ta’minot va sovutish tizimlari, quvur o‘tkazgichlar moyil bo‘ladi. 3.2 Ishqalanash va uning turlari Ishqalanish deb o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan ikki jism (detal)ning bir-biriga nisbatan siljishida paydo bo‘ladigan qarshilikka aytiladi. Jismlar siljish yo‘lida paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchini bartaraf etishga ishqalanish ishi deb aytiladi. Detallar yeyilishining jadalligi ishqalanish ishiga, uning yo‘liga va ishqalanish sharoitlariga bog‘liq. Aylanayotgan detallar uchun ishqalanish 15 yo‘li (masalan, tirsakli valning podshipnigi) val aylanishlari sonining uning aylana uzunligiga ko‘paytmasi bilan topiladi. To‘g‘ri harakat qilayotgan detallar uchun esa (masalan, porshen halqalari) ishqalanish yo‘li yurishlar sonining yurish uzunligiga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi. Ishqalanish turlari asosan uch xil bo‘ladi (3.1-rasm): 1. Quruq ishqalanish. Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari bir-biri bilan bevosita tutashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida moy bo‘lmaydi (masalan, transport vositasi g‘ildiraklarining tormoz ustqo‘ymalari bilan barabanlari orasidagi ishqalanish). Quruq ishqalanishda ishqalanish kuchi tutashayotgan detallar mikronotekisliklarining bir-biriga tegishidagi qarshiliklar va unda paydo bo‘ladigan molekular ilashuv natijasida sodir bo‘ladi. Molekular ilashuvlar esa notekisliklar kontaktlarida juda katta solishtirma bosimlarning vujudga kelishi natijasida paydo bo‘ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling