Avtomobil transporti muxandisligi
Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
1.2 Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari
Ishonchlilik muammosining falsafiy jihati ikki savolga javob berishni talab etadi: 1. Vaqt o‘tishi bilan transport vositasining dastlabki xarakteristikalarini yo‘qotishi majburiy jarayonmi? 2. Uslubiyat nuqtayi nazaridan qaraganda ishonchlilik muammosini qanday falsafiy tushuncha va qonuniyatlar belgilaydi? Transport vositasi atrof-muhit, inson, Ob’ekt va hokazolar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bunda har xil sabab va oqibat bog‘lanishlari yuzaga keladi. Transport vositasiga ta’sir etuvchi omillar sonining ko‘payishi uning sifat ko‘rsatkichlarini tadrijiy (evolutsion) o‘zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat holatiga olib keladi. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida transport vositasida kechayotgan o‘zgarishlar, falsafa nuqtayi nazaridan, hamma moddiy Ob’ektlarning eng muhim sifati – harakatning qonuniy namoyon bo‘lishidir, chunki tabiatda o‘zgarmaydigan hech narsa yo‘q. Noxush o‘zgarishlarni sekinlatish mumkin, lekin ularni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Shuning uchun quyidagilarni o‘rganish maqsadga muvofiq: – transport vositasiga o‘tkaziladigan zarar ta’sirlar manbayi va sabablari; – transport vositasining ishlash qobiliyatini pasaytiruvchi omillar (jarayonlar)ning fizik mohiyati; – transport vositasining har xil ta’sirlarga qarshi aks ta’siri; – yuqorida keltirilgan omillar asosida kerakli vaqt davomida berilgan vazifalarni bajara oladigan tizimlarni yaratish. Buyumning ishonchliligi uning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biridir. Falsafa nuqtayi nazaridan olib qaralganda sifat – bu Ob’ektning o‘ziga xosligi va boshqa Ob’ekt va hodisalardan farqini ifodalovchi belgilar majmui. Sifat – buyum (transport vositasi) o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilganda, uning yaroqlilik darajasini belgilovchi xususiyatlar majmui. Vaqt davomida sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini o‘rganuvchi ishonchlilikni "sifat dinamikasi" deyish mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling