Avtomobil transporti muxandisligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

2.2 Buzilish va nosozlik
Transport vositalari texnik ekspluatatsiyasida TXK, ta’mirlash, ehtiyot qismlar,
boshqa ekspluatatsion materiallarni me’yorlash va ishlarni tashkil etishda buzilish
hamda nosozlik tushunchalarini bilish zarur.
Buzilish deganda transport vositasi (agregat, uzel yoki tizim) ishlash
qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi tushuniladi. Buzilish ro‘y berganda
transport vositasi o‘z vazifasini me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan parametrlar
talablari darajasida bajara olmaydi, ya’ni transport jarayoni to‘xtaydi.
Nosozlik deganda transport vositasi (agregat, uzel yoki tizim)ning texnik holatini
xarakterlovchi parametrlardan loaqal bittasining ruxsat etilgan chegaradan chetga
chiqishi tushuniladi, ya’ni bu holda u ishlashni davom ettirishi mumkin, lekin o‘z
vaqtida nosozlik bartaraf etilmasa, ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyoj oshib ketadi.
Texnik tizimlarning (transport vositalarining) buzilish sabablari [6]:
- loyihalashdagi hatoliklar;


10
- ishlab chiqarish texnologiyasini buzilishi va sifat nazoratini yo`qligi;
- nostandart qismlar (butlovchi detal va birikmalar);
- ortiqcha yuklamalardan himoya qilinmasligi;
- sifatsiz xizmat ko`rsatish;
- eskirish, eyilish;
- insoniy hatoliklar va h.k.
2.3 Buzilishlar tasnifi
Transport vositasi va agregatlarning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini
hisoblash, ularni tahlil qilish va texnik ekspluatatsiya uchun tadbirlar ishlab chiqishda
har doim buzilishlar tasnifi o‘tkaziladi. Buzilishlar quyidagicha tasniflanadi:
1. Transport vositasining ishlash qobiliyatiga ta’sir etishi bo‘yicha:
– element (agregat, mexanizm yoki tizim)lardan birining buzilishi transport
vositasining nosozligini bildiradi;

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling