Avtomobil transporti muxandisligi
Тransport vositalarining texnik holati va ishlash qobiliyati
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompleks ko‘rsatkichlar
2.1 Тransport vositalarining texnik holati va ishlash qobiliyati
tushunchalari va ko’rsatkichlari Transport vositasi (agregat, mexanizm, birikma)ning texnik holati deb, uning ishlash qobiliyati va sozlik darajasini baholovchi holat parametrlarining nominal qiymatidan o‘zgarishi (chetga chiqishi) majmuyiga aytiladi. Transport vositasining texnik holati konstruksion parametrlarning joriy qiymati Y i orqali aniqlanadi (2.1- rasm). Yo‘l o‘tishi bilan transport vositasining texnik holati yeyilish, nosozlik va boshqa sabablarga ko‘ra yomonlashadi. Bunda uning ekspluatatsion sifat ko‘rsatkichlari ham pasayadi. Transport vositasining ekspluatatsion sifat ko‘rsatkichlari bir vaqtning o‘zida uning texnik holati ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. Quyida transport vositasi agregat va tizimlarining texnik holat ko‘rsatkichlari keltirilgan: Kompleks ko‘rsatkichlar: mukammal (kapital) ta’mirlashgacha yurilgan yo‘l; tezlik (tezlanish) olayotgan vaqtidagi yetakchi g‘ildraklar quvvati; yonilg‘i sarfi; yetakchi g‘ildirakning erkin dumalash yo‘li. Ko‘p hollarda agregat va mexanizmlarning konstruktsion o‘lchamlarini (parametrlarini) aniqlash uchun ularni qisman yoki to‘liq bo‘laklarga ajratishga to‘g‘ri keladi. Lekin agregat va mexanizmlarning texnik holat parametrlarini boshqacha yo‘l bilan ham aniqlasa bo‘ladi, ya’ni diagnostik parametrlar yordami bilan. Misol: dvigatelning quvvati, moyning sarf bo‘lishi, stilindrdagi kompressiya (ikkinchi taktidagi bosim) va h.k. Transport vositasining texnik holati parametrlari ekspluatatsiya jarayonida o‘zining boshlang‘ich qiymatidan (Y b ) to chegaraviy qiymatigacha (Y Ch ) o‘zgaradi (2.1-rasm). Masalan, tormoz mexanizmi ishlaganda baraban bilan ustqo‘yma (ishqalanish qoplamasi) orasidagi tirqish oshib boradi. Tormozlanish yo‘lining chegaraviy qiymati S TCh va unga to‘g‘ri keladigan Y Ch 1- oraliq transport vositasi yoki agregatning ishlash qobiliyatini, ya’ni R i L L p p 0 yoki ch i b Y Y Y £ £ transport vositasining ishlash shartini ko‘rsatadi. 2-oraliq transport vositasi yoki agregatning ishlamasligini ch Y f f i b Y Y , ya’ni buzilganligini ko‘rsatadi. 2.1-rasm. Texnik holat parametrining o‘zgarishi va uning oldini olishga ta’sir etish sxemasi Y b – boshlang‘ich yoki nominal texnik holat parametrining qiymati; Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling