Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4 Fanning vazifalari, tuzilishi, bakalavrlar tayyorlashdagi ahamiyati
1.1-rasm. Transport vositasi iqtisodiy samaradorligining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi
L T.Q. – transport vositasining tannarxini qoplash masofasi, ming km; L Ch – transport vositasining chegaraviy holatigacha ishlash masofasi, ming km; L max – eng yuqori samaradorlikka erishiladigan masofa, ming km; L E – transport vositasidan foydalanishning iqtisodiy maqbul masofasi, ming km. Ishonchlilik – bu buyum (transport vosita)larini xizmat muddatlarining yaratishdan tortib barcha bosqichlarida, hisobdan chiqarish davrigacha bo`lgan oraliqda ta’minlashning muhim muammosidir. Buyumning xizmat muddatini barcha bosqichlarida o`zgarish jarayoni 1.2 rasmda keltirilgan. Ishonchlilini oshirishning dastlabki bosqichi ishonchning hozirgi darajasini aniqlash va baholashdir. Ushbu tizimning ishonchliligini oshirishning muhim sababini aniqlash kerak. Bu tizim mavjud bo`lgan bosqichga bog`liq, masalan, tizim konstruksiyalash bosqichida bo`lsa. Ushbu bosqichda konstruksiyaning faqat xavfsizligi va mustaxkamligi baholanadi, shuningdek, sifatli va yaxshi tarkibiy qismlardan foydalanib, soddalashtiriladi. Ishlab chiqarish bosqichida ishlab chiqarishning sifat boshqarish usullarini qo`llab ishonchlilikni oshirish mumkin. Ekspluatasiya davrida buyumning ishonchliligini ta’minlash uchun buyumga o`z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish zarur [6]. 1.4 Fanning vazifalari, tuzilishi, bakalavrlar tayyorlashdagi ahamiyati Fanni o‘qitishdan maqsad — ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslarini mukammal o‘rganish, shu asosda transport vositalari ekspluatatsiyasi bo‘yicha uslub va me’yorlarni ishlab chiqish hamda ularni amalda samarali qo‘llashdir. Fanning vazifalari: — transport vositalari ekspluatatsiyasidagi ishonchlilik ko‘rsatkichlari va diagnostikalash tizimi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; — transport vositalarining ishonchliligi va ishlash qobiliyatini ta’minlashni, ularning ishonchliligini baholash hamda diagnostika usullari va vositalarini amalda tatbiq qilishni o‘rganish; 7 — transport vositalarining asosiy ekspluatatsion xarakteristi kalarini tajribaviy aniqlash, ekspluatatsiya sharoitida ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling