14
3.1 Тransport vositasi detallarining eskirishi, zanglashi, yemirilishi
Transport vositasi ekspluatatsiyasi jarayonida uning texnik holati sekin-asta
yomonlashib boradi: dvigatelning quvvati, texnik tezligi kamayadi, yonilg‘i sarfi,
yeyilish jadalligi, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash mehnat hajmi oshadi,
boshqaruv qulayligi va ishonchliligi pasayadi va h. k.
Texnik holatning ekspluatatsiya sharoitida o‘zgarish sabablari [4]:
-
detallarning yuklanish darajasi;
-
detallarning bir-biriga nisbatan o‘zaro harakati;
-
detallar materiallarida fizik-kimyoviy o‘zgarishlar;
-
tashqi muhitning ta’siri (quyosh radiatsiyasi, harorat, namlik, shamol tezligi,
havo tarkibidagi chang miqdori va h. k);
-
boshqa sabablar.
Ob’ektlarning tuzilmaviy parametrlari vaqt bo‘yicha shakl va boshqa
o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi,
natijada yeyilish, zanglash, charchash buzilishlari,
plastik shakl o‘zgarishlar, harorat ta’siridagi buzilishlar, yemirilish, eskirish va
boshqa jarayonlar ro‘y beradi.
Eskirish. Ekspluatatsiya jarayonida transport
vositalari texnik holatining
parametrlari tashqi muhit ta’sirida o‘zgaradi. Masalan, rezina-texnik buyumlari
o‘zining mustahkamligini va elastikligini oksidlanish, issiq yoki sovuq harorat,
namlik, quyosh radiatsiyasi hamda moy, yonilg‘i yoki suyuqliklarning
kimyoviy
ta’sirida yo‘qotadi. Yog‘-moy materiallari yeyilganlik mahsulotlari bilan ifloslanadi,
qovushqoqlik xarakteristikalari yomonlashadi, undagi qo‘shilmalarning kuchi
yo‘qoladi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: