Saqlanuvchanlik – transport vositasining buzilmasdan ishlashlik, chidamlilik va
ta’mirlashga moyillik ko‘rsatkichlari miqdorlarini uzoq vaqt saqlash hamda o‘zining
tashish muddati davomida saqlanib qolishlik xususiyati.
Ishonchlilikning miqdoriy xarakteristikalari uchun ishonchlilik ko‘rsatkichlari
qo‘llaniladi. Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining tasnifi 4.1-jadvalda keltirilgan.
Yakka ko‘rsatkich ishonchlilik xususiyatlaridan birini xarakterlaydi, ya’ni
buzilmaslik, chidamlilik, ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlikni. Kompleks
ko‘rsatkich esa, ishonchlilikning bir nechta xususiyatini xarakterlaydi.
Aniqlash usuli bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi[9]:
- hisobiy, hisoblash usuli asosida aniqlanadigan;
- eksperimental, sinov natijasida aniqlanadigan;
- ekspluatatsion, ekspluatatsiya ma’lumotlar bo‘yicha aniqlanadigan;
- ekstrapoliatsiya, ekstrapoliatsiya usuli bilan har xil ekspluatatsiya sharoitlari
yoki uzoq ekspluatatsiya davomiyligi bo‘yicha aniqlash.
Qo‘llash sohasi bo‘yicha ishonchlilik ko‘rsatkichlari me’yoriy va baholovchi
turlarga bo‘linadi. Me’yoriy-texnik yoki konstruksion hujjatlarni reglamentlaydigan
ishonchlilik ko‘rsatkichlariga me’yoriy deyiladi. Baholovchi ko‘rsatkichlarga ilmiy-
tadqiqot va loyiha-texnologik ishlanmalarni taqqoslab baholashda qo‘llaniladigan
ko‘rsatkichlar kiradi.
Joriy etish sohasi bo‘yicha ishonchlilik ko‘rsatkichlari yakka (alohida) va
guruhlar bo‘yicha turlarga bo‘linadi. Yakka (alohida) ishonchlilik ko‘rsatkichlariga
sinov yoki ekspluatatsiya natijalariga asoslanib ko‘rilayotgan Ob’ekt ishonchliligini
reglamentlovchi talablariga mos yoki mos emasligi haqida hulosa chiqarish. Guruhli
22
ishonchlilik ko‘rsatkichlari deb, Ob’ekt ishonchliligini reglamentlovchi talablarga
mos ekanligini, ma’lum nazorat ostidagi buyumlar soni asosida nisbiy xulosa
chiqarishga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |