Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
6.1 Konstruksion omillar
Transport vositasining ishonchliligiga ta’sir etuvchi konstruksion omillar guruhiga quyidagilar kiradi: ishonchlilik darajasi; konstruksiyaning murakkablik darajasi; birxillashtirish (unifikatsiya) darajasi. Ishonchlilik darajasi transport vositasini ishlab chiqarishga va uni texnik soz holatda tutib turishga ketadigan xarajatlarning nisbati bilan baholanadi. Ishonchlilik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy konstruksion omillar: - detallarning shakli va o‘lchamlari, detallar sirtlariga tushadigan solishtirma bosimlar, kuchlanishlar, metallning charchash qattiqligi; - konstruksiyaning mustahkamligi, detallarning ekspluatatsion yuklamalar ta’siri ostida o‘z shaklini o‘zgartirishi; - birikmada ishlayotgan detallar sirtlari va o‘qlarining bir-biriga nisbatan aniq joylashishi; - qo‘zg‘aluvchan va qo‘zgalmas birikmalarning ishonchli ishini ta’minlovchi o‘tkazishlarning (posadka) to‘g‘ri tanlanishi; - dvigatellarning unumdor moy nasoslari bilan jihozlanishi; - moy nasosi yog‘ so‘rg‘ichi to‘rining qabariq holda bajarilishi; - moy haroratini pasaytirish va uning eskirishini sekinlatish uchun karterni shamollatish tizimi, moy radiatorlari va moyni sifatli tozalashning qo‘llanishi; - dvigatellarda moyni ikkinchi marta tozalaydigan gidroreaktiv yuritmali stentrifugalar ishlatish; - tirsakli vallarda moyni markazdan qochirma usulda tozalash uchun maxsus kanallarning yasalishi; - haroratni optimal saqlash uchun sovitish tizimida termostatlarning qo‘llanishi, boshqa omillar ham uchraydi. Transport vositasining ishonchlilik darajasi oshgan sari joriy ta’mirlashga bo‘lgan talab kamayadi, natijada ularni texnik soz saqlash uchun ketadigan sarf- xarajalar ham pasayadi. 38 Bunday natijaga erishish uchun ko‘pkina izlanishlar, konstruksiyani takomillashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish kerak. Transport vositasining ishonchlilik darajasi pasaygan sari joriy ta’mirlashga bo‘lgan talab oshib boradi. Transport vositasining foydalanishdan boshlab bosib o‘tgan masofasi oshgan sari uning ishonchliligi asta-sekin pasayadi. Natijada buyumning buzilishlar oqimi parametri oshib boradi (6.1-rasm ). Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling