Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birxillashtirish (unifikasiya) darajasi.
- 6.2 Ekspluatatsion omillar Ishlash sharoitlari.
- Iqlim-sharoitlari
6.1-rasm. Buyumlarning buzilishlar oqimi parametrlarining masofa
bo‘yicha o‘zgarishi km Buyum Buzilish 1000 ω(L) 0.004 0.003 0.002 0.001 39 n ТV R L R = ) ( ; (6.3) bu yerda: n – agregatlar soni. Xuddi shunga o‘xshab agregat, tizim, uzellarning buzilmasdan ishlash ehtimolligi aniqlanadi. ) ( ) ( ... ) ( ) ( ) ( ) ( 1 3 2 1 L R L R L R L R L R L R j m j j ag П = = × × × × = ; (6.4) bu yerda: R 1 (L), R 2 (L), R 3 (L).... R j (L) – agregat detallarining buzilmasdan ishlash ehtimolligi; m – agregatdagi detallar soni. Transport vositasining buzilmasdan ishlash ehtimolligi agregatlar detallarining buzilmasdan ishlash ehtimolligini hisobga olgan holda quyidagicha topiladi: ) ( ) ( 1 1 L R L R ij m j n i ТV П П = = × = (6.5) Transport vositasi elementlarining bir xil ishonchlilik tamoyillarini amalda qo‘llash yoki agregat va detallarni ta’mirlash jarayonida almashtirishlarning xizmat muddati bo‘yicha karrali bo‘lishiga erishish maqsadga muvofiq. Birxillashtirish (unifikasiya) darajasi. Transport vositasi ishonchliligi unifikatsiyalangan va standartlashtirilgan uzel va detallarni qo‘llash bilan ham oshirilishi mumkin, chunki ular tipik ish sharoitlarida sinovlardan yaxshi o‘tib, o‘zining yuqori ishonchliligini ko‘rsatgan bo‘ladi. Masalan, ular sirasiga podshipniklar, salniklar, elektr jihozlari detallari, normallar va bir qancha standartlashtirilgan detallarni kiritish mumkin. Birxillashtirilgan detallarning qo‘llanishi pirovard natijada texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlari uchun ketadigan sarf-xarajatlar hamda talab etiladigan ehtiyot qismlar va mahkamlanadigan detallar ro‘yxatini kamaytiradi. 6.2 Ekspluatatsion omillar Ishlash sharoitlari. Buyumning ishonchliligiga ta’sir etuvchi ekspluatatsion omillar guruhiga yo‘l, iqlim va transport sharoitlari, foydalanish jadalligi, haydovchining malakasi va boshqalar kiradi. Yo‘l sharoitlari. Yo‘l sharoitlari agregat va detallarning ishiga ta’sir etadi, bunda texnik holat parametrlarining o‘zgarish jadalligi tezlanishi yoki sekinlanishi mumkin. Ular transport vositasining ish tartibotini belgilaydi, bu esa ishonchlilikka ta’sir etadi. Yo‘l sharoitlari yo‘lning texnik toifasi, yo‘l qoplamasining turi va sifati, transport vositasi harakatiga ko‘rsatadigan qarshiligi, yo‘lning eni, burilishlarning radiuslari, ko‘tarilishi va nishabligi bilan belgilanadi. Shu sababli “Nizom”da transport vositalari ishlash sharoiti toifasini K 1 tuzatish koeffitsienti orqali e’tiborga olinadi. Iqlim-sharoitlari havoning harorati, namligi, shamol yuklamasi, quyosh radiatsiyasi darajasi va h.k. lar bilan xarakterlanadi. Bu sharoitlar agregatlarning issiqlik va boshqa ish tartibotlariga, demak, ularning texnik holati va ishonchliligiga ta’sir etadi. Past va yuqori haroratlarning ta’siri ostida konstruksion po‘latlar, metall qotishmalar, plastmassalar, rezina va boshqa materiallarning fizik-mexanik xossalari o‘zgaradi. Moy, yonilg‘i, tormoz va amortizator suyuqliklari, elektrolit va boshqalarning fizik-kimyoviy doimiyliklari (konstantalari) iqlim sharoitlari ta’sirida 40 o‘zgaradi. Shu sababli “Nizom”da transport vositalariga iqlim sharoitlarining ta’sirini e’tiborga olish uchun K 3 tuzatish koeffitsienti keltirilgan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling