Avtomobil transporti muxandisligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

7.7 Sinash rejalari
1. [NUN] – tugallangan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qo‘yilgan,
kuzatuvlar hamma buyumlar ishdan chiqqungacha olib boriladi. Buzilgan buyumlar
yangilari bilan almashtirilmaydi. Sinovlar natijasida unga qo‘yilgan buyumlarning
ishlash muddatlari aniqlanadi (t
1
,t
2
,….,t
N
);
bu yerda: N – kuzatuvga qo‘yilgan buyumlar soni; U – buzilgan buyumlar
yangilari bilan almashtirilmaydigan rejalar; N – kuzatuv davrida buzilgan buyumlar
soni.
2. [NUZ] – tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qo‘yilgan,
kuzatuv natijasida buzilishlar soni va buyumning ishlash muddatlari (t
1
,t
2 ,
,…,t
R
)
aniqlanadi hamda buzilmagan buyumlarning sinash davrida ishlagan muddatlari
(
t
1
,
t
2

t
N-R
) e’tiborga olinadi.


46
bu yerda: Z – buzilgan buyumlarning oxirgi holatgacha va buzilmagan
buyumlarning sinash davrida ishlash muddatlari.
To‘liq tugallangan [NUN] sinovda kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar soni etarli
darajada bo‘lishi va kerakli aniqlikni ta’minlashi zarur.
Kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar sonini aniqlashda quyidagi ma’lumotlar
oldindan beriladi: ruxsat etilgan xatolik qiymati
d=0,05; 0,10; 0,15; 0,20 ga, ishonch
ehtimolligi
a=0,8; 0,9; 0,95; 0,975; 0,99 ga teng bo‘lishi, ayrim vaqtlarda esa
buzilishlarning taqsimot qonuni berilishi mumkin.
7.8 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsad va vazifalari
Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi – buyumning ishonchliligi
to‘g‘risida kerakli va haqqoniy axborot olish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar
majmui.
Tizimning maqsadi quyidagilardan iborat:
- buyumning ishonchliligini oshirish uchun uning konstruksiyasini
takomillashtirish;
- tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi, nazorat sinovlarini takomillashtirish;
- ta’mirlash sifatini yaxshilash va uning sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha
tadbirlar ishlab chiqish;
- ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy
ta’mirlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish;
- buyumni attestatsiyalash;
- ishonchlilik ko‘rsatkichlarini nazoratga olish va h.k.
Tizimning vazifalari quyidagicha:
- buyumning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash;
- buyumning ishonchliligini pasaytiradigan konstruksion va texnologik
kamchiliklarni aniqlash;
- buyumning umumiy ishonchliligini chegaralaydigan detallar va yig‘ma
birikmalarni aniqlash;
- buyumning ishonchliligiga ekspluatatsiya sharoitlari va tartibotlari ta’sirini
aniqlash;
- buzilishlarning kelib chiqish qonuniyatlarini aniqlash;
- ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish;
- ehtiyot qismlar sarfini optimallash, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy
ta’mirlash tizimini takomillashtirish;
- buyumlarning ishonchliligini optimal darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan
tadbirlarning samaradorligini aniqlash.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling