53
−
nazorat-diagnostika ishlari transport vositasining atrof-muhitga ta’siri va
xarakat xavfsizligi talablariga mosligini aniqlash va ta’minlash, agregat, uzellarni
qismlarga ajratmasdan texnik holatini baholash uchun o‘tkaziladi;
−
sozlash ishlari
transport vositasining tizim, uzellari va asosiy detallarini
almashtirmasdan ishlash qobiliyatini qayta tiklashga qaratilgan;
−
qotirish ishlari rezbali birikmalarning
normal mahkamlanish holatini
ta’minlash uchun xizmat qiladi;
−
moylash ishlari yeyilish jadalligini va ishqalanuvchi uzellardagi qarshilikni
kamaytiradi,
shuningdek, tarkibida moy, texnik suyuqliklar bo‘lgan tizimlarning o‘z
vazifasining normal bajarilishini ta’minlaydi;
−
elektrotexnik
- transport vositasining elektr jihozlari bo‘yicha buzilish va
nosozliklarni oldini olish maqsadida profilaktik operatsiyalarni
bajarishga qaratilgan;
−
ta’minot tizimiga xizmat ko‘rsatish
- yonilg‘i
tejamkorligini va chiqindi
gazlar tarkibidagi zaharli modalar ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshmasligini
ta’minlashga qaratilgan;
−
shina
- yo‘l va ekologik xavfsizlikni va shinaning resursini oshirish maqsadida
profilaktik operatsiyalarni bajarishga qaratilgan;
−
akkumulator batareyalarini diagnostikalash, elektrolit sathini me’yoriga
keltirish, zaryadkalash hamda uni mavsumga tayyorlash va boshqa operastiyalarni
bajarishga qaratilgan.
Ushbu ishlarning to‘liq hajmda va o‘z vaqtida bajarilishi
transport vositasining
ishonchliligini ekspluatatsiya jarayonida ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: