Avtomobil transporti muxandisligi
qo‘yiladigan umumiy talablar
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
qo‘yiladigan umumiy talablar
Axborotni yig‘ish va ishlov berish uchun quyidagi qayd shakllari ishlatiladi: 1. Ishonchlilik to‘g‘risidagi ekspluatatsion axborotni qayd etishning dastlabki shakllari. 2. Ekspluatastion axborotni to‘plagich shakllari. 3. Ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari. Qayd etishning dastlabki shakllari bir tizimga tushirilmagan axborotni qayd etishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular ekspluatatsiya sharoitida to‘ldiriladi. Bunday shakllarning asosiylari: – yurilgan yo‘l va buzilishlarni qayd etish jurnali. Jurnalda buyumning pasport ma’lumotlari, korxona nomi, ish tartiboti va ekspluatatsiya sharoitlari, buyumning kuzatuvga qo‘yilgan va undan chiqarilgan sanasi, ekspluatatsiya boshlanishidan 49 boshlab yurgan yo‘li, buzilgan detalning nomi, buzilish sababi, uni bartaraf etish vaqti, uslubi va h.k.lar bo‘lishi kerak; – buyumga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirni qayd etish jurnali. Jurnalda buyumning pasport ma’lumotlari, korxona nomi, buzilgan detalning nomi, texnik xizmat ko‘rsatish turi va davriyligi, buzilishni bartaraf etish usuli, almashtirilgan detallar qiymatini hisobga olgan holda texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash sarflari o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak; – buyumlar ekspluatatsiyasining bir martali hujjatlari (yo‘l varaqasi, agregatni ta’mirlash varag‘i, buyumning buzilishi to‘g‘risidagi axborot, ehtiyot qism talabnomasi va h.k. To‘plagich-shakllar bir tizimga tushirilgan axborotni qayd etishga mo‘ljallanib, maxsus tayyorlangan xodimlar yordamida va dastlabki hujjatlar asosida yoki ekspluatatsiya kuzatuvlari jarayonida to‘ldiriladi. Asosiy shakllari: – buzilishlarning xarita-to‘plagichi; – buyumga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash to‘g‘risidagi axborotlar xarita-to‘plagichi. Buyum ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari miqdor va sifat natijalari, ish tartibotlari, ehtiyot qismlar sarfi, buzilishlar sababi, buyum ishonchliligini cheklaydigan detallar ro‘yxatini qayd etishga mo‘ljallangan. Asosiy shakllari: − buyum ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy ro‘yxati; − buyum bo‘laklari ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy ro‘yxati; − buyum buzilishlari turlarining umumiy ro‘yxati; − ehtiyot qismlar sarfining umumiy ro‘yxati; − texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash mehnat hajmi va qiymatining umumiy ro‘yxati. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling