47
− ekspluatatsion korxonalarga;
− ta’mirlash korxonalariga.
Tizim doimiy, davriy yoki bir karrali kuzatuvlarni,
axborotni hisobga olish,
yig‘ish, to‘plash, ishlov berish va tahlil, buyum
ishonchliligini oshirishga
mo‘ljallangan tadbirlar ishlab chiqishni o‘z ichiga olishi kerak.
Tizimning ishi quyidagi me’yoriy-texnik hujjat bilan tartibga solinadi:
− tizimning muayyan buyumga taalluqliligi;
− korxona ichida va korxonalar orasida axborot
ayirboshlashning shartlari;
− axborotga ishlov berish usullari;
− kuzatuvlarni rejalash usullari;
− kuzatuv jarayonida texnik vositalarni qo‘llash zarurligi va ularga qo‘yiladigan
talablar;
− ishonchlilikni oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish tartibi.
Buyumning ishonchliligi to‘g‘risida axborot yig‘ish
hamda unga ishlov berish
texnik topshiriq va ishchi usullarga asosan olib boriladi.
Axborot yig‘ishni o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq quyidagilarni belgilaydi:
− kuzatilayotgan buyumlar ro‘yxati;
− buyumlar soni;
− ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlari ro‘yxati;
− axborot yig‘ish usullari;
− risoladagi tartibot va ekspluatatsiya sharoitlari;
− axborot uzatish davriyligi.
Axborotni yig‘ish va unga ishlov berish ishchi
usullari quyidagilarni
belgilaydi;
− kuzatuvlar rejalari;
− ish tartibotlari va ularni o‘lchash uslublarini aniqlaydigan parametrlar;
− buzilishlar va
chegaraviy holatlar mezonlari;
− axborotni kodlash usullari;
− axborotni hisobga olish dastlabki shakllarini to‘latish bo‘yicha yo‘riqnomalar;
− ish hajmini va kompyuterlarning mavjudligini
hisobga olgan holda
buyumlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish dasturlari.
Do'stlaringiz bilan baham: