48
f) anketalashni axborot yig‘uvchi tashkilot o‘zining maxsus so‘rov varaqalarini
ekspluatatsion va ta’mirlash korxonalariga yuborish orqali amalga oshiradi;
g) tayanch korxonalarni tanlash risoladagi ekspluatatsion sharoitlar uchun
axborot olishni ta’minlashi kerak.
7.11 Axborotga ishlov berish va tahlil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Axborotga ishlov berish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- birlamchi ma’lumotlarni
kodlash va tasniflash;
- buyum ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotning aniqlik, to‘lalik va bir turlilik
talablariga mos kelishini ta’minlash;
- barcha axborotning sifat va miqdoriy tahlildan o‘tishini ta’minlash;
Sifat va miqdoriy tahlil o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- noaniq axborotni chiqarib tashlash;
- axborotning bir turli ekanini tekshirish;
- axborotga statistik ishlov berish va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini baholash;
- ishonchlilik tahlili natijalari asosida ishonchlilikni
oshirish tadbirlarini ishlab
chiqish.
Buzilish va oxirgi holat sabablarini tahlil qilish jarayonida quyidagilar
o‘tkaziladi:
- birlamchi ma’lumotlarni qabul qilingan alomatlari (ekspluatatsiya sharoiti,
ishlash muddati, buzilish turlari va boshqalar) bo‘yicha tizimlash;
- buyumning ishonchliligini cheklovchi detallarni aniqlash;
-
buzilish sabablarini aniqlash;
- konstruksion-texnologik va tashkiliy tadbirlarning samaradorligini baholash;
- statistik axborot bo‘yicha taqsimlanish qonunlarini aniqlash va ishonchlilik
xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash;
- ehtiyot qismlar sarfi bo‘yicha
axborotga ishlov berish;
- buyumlarning turib qolishi davomiyligi va uning sabablarini aniqlash hamda
tizimlash;
- olingan ma’lumotlarni me’yoriy va boshqa sharoitlarda olingan ma’lumotlar
bilan solishtirish va h.k.
7
.12 Qayd qilinadigan axborot tarkibi va hujjatlar shakliga
Do'stlaringiz bilan baham: