“Trаnspоrt vоsitаlаridа qo’llаnilаdigаn nоmеtаl mаtеriаllаr” kursi ishchi dаsturi O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоmоnidаn 14.03.2012 yildа tаsdiqlаngаn BD 5310600-3.15-sоnli nаmunаviy dаsturi аsоsidа tuzilgаn, o’quv rеjа vа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy tа’lim Stаndаrtigа mоs.
Tuzuvchilаr:
А.L.Bаrхаnаdjyan – k.f.n., prоfеssоr
R.M.Хаkimоv – t.f.n., dоtsеnt
Tаqrizchilаr:
SH.P.Аlimuхаmеdоv – t.f.d., prоfеssоr
Х.А.SHаrifхоdjаеvа– t.f.n., dоtsеnt
Fаnning ishchi o’quv dаsturi “Аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrа mаjlisidа muhоkаmа qilingаn vа fаkultеt uslubiy Hаy’аtidа ko’rib chiqish uchun tаvsiya etilgаn (Bаyonnоmа №1, 29.08.2016 y.)
Kаfеdrа mudiri K.I.Ibrахimоv
Ishchi o’quv dаsturi “Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti uslubiy Hаy’аtidа muhоkаmа qilingаn vа fоydаlаnish uchun tаvsiya qilingаn (Bаyonnоmа №1, 03.09.2016 y.)
Uslubiy Hаy’аt rаisi
Kеlishilgаn:
O’quv-uslubiy bo’lim bоshlig’i А.А.Аblаkulоv
Kirish
Avtomobil sanoatining rivojlanishi fundamental va amaliy tadqiqotlarning yutuqlari bilan bog’liq. Zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarishda sanoatning hamma tarmoqlari hissa qo’shayapti, lekin kimyo sanoatining hissasi bo’lakcha.
Shunday asosiy mahsulotlar borki, ularsiz zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Bular – yonilg’i, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar, rezinalar, shinalar, plastmassalar, lok-boyoq va qoplama materiallar, yelimlar va jipslovchi materiallar, korroziyaga qarshi qoplamalardir.
Plastmassalardan, mashinasozlik va avtomobilsozlikda, konstruktsion materiallarning yangi avlodi sifatida foydalanish kimyo sanoatining rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Plastmassalar murakkab shaklli detallarni tayyorlash, ularni ta’mirlash va almashtirish texnologiyasini soddalashtiradi, polimer kompozit materiallarni avtomobilsozlikda nostandart tarzda qo’llash imkonini beradi. Kardanli vallarni, ressorlarni tayyorlash, yarimo’tkazgichlar, datchiklar va mikroprotsessorlarni tayyorlash, toza materiallarni ishlatish bularga misol bo’la oladi.
Hozirgi vaqtda konstruktsion plastmassalardan yirik detallarni, qoliplash tsikli 1 minutdan kam bo’lgan holda tayyorlash maqadga muvofiq. Bularga bamperlar, kopotlar, yukxona qopqoqlari va x.k. lar kiradi. Avtomobilning bamper, radiator qoplamasi, kopotlarning “peshona” sidan iborat old qismini polimer materialdan yaxlit qilib qoliplash va boshqa ishlov bermasdan o’rnatish g’oyasi istiqbolli sanaladi. Bunday texnologiya, bir vaqtning o’zida avtomobilning talab etiladigan aerodinamik tavsiflarini ta’minlay oladi, avtomobilning xavfsiz harakatlanishiga va tejamkorligiga qaratilgan dizayn hosil qilish imkonini beradi.
Avtomobil transporti rivojlangani sari yangidan yangi masalalar yuzaga keladi. Masalan, avtomobillardan chiqadigan yonish mahsulotlari havoni ifloslantirishi katta muammo ekanligi hammaga ma’lum. Bu gazlarning CO2 va H2O gacha to’la yonishini ta’minlaydigan konvektor ishlab chiqish uchun yaroqli, samarali va tejamli katalizatorlarni topish kimyo fani va sanoati oldida turgan katta vazifadir. Yaqin kelajakning avtomobillari – kimyoviy birikmalar keng ko’lamda ishlatilgan mashina bo’lishi muqarrar. Shuning o’ziyoq zamonaviy kimyo sanoatini tasavvur qilish uchun yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |