Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet71/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

GLОSSАRIY
Аdgеziya — qoplamaning himoyalash xususiyatini, ya'ni pardaning bo`yalayotgan yuzaga yopishish mustahkamligini bildiradi.
Polimer – plastmassaning asosiy elementi bo’lib, bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Polimer – tarkibi bo’yicha yuqorimolekulyar kimyoviy birikma, quyi (past) molekulyar birikmalardan polimerlash yoki polikondensatsiyalash yordamida sintetik yo’l bilan olinadi.
Polikondensatsiya - polikondensatsiya jarayoni shunday reaksiyaki, buning natijasida fazoviy strukturaga ega bo’lgan yuqorimolekulyar birikmalar hosil bo’ladi. Bunday tuzilmada molekulalarning alohida – alohida iplari bir – biriga ko’ndalang bog’lamlar bilan ilashadi va shu holda nafaqat molekulalararo ilashish kuchlari yordamida, balkim mustahkam kimyoviy bog’lamlar yordamida ham tutib turiladi. Polikondensatsiya reaksiyasida yo’ldosh (yondosh) mahsulotlar (suv, ammiak, vdorod xlorid va boshqalar) ajralib chiqadi. Masalan, fenolformaldegidli polimerning hosil bo’lish jarayoni quyidagicha kechadi:
C6H5OH + nCH2O → (-C6H4OHCH2 -) + nH2O
To’ldiruvchilar - polimerning hajmini kengaytirish va fizik-mexanik va boshqa xususiyatlarini (dielektrik, haroratbardosh) yaxshilash, shuningdek, qotish jarayonida cho’kishini kamaytirish uchun (ba’zi holatlarda hajm bo’yicha 10-20% ga yetadi) xizmat qiladi.
Plastifikatorlar – asta ta’sir etadigan, o’ziga xos yaratgich bo’lib, polimer zanjirlari orasiga suqilib, ularni ajratadi, qo’shni zanjirlarning atomlari orasidagi ta’sir kuchlari susayadi va zanjirlar erkin suriladigan bo’ladi. Masalan, qattiq materialdan yumshoq va elastic materialga o’zgarishi mumkin
Eskirish (oksidlanish)ga qarshi moddalar - plastmassa detallar ishlayotganda, ayniqsa, yuqori haroratlarda va yorug’lik ta’sirida oksidlanish jarayonini sekinlatadi.
Bo’yoqlar - plastmassa buyumlarga bezak berish uchun, ular namlikni va yorug’likni kamroq yutishi uchun qo’llanadi. Bular – mineral pigmentlar va organik bo’yoqlar bo’lib, plastmassa detallarning xizmat muddatini oshiradi, kimyoviy va termik bardoshliligini ko’paytiradi.
Surkamalar - yoki moylovchi moddalar plastmassalarning plastikligini yaxshilash va qolipga yopishib qolmaydigan qilish uchun qo’shiladi. Bu moddalarga shag’am (parafin), stearin, kaloqiy steorat kiradi.
Stabilizatorlar - (ingibitorlar) plastmassalarning dastlabki xususiyatlarini saqlab qolish uchun qo’shiladi. Zarurat bo’lganda plastmassalarga qotirgich moddalar (malein angidrid, geksametilendiamin va boshqalar) va qotish jarayonini tezlatuvchi katalizatorlar aralashtiriladi. Qotirgich moddalar suyuq tarkibni qattiq plastmassaga aylantirib beradi.
Mexanik mustahkamlik - cho’zish, siqish va bukishdagi mustahkamlik chegarasi va qattiqlik, zarbali qovushqoqlik bilan baholanadi
Issiqbardoshlilik Martens asbobida baholanadi. Buning uchun plastmassa detalga yuklama berib, harorati oshiriladi va deformatsiya boshlanadigan harorat aniqlanadi. Termoplastlar uchun ruxsat etilgan maksimal harorat 40-1000C oralig’ida 250-3500C haroratlarda aksar plastmassalarning strukturasi buziladi, ya’ni polimer parchalana boshlaydi.
Sovuqqa chidamlilik. Aksar plastmassalarning mexanik xususiyatlari , harorat pasayganda, yomonlashadi va shishasimon holatga o’tadi, mo’rt va sinuvchan bo’lib qoladi. Bu xususiyat termoplastlarda yaqqol ko’rinadi.
Namga chidamlilik. Plastmassalarning bu xususiyati nam sharoitda tutib turilgan detalning massasi 24 soatda qanchaga ko’paygani bilan baholanadi. Plastmassalarning suvga chidamligi to’ldiruvchiga bog’liq. Shimilgan suv plastmassa detalning dielektriklik xususiyatini, tashqi ko’rinishini yomonlashtiradi, minusli haroratlarda esa, qiyshayib ketishiga sabab bo’ladi.
Agressiv muhitlarga chidamlilik yoki kimyoviy bardoshlilik. Plastmassalarning turli kimyoviy reagentlar (kislotalar, ishqorlar, tuzlar va x.k.)ga munosabati kimyoviy bardoshlikni ko’rsatadi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling