Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet74/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Vulkanlash jarayoni. Bu ish oltingugurt yordamida bajarilganda, rezina aralashmasi ma’lum haroratgacha qizdiriladi va shu holatda ma’lum muddat ushlab turiladi; shunda oltingugurt atomlari ba’zi joylarda kauchuk molekulalari bilan qo’shaloq bog’lamlar hosil qiladi, molekulalari fazoviy strukturaga ega bo’lgan rezina-material paydo bo’ladi.
To’ldiruvchilar hamma turdagi rezinalar uchun kerak. Ular kauchuk hajmini oshiradi, demak, arzonlashadi. Bundan tashqari, ba’zi to’ldiruvchilar rezina sifatini yaxshilaydi: qattiqligi, mustahkamligi, uzilish va yeyilishga qarshiligi ortadi. To’ldiruvchi modda sifatida qoraqurum, talk, bo’r, rux oksidi va shu kabilar ishlatiladi.
Elastiklikmaterialning deformatsiyalanib, keyin o’z holatiga qaytishidir. Bu xususiyat rezinada katta. Cho’zilishda yaqqol namoyon bo’ladi va 18-200C sharoitda eng katta ko’rsatkichlarga ega bo’ladi.
Grunt qoplamaning birinchi qatlami bo’lib, bo’yaladigan yuzaga bevosita yopishadi, o’sha yuzaning keyingi qatlamlar bilan mustahkam bog’lanishini ta’minlaydi; tozalangan va yog’sizlantirilgan yuzaga 15-20mkm qilib suritiladi.
Shpatlevka materiali asosiy yuzadagi chuqurchalar va notekisliklarni to’ldirib, sirtni bir tekis qilish uchun xizmat qiladi.
Loklar – plyonka hosil qluvchi qattiq moddalarning organik eritgichlardagi eritmasidir. Ular asosida gruntlar, shpaklyovkalar va emal bo’yoqlar tayyorlanadi, shuningdek, tiniq qoplama hosil qilish uchun, emalli yuzani yaltiroq qilish uchun ishlatiladi.
Plastifikatorlar, qoplamalarning elastikligini yaxshilash maqsadida lok-bo’yoqlarga qo’shiladi; ular, shuningdek, lok-bo’yoqlarning yopishishqoqligini va issiqlik bardoshliligini oshiradi. Plastifikatori yo’q lok-bo’yoqlar tez eskiradi, darz ketib, bo’yalgan yuzadan ko’chib tushadi. Plastifikator sifatida suyuq va qattiq, uchmaydigan organic mahsulotlar: trikrezilfosfat, trifenilfosfat, kamfora, kanakunchut moyi va boshqa o’simlik moylari va termoplastik polimerlar ishlatiladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling