Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet73/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Polimetakrilatlar – metakrilli kislota efirining polimerlari bo’lib, list, granula, kukun va plyonka ko’rinishida ishlab chiqariladi.
POLIAMIDLARNING makromolekulasidagi asosiy zanjirda amid guruhi bor. Bu va metilen guruh o’rtasidagi nisbatga qarab, polimidlarning xususiyatlari (suv shimish, sovuqqa chidamlilik, elastiklik, erish harorati va boshqalar) har xil bo’ladi.
Polikarbonatlar – efirlar yoki ko’mir kislotasi xlor angidridlarini dioksibirikmalar bilan polikondensatsiyalab olingan termoplastik polimerlardir.
Poliefirli stekloplastiklar tarkibida shisha tolalar (tolalar, iplar qirqimi) va to’yinmagan poliefir qatronlar asosidagi bog’lovchilar bor.
Fenoplastlar eng ko’p ishlatiladigan plastmassa bo’lib, fenoformaldegidli qatronlar asosida olinadi.
Poliuretanlar diizotsiakatlarni ko’patomli spirtlar, oddiy yoki murakkab poliefirlar bilan reaksiyaga kiritib olinadi.
Etrollar – termoplastik material bo’lib, tsellyuloza efirlari, plastifikatorlar, stabilizatorlar, bo’yoqlar va boshqa komponentlardan tashkil topadi.
Presslash – reaktoplastlarni qayta ishlashning asosiy usullaridan biridir. Bu usulda qovushqoq – oquvchan holatgacha qizdirilgan press-material qolip (press-forma)ning matritsasi va puansani oralig’idagi bo’shliqqa bosim bilan beriladi.
Bosim ostida quyish usuli termoplastlar uchun ham qo’llanadi. Bunda material quyish mashinasining tsilindrida qovushqoq-oquvchan holatgacha qizdiriladi va oldindan yopib, sovutib qo’yilgan injeksiyali qolipga katta bosim bilan beriladi; buyum shakllanadi, keyin soviydi.
Ekstruziya – materialni ma’lum yuzali teshikdan ezib chiqarish usuli bo’lib, quyidagicha kechadi: kukun yoki granula material uskuna bunkeriga to’latiladi, undan shnek yordamida ekstruder kallagiga uzluksiz yetkazib turiladi, uzatilayotgan material ma’lum haroratgacha qizdiriladi.
To’zitish usuli metal yuzalarini korroziyadan saqlash, antifriksion qoplamalar hosil q ilish, ishqalangan yuzalarni qoplab, dastlabki o’lchamlarni tiklash uchun qo’llanadi.
Rezina tengi yo’q konstruktsion material bo’lib, texnikada keng ko’lamda ishlatiladi. Hozirgi vaqtlarda undan 40 mingdan ortiq buyumlar tayyorlanadi, asosiy iste’molchi avtomobil sanoati hisoblanadi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling