Avtomobil trasportini xisoblah va loyhalash boyicha masalalar yechish Reja


Download 0.85 Mb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1550101
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma’ruza № ochiq kon ishlarida transport tizimi avtomobil transpo

12.2-rasm. Karyerda avtomobil yо‘о‘llari.

Yо‘l qoplamasi betondan, asfaltobetondan, sementbetondan va shebenlardan iborat bо‘ladi. Yо‘l qoplamasi turi yо‘ldan foydalanish muddatini, harakat intensivligini, harakatlanuvchi sostav turi va maxalliy yо‘l qurilishi materiallarini hisobga olgan holda tanlanadi. Karyerlarda doimiy yо‘llarda, katta harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallar reysi 2000-3000 bо‘lganda) sementbeton yoki asfaltobeton qoplamalari qо‘llaniladi. Kam harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallarning reysi 1000-1500 bо‘lganda) shebenli qoplama qо‘llaniladi. Vaqtinchalik yо‘llar qoyali muxitda joylashgan bо‘lsa qoplamaga ega bо‘lmaydi, yumshoq muhitda joylashgan bо‘lsa gruntli qoplamaga ega bо‘ladi.


Qor kо‘chkisi kutiladigan yо‘l qismlarida qordan tо‘suvchi passiv va aktiv qurilmalar yasaladi. Qordan ximoya kiluvchi passiv vositalar qish paytida о‘rnatilib, ular shamol tomondan qorni tо‘sib qо‘yadi. Qordan ximoya kiluvchi aktiv vositalar balandligi 6 m bо‘lgan tayanchlarga osilgan tо‘siq devor bо‘lib, yul balandligidan 2 m balandga osiladi. Ularning ishlash prinsipi qor bо‘roni oqimi yoriq kengligigacha qisilib tezligi oshadi, natijada yо‘lni qor qoplamasdan о‘tib ketadi.
Avtomobil yо‘lini asosiy kо‘rsatkichi о‘tkazish kobiliyatidir. Avtomobil yо‘lining о‘tkazish qobiliyati – ma’lum bir uchastkadan vaqt birligida о‘tishi mumkin bо‘lgan avtosamosvallar sonidir. Karyer avtomobil yо‘llarining о‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun yо‘l fonarlari bilan yoritish yoki umumkaryer yoritkichlari bilan yoritish kо‘zda tutilgan. Avtosamosvallarning bir qator bо‘lib, bir yо‘nalish bо‘yicha harakatlanishida avtomobil yо‘llarining о‘tkazish qobiliyati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N=(600·kn.d)/ta=(1000·V· kn.d)/lb;
Bu yerda: ta – avtosamosvallar orasidagi vaqt intervali, m
V - avtosamovallarning harakat tezligi, km/s;
lb - avtosamosvallar о‘rtasidagi xavfsizlik masofasi, m;
kn.d=0,5÷0,8.
Avtosamosvallar orasidagi xavfsizlik masofasi avtosamosval tormoz yо‘lining uzunligi va avtosamosvalning о‘zining uzunligidan kelib chiqadi va 50 m dan kam bо‘lmasligi kerak.
Karyerdagi yо‘l harakati asosiy trassaning yuk oqimida ishchi gorizontlardan ag‘darmagacha о‘ng tomondan yurilib yо‘lni kesib о‘tmasdan xarakatning uzluksizligi ta’minlanadi.
Karyer avtotransportining harakatlanuvchi sostavining konstruktiv tuzilishiga kо‘ra ikki guruxga bо‘linadi:

  • avtosamosvallar;

  • yarimpritseplar.

Avtosamosvallar bu – ramada joylashgan kuzovdan iborat mashinadir. Yarimpritseplarning avtosamosvallarga qaraganda afzalliklari – bu katta yuk kо‘tarish quvvati, yoqilg‘i va ekspluatatsion xarajatlarining kamligidir. Karyer avtosamosvallarining asosiy parametrlari – yuk kо‘tarish quvvati, dvigatel quvvati, kuzov hajmi, g‘ildirak formulasi va burilishning minimal radiusidir. G‘ildirak formulasi – bu avtosamosval g‘ildiragi sonining sifrlarda ifodalanishidir.
M-n: 4x2. 1 sifr – g‘ildiraklarning umumiy sonini bildiradi.
2 sifr – yetaklovchi g‘ildiraklar soni.
Karyerlarda yuk kо‘tarish quvvati 27-75 t bulgan BelAZ tipidagi avtosamosvallar keng qо‘llaniladi.

Avtosamosvallar xarakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Parametrlari

Avtosamosvallar

KrAZ-256B

BelAZ-540

BelAZ-548

BelAZ-549

BelAZ-7519

BelAZ-7520

Gildirak formulasi

6x4

4x2

4x2

4x2

4x2

4x2

Yuk kо‘tarish quvvati,t

10

27

40

75

110

180

Og‘irligi (yuksiz), t

11,5

21

29

66

85

145

Kuzov hajmi, m³

6

15,8

21,7

37,8

44

90

Harakatning maksimal tezligi, km/s

62

55

50

50

52

50

Avtosamosval kengligi, m

2,65

3,48

3,8

5,36

6,1

7,64

Avtosamosval uzunligi, m

8,2

7,3

8,1

10,3

11,3

13,6

Burilishning minimal radiusi, m

10,5

8,5



10,0

11,0

12

15

Dvigatel quvvati, kVt

175

265

367

770

955

1690

100 km yо‘lga sarflanadigan yoqilg‘i sarfi, l

60

125

200

350

-

-

Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish.
Karyer avtomobil transportining ishi karyerdan qoplama jinslarni, foydali qazilmasi kam rudalarni ag‘darmaga, foydali qazilmalarni omborga yoki boyitish fabrikasi bunkeriga karyer avtoyо‘llarida tashishga xizmat qiladi. Avtotransportni zaboyda yuklashga kuyish usullari kuyidagilardan iborat 11.3. rasm:



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling