Avtomobil trasportini xisoblah va loyhalash boyicha masalalar yechish Reja
-rasm. Kombinatsiyalashgan transport sxemasi
Download 0.85 Mb.
|
Ma’ruza № ochiq kon ishlarida transport tizimi avtomobil transpo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.1 -r asm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni.
13.1-rasm. Kombinatsiyalashgan transport sxemasi.
a,b – avtomobilvatemiryо‘ltransporti; v – avtmobilvakonveyertransporti; g – avtomobilvakanatlikо‘targich; 1 – avtosyezdlar; 2 – qaytayuklovchipunktlar; 3 – temiryо‘lsyezdlari; 4 – drobika qurilmasi; 5 – konveyerlar; 6 – qayta yuklovchi bunker; 7 – skipli kо‘tarilma. Avtomobil va konveyer transporti kombinatsiyasi esa Karyerlarda yer sirtidan 120-150 metr pastda joylashgan eng chuqur gorizontlarda qо‘llaniladi. Bunda kon massasi yuqoriga eng qisqa masofalar orqali chiqariladi. Baland tog‘li hududlarda joylashgan karyerlarda, kon massasini 200-800 metr balandlikdan tushirish qiyin va xavfli bо‘lganda, shuningdek katta sarf xarajat talab etilganda, avtomobil trasnportini ruda tushirgich yoki osma kanatli yо‘llar bilan kombinatsiyalashgan holda qо‘llaniladi. Kon massasini tashishda avtomobil transportini qо‘llash. Karyerlarda avtomobil transporti keng qо‘llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham yuqori unumdorligi va temir yо‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir. Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bо‘lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bо‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bо‘lgan hollarda karyerda keng qо‘llaniladi. Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha tashish va tо‘kishdan iborat. 12.1-rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni. Karyerlardagi avtomobil yо‘llaridan foydalanish sharoitlariga qarab yо‘llar kapital va vaqtinchalik yо‘llarga bо‘linadi. Kapital yо‘llar doimiy uchastkalarda, yer yuzasida, transheyalarda va transport bermalarida quriladi. Kapital yо‘llar yо‘l qoplamasiga ega. Vaqtinchalik yо‘llar zaboylarda, ishchi maydonchalarda, suriluvchi tushish joylarida va ag‘darmalarda quriladi. Ular pog‘ona va ish frontining siljib borishi bilan davriy о‘zgarib turadi va yо‘l qoplamasiga ega emas. Yо‘llar yuk zichligi, bir kilometr uzunlikdagi yuk miqdori yoki harakat uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga о‘tgan mashina soni bilan xarakterlanadi. Yuk kо‘tarish va harakat uzluksizligi bо‘yicha kapital yо‘llar uch kategoriyaga bо‘linadi va о‘z qoplamalari xususiyatlari ularning kо‘rsatkichlari bilan farqlanadi. Kapital avtomobil yо‘llari asosan kyuvetlar, suv uzatuvchi ariqcha, ag‘darma, yо‘l о‘tkazgich qurilma, kо‘prik, yо‘l qoplamasi о‘tkazuvchi qism va obochinalardan tuzilgan. Obochina kengligi 1-2 m ni tashkil etadi. Lahimlarda joylashgan yо‘llar trapetsiya shakldagi enliligi 0,4 m bо‘lgan yon kyuvetlar (chuqukurligi 0,8-0,9m) ga ega bо‘lishi kerak. Yо‘l parametrlari о‘tish qismining kengligi, burilish radiuslari, bо‘ylama yо‘nalishdagi qiyalik, kо‘ndalang muyulishdagi qiyalik va eng qisqa qurish masofalaridan iboratdir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling