Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Transmission moylarning qovushoqlik-harorat xususiyat-lari


Download 0.77 Mb.
bet16/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Transmission moylarning qovushoqlik-harorat xususiyat-lari. Traransmission moylarning ekspluatatsion xususiyatlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdan biri uning qovushoqligidir. Bu xususiyat transmissiya agregatlarining foydali ish koeffitsiyentiga va avtomobilning o‘rnidan qo‘zg‘alish imkoniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Transmission moyning qovushoqligi yuqori yuklanishdagi sir-panib ishlayotgan detallar ish sirtlarida moy qatlamini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega . Yeyilish va tirnalishga qarshi qo‘shilma-lar qo‘shilgan tranmission moylar qovushoqligining past bo‘lishi transmissiya agregatlari karterlarining zachlanishining ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Salnik va boshqa zichlagichlarning holati yaxshi bo‘lganida moyning qovushoqligini 5 mm2/s gacha pasayt-irish mumkin.

O‘rtacha ish haroratlarida moy qovushoqligi, agregatdagi ich-ki ishqalanishlarni yengishga sarflanadigan energiya yo‘qotilishi agregatning foydali ish koeffitsiyentini kamaytirishga olib keladi-gan miqdordan ortib ketmasligi lozim.

Eng past ish haroratlarida esa moy qovushoqligi avtomobillar­ ning o‘rnidan bemalol qo‘zg‘alishiga, ya’ni agregatlarini qizdirmay ishga tushirishga imkon berishi lozim. Bu ko‘rsatkich har bir avto-

mobildagi agregatlar soni va ularning konstruksion xususiyatlariga va avtomobilning tortish-dinamik tavsifiga bog‘liq.


100°C da barcha mavsumda ishlatiladigan transmission moy-lar uchun kinematik qovushoqlik 1–20 ga, shimolda ishlatiladi-gan moylar uchun 9–10 ga, gidromexanik moylar uchun 7 ga, rul boshqarmasining gidravlik kuchaytirgichida ishlatiladigan maxsus moylar uchun 4 mm2/s ga teng.

Moylash xususiyati. Transmission moylarning moylash xususi-yati deganda moyni metall sirtlarda yig‘ilib adsorbsiyalanib chega-raviy qatlam deb ataluvchi moy pardalarini hosil qilishi tushuniladi.
Moy qatlamiga tushadigan bosimning ortishi yoki suyuqlik yor-damida moylash (5. 3- a rasm)ni ta’minlanishiga qarshilik ko‘rsa­ tuvchi boshqa ta’sirlar natijasida detallar orasidagi tirqish kamayadi­ va bu jarayon sirpanuvchi detallar sirtida hosil qilingan chegaraviy qatlamlar bir-biriga tekkunga qadar davom etadi (5. 3- b rasm). Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan chegaraviy qatlamlar yukla­ nish yo‘nalishiga chek qo‘yadi.

Moyning moylash xususiyati tufayli shu ko‘rinishda sodir bo‘li-shi mumkin bo‘lgan quruq ishqalanish chegaraviy ishqalanishga aylantiriladi. Suyuqlik va chegaraviy ishqalanish birgalikda trans-missiya agregatlarining yeyilish jadalligini kamaytirishni va foyda-li ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Chegaraviy ish-qalanish rejimi juda beqaror bo‘ladi. Agar sirtdagi ta’sir qilayotgan yuklanish ilashish kuchidan (moy pardasining mustahkamligidan) ortib ketsa, chegaraviy qatlam yemiriladi, sirpanuvchi sirtlarning tegish joylarida esa quruq ishqalanish yuzaga keladi (5. 3- d rasm), buning natijasida ishqalanish koeffitsiyenti ortadi va detallarning yemirilishi jadallashadi. Bunday og‘ir ish rejimida ishlaydigan agregatlarning sirpanuvchi detallar sirtida mustahkam va issiqlik ta’siriga chidamli bo‘lgan parda hosil qilishi uchun moy tarkibiga oltingugurtli va fosforli yemirilishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shila-di. Buning natijasida detal sirtida ikkita qatlam, ya’ni avval yemi-rilishga qarshi qatlam, uning ustida esa chegaraviy qatlam hosil bo‘lishiga erishiladi (5. 3- e rasm). Harorat ko‘tarilib, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi kamayganida moyning moylash xusu-siyati ancha pasayadi.




  1. 3- rasm. Avtomobil transmissiyasidagi ish jarayonida uchraydigan moylash turlarining sxematik ifodasi.

Juda ham og‘ir ish sharoitlarida ishlaydigan uzellarda, masa­ lan, gipoidli uzatmalarda quruq ishqalanish hosil bo‘lishi hisobiga yemirilish va timalishlarning kelib chiqishiga to‘la barham beril-magan. Tirnalishga qarshi qo‘llaniladigan usullarning eng sama-ralisi moy tarkibiga tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shishdir. Tirnalishga qarshi qo‘shilmalarning ta’sir mexanizmi yemirilishga qarshi qo‘shilmalar kabi bo‘lib, sirpanuvchi detal sirtida tirnalishga qarshi moy pardasini hosil qiladi.

Odatda, ishqalanishning bunday aralash rejimi mexanizmlarni ishga tushirishda, yuklanish va ish harorati ortib ketganida, qo-vushoqligi mos kelmaydigan moy ishlatilganida yoki ishqalanuv-chi sirtlarga yetarli moy berilmaganida yuzaga keladi. Suyuqlikli ishqalanish ko‘pincha moyga abraziv mexanik aralashmalar tush-ganida buziladi. Suyuqlikli ishqalanish mexanizm, agregat, uzel­ ning barcha ish rejimlarida ta’minlanmaydigan hollarda moy par-dasi qancha mustahkam bo‘lsa, detallar shuncha kam yeyiladi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling