Biznes jarayonlarini boshqarish” fanidan yozgan 2-amaliy ishi. Keys stadi ish jarayonida yuzaga keladigan muommolar hamda ularning yechimini tahlil qilish kerak Asosiy muommo
Download 11.54 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muommoning ijobiy tomonga o’zgarishi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti AKTSIM Fakulteti 120-20 guruh talabasi Sobirov Sohibning “Biznes jarayonlarini boshqarish” fanidan yozgan 2-amaliy ishi. KEYS STADI Ish jarayonida yuzaga keladigan muommolar hamda ularning yechimini tahlil qilish kerak Asosiy muommo: Yoppasiga issiqxonalarni gazdan uzish. Nizoli vaziyatning tus olinishi: Buxoro viloyatida tabiiy gaz bilan isitiladigan 323 ta issiqxona bor. Ularning 300dan ortigʻiga ogohlantirish xatlari berilgandi. Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishdan soʻng viloyatda hozirgacha 80ga yaqin issiqxona shartnoma qilinib, tabiiy gazga ulandi. Birgina Romitan tumanining oʻzida 150dan ortiq issiqxona bor. Ularning aksariyatida eksport uchun pomidor yetishtiriladi. Bu minglab tonna hosil va millionlab dollar mablagʻ degani. Shu sababli qoʻllariga ogohlantirish xati yetib kelgan yoki issiqxonasi gazdan uzilgan “parnik”chilar xavotirga tushdi. Agar oʻsha kunlarda havo harorati tushib ketganida hosil bilan birga qilingan mehnat va xarajat ham yoʻqqa chiqar edi. Tumandagi «Agro generous profusion» MChJ ish yurituvchisi Hoshim Jalolovning taʼkidlashicha, tabiiy gaz boʻlmagan kunlari pomidor koʻchatlari “stress” olgan: “2 kun gaz uzildi. Hozir yana ulab berishdi. Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan. Mana, endi bu yogʻi yana iziga tushib ketadi. Agar tabiiy gaz ulab berilmaganida kuyardik, shuncha hosilni saqlab qolib boʻlmasdi. Hosilimiz yomon emas. Gaz uzilganida koʻchatlarimiz “stress” oldi. Endi ularni yana oʻzining holatiga keltirish kerak”. “Issiqxonamiz 2 gektar. 1 avgust kuni pomidor koʻchati oʻtqazganmiz. Xudo xohlasa, yil yakuni bilan tayyor boʻla boshlaydi. Eksportyor korxonamiz. 200 000dollar atrofida eksport qilish niyatim bor. Chet davlat bilan shartnoma qilganmiz. Toshkentdan topshiriq boʻldi, deb tabiiy gazni uzishgandi. Shartnomamiz, oldindan toʻlovimiz bor edi. Mana, bugun ertalab qayta ulab, yoqib berishdi, muammo yoʻq. Hozircha hammasi joyida. Qozonxonalarimiz tabiiy gazga moslashgan. Koʻmir bilan isitishning iloji yoʻq. Chunki zamonaviy issiqxonalar balandligi 8 metr. Faqat gaz bilan isitish mumkin. Agar tabiiy gazni ulab berishmaganida 3-4 mlrd soʻmlik hosilimiz nobud boʻlardi”, — deydi tumandagi “M.M.Agrolant” MChJ rahbari Shuhrat Sharipov. Muommoning ijobiy tomonga o’zgarishi: Romitan tumani gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi Zahriddin Qobilovga koʻra, hududdagi oʻnga yaqin tabiiy gazdan uzib qoʻyilgan issiqxona tarmoqqa qayta ulab berilgan. Hozirda ikki tomonlama shartnoma qilish va “parnik”larni gazga ulash ishlari davom etmoqda. “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmatining Kun.uz’ga maʼlum qilishicha, viloyatda tabiiy gaz bilan isitiladigan 323 ta issiqxona bor. Ularning 300dan ortigʻiga ogohlantirish xatlari berilgan. Hozirgacha 80ga yaqin issiqxona shartnoma qilinib, tabiiy gazga ulangan. Avvalroq respublika boʻylab issiqxonalarni gazdan uzish boshlangani, tadbirkorlar gaz taʼminoti korxonalarining bu harakatlaridan norozi boʻlayotgani haqida xabar berilgandi. Issiqxonalarni gaz taʼminotidan uzish holati boʻyicha tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan mazkur masalani koʻrib chiqish uchun administratsiya rahbari Sardor Umrzoqovga tegishli topshiriq bergandi. Xulosa: Kelajakda yana ushbu muommolarga duch kelmaslik uchun har bir issiqxona o’zining isitish tizimini tartibga solib qo’yishi kerak. Masalan quyosh fotoelktrostansiyasini o’rnatib, ko’mirga isitiladigan isitish tizimini yo’lga qo’yish kerak, bundan tashqari har bir ishni qonun asosida amalga oshirish kerak. Ushbu holat yana takrorlanmasligiga hech kim kafolot bera olmaydi. Shunday ekan hamma bu holatlarni ko’zda tutishi lozim va lobuddir. Download 11.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling