Ta’lim sifatini oshirishdagi islohotlar, muommolar va ularning yechimlari
Download 32.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqtalim sifati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 Ta’lim sifatini oshirishdagi islohotlar, muommolar va ularning yechimlari O.Raupova U.A.Maxmonov TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, ularning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar berilgan. Shuningdek oliy ta’lim tizimida kuzatilayotgan ayrim muammolar haqida ham bayon etilgan. Kalit soʻzlar: oliy ta’lim tizimi, islohot, konsepsiya, muammo, mobillik. Reforms, problems and their solutions in improving the quality of education O.Raupova U.A.Maxmonov Karshi Institute of Irrigation and Agrotechnology of TIAMMI NRU Abstract: This article provides information on the ongoing reforms in the higher education system and their importance. It also addresses some of the challenges facing the higher education system. Keywords: higher education system, reform, concept, problem, mobility. Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish yo’lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar, shubhasiz, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Endilikda oliy ta’lim muassasalarining vazifasi bo’lajak mutaxasislarga faqat bilim berish emas, balki ularning shaxsini shakllantirish, ularda amaliy va kasbiy ko’nikmalarni, malakalarini shakllantirish, ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish, ularda kreativlik qobiliyatini shakllantirish ham kiradi. Bugungi kunda universitetlarning ta’lim berish faoliyati yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, mas’uliyatni oʻz zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta’lim olishni eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda [1]. Mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovasion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o’quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovasion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko’plab aniq yo’nalishlar belgilab berilgan [1]. 2018 yil 5 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3775-sonli qarori qabul qilindi va unda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909 sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli Qarorlari muhim ahamiyat kasb etib, mazkur hujjatlar asosida oliy ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish orqali tayyorlanadigan mutaxassislar va oliy malakali kadrlarni jahon intellektual mulk bozorida yuqori baholanishini kafolatlovchi yangi sifat darajasiga koʻtarishning 2017-2021 yillarga moʻljallangan kompleks dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur doirasida xorijiy davlatlarning universitet va institutlarida yuzlab talabalarimizning oʻqishi, va aksincha, mamlakatimiz OTMlarida nufuzli xorijiy professor-oʻqituvchilarni ishlashi yoʻlga qoʻyildi. Bu yutuqlar asosan oliy ta’limni yangicha tashkiliy shakllari va yoʻnalishlariga taalluqli boʻlib, ta’lim sifati va samaradorligi yuksaltirish boʻyicha hali koʻplab muammolar oʻz yechimini kutib turibdi. Jumladan, ta’limni boshqarishning optimal usullarini ishlab chiqish, maqsadli moliyalashtirish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirishning yangi shakllarini joriy qilish, talabalar bilimini baholash va uni doimiy monitoringini olib borish, ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kontrakt mablag’lar miqdorini aholining daromadidan kelib chiqqan holda belgilash va h.k [2]. Bundan tashqari oliy ta’lim tizimidagi muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Ayni vaqtda jamiyatning ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlik bilan axborotlar oqimi kirib kelmoqda va shiddat bilan tarqalmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish va saralab olish, qayta ishlash, umumlashtirish, xulosalash hamda eng toʻgʻri ma’lumotlarni talablarga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi1. Mobillik darajasi yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar kontengentini shakllantirishni, ularni xorijiy ta’lim va ilm-fan muassasalari, mamlakat ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bog’lanishlarini mustahkamlash2; Oliy oʻquv yurtlari bilan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar hamkorligining chuqur va mukammal yoʻlga qoʻyilmaganligi. Buning natijasida talabalarning hozirgi zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalarga borib, muammosiz va qiyinchiliksiz ishlab ketishlarini ta’minlash uchun zaruriy bilimlarga ega boʻlishida muammolar yuzaga kelmoqda. Oliy ta’lim tizimida kuzatiladigan muammolardan yana biri, bu moddiy-texnik bazaning yetishmasligi va mavjudlarining zamon talablariga mos emasligidir. Bu oʻz navbatida darslarning siaftiga salbiy ta’sir etadi, talabalarning zamonaviy oʻlchash asboblari, zamonaviy oʻlchash qurilmalari va oʻlchash tizimlari, zamonaviy texnik vositalar va boshqalar haqida yetarlicha bilimlarga va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasligiga olib kelmoqda. Yuqorida qayd etib oʻtilgan birinchi muammoning yechimi bevosita fan oʻqituvchilari va OTM rahbariyati hamkorligida haletilishi mumkin. Bunda fan oʻqituvchisi Internet tarmogʻidagi, ijtimoiy tarmoqlardagi va turli axborot vositalari yordamida yoritib borilayotgan yangiliklardan, ya’ni oʻzi oʻqitayotgan fan sohasiga oid yangiliklar va ma’lumotlardan doimiy tarzda xabardor boʻlib borishi, axborotlarni tahlil qilishi va saralab olishi talab etiladi. OTM tomonidan esa bu borada oʻqituvchiga tegishlicha amaliy yordam koʻrsatib borilishi va tegishlicha talablar belgilanishi kerak boʻladi. Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarda ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan bog’liqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli oliy oʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalari va xizmat koʻrsatish sohasidagi tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq boʻlar edi. Moddiy-texnik bazaning yetishmasligi va mavjudlarining zamon talablariga mos emasligi masalasini hal etishda OTM rahbariyati tashabbuskor boʻlishi lozim. Bunda kerakli asbob-uskunalarni, jihozlarni faqat chetdan sotib olishnigina emas, balki ichki imkonoyatlardan foydalangan holda, iqtidorli professor-oʻqituvchilar va talabalardan foydalangan holda ishlab chiqishni ham reja qilish kerak boʻladi. Oliy ta’lim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy ma’lumot olmoqchi boʻlgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Aniqroq aytganda, yoshidan qat’iy nazar, oliy ma’lumotni kunduzgi, kechki va sitqi ta’lim shaklida olishga sharoit yaratildi. Ya’ni mamlakatimizning har bir fuqarosi yoshi, millati va elatidan qat’i nazar, oʻzining Konstitusion huquqlaridan to’liq foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tashqari, mehnat staji, ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolar oʻzlari ishlayotgan korxonaning yuqori tashkilotlari tavsiyasi bilan imtihonsiz, suhbat asosida oliy oʻquv yurtiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jumladan, kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini 2021/2022 oʻquv yilida davlat OTMlarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga oʻqishga kirishi uchun Respublikamizdagi 71 ta tashkilotga tavsiya berish huquqi berildi. Ular tomonidan berilgan yoʻllanmaga koʻra, ishlovchi xodimlar imtihonsiz, suhbat natijalariga koʻra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilish qoidasining kiritilishi xalqimiz uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Har bir tashkilot 100 tagacha xodimiga shunday yoʻllanma berishi mumkinligi ham qayd etildi. Oliy ta’lim islohotining bu qoidasi bozor munosabatlarining mohiyatiga ham moslandi [3]. Umumiy xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning tayyorlanish sifati qanchalik yuqori boʻlsa, ular zamonaviy bilimlarni qanchalik yuqori darajada egallagan boʻlsa, mamlakat iqtisodiyotining asosiy boʻgʻinlari boʻlgan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tarmoqlarining rivojlanishiga, takomillashuviga va sifatning oshishiga xizmat qiladi. neg yuqori sifatli mahsulot va xizmat jamiyat a’zolarining roziligiga, mazmunli hayot kechirishga va mamlakatda tinchlikning ta’minlanishiga olib keladi. Download 32.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling