Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Yog‘och buyumlarni biriktirish uchun yelimlar
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori haroratlarda ishlatiladigan yelimlar.
- Kauchuk asosidagi yelimlar.
- Qoplama materiallar
Yog‘och buyumlarni biriktirish uchun yelimlar. Yog‘och buyumlarni biriktirish uchun karbamid yelimlaridan foydalaniladi. Biriktirish qotirgichlaridan foydalanilgan holda xona haroratida (16–24 soat) yoki bir oz qizdirib bajariladi. Biriktiriladigan detal-
302 lar bir-biriga 0,05–0,5 MPа (0,5–5,0 kgk/sm2) bosim bilan siqilishi kerak. Kirishishni kamaytirish uchun to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Yuqori haroratlarda ishlatiladigan yelimlar. Yuqori harorat-larda ham ishlay oladigan birikmalar hosil qilish uchun kremniyor-ganik birikmalar asosida tayyorlangan yelimlardan foydalaniladi. Ular ichida issiq holda ham, sovuqlayin ham qotadigan yelimlar bor (sovuqlayin qotadigan yelimlarning issiqqa chidamliligi past) BK–8, BK–15 yelimlari bilan hosil qilingan birikmalarni qisqa muddat 1000–1200C gacha qizdirish mumkin. So‘nggi yillarda epoksid yelimlar va pastalar keng tarqaldi. Ular yordamida istalgan materiallarni o‘zaro va boshqa materialga mustahkam biriktiriladi. Ular bilan sovuqlayin ham, issiq holda ham biriktirish mumkin. Kauchuk asosidagi yelimlar. Rezinalarni o‘zaro (masalan, avtomobil kameralarini ta’mirlashda), shuningdek, rezinani shisha, metall va boshqa materiallarga biriktirishda sovuqlayin qotadigan rezina yelimlaridan (BKP–15, 16, 17, КЛМ–1,4508 va boshqalar) foydalaniladi. Ular tabiiy yoki sintetik kauchuklarni organik erituv chilarda, ko‘pincha «Галоша» benzinida (benzinning 80–120°C haroratlar oralig‘ida qaynab bug‘lanadigan tor fraksiyasi) eritib tayyorlanadi. Xona haroratida yelimlab biriktirish uchun 24 soat kifoya. Lekin sovuqlayin yopishtirilgan birikmaning mustah kamligi, issiqqa chidamliligi past (60–80°C) bo‘ladi (BKP–16, 17 yelimlarniki 150°C). Qaynoq holda vulkanizatsiyalash jarayoni 140– 150°C haroratda bajariladi. Bunda olinadigan birikmalarning mustahkamligi ko‘pincha asosiy materialnikidan qolishmaydi. Vulkanizatsiyalanmaydigan kauchukdan tayyorlangan buyumlar-ni po‘lat, aluminiy, jezga mustahkam yopishtirish uchun qaynoq leykonat yelimidan foydalaniladi. Birikma 150°C gacha haroratda ishlay oladi. Tayyor yelimni 1,5 yil saqlash mumkin. Bu yelim elas-tik, neft mahsulotlari ta’siriga chidamli birikma hosil qiladi. O‘z-o‘zidan vulkanizatsiyalanadigan 88H va 88НП yelimlari-dan amalda foydalanish qulay (yelim tarkibida vulkanizatsiyalani shni tezlatgich va faollashtirgich bo‘lgani sababli u xona haroratida bir sutka davomida vulkanizatsiyalanadi) olingan birikma ancha 303
Yelimlab biriktirish jarayoni sirtlarni ma’lum darajada tayyor-lashni talab qiladi. Mustahkam birikma olish uchun sirtlar bir xil g‘adir-budurlikka ega bo‘lishi kerak. Buning uchun aluminiy, qalay, keramika, chinni, rezina kartonga jilvir qog‘oz bilan, qora metallar, qattiq qotishmalar, ba’zi plastmassalarga pitra bilan ishiov beriladi. Yog‘och buyumlar egov bilan tozalanadi. Ba’zi metall va qotishmalar (aluminiy, magniy, mis, xromlangan buyumlar) uchun sirtlarni kislota yoki ishqorli vannalarda xurushlashga va boshqa operatsiyalarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Polietilen va ba’zi boshqa plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga sulfat kislota eritmasi bilan ishiov beriladi. Yopishtirishdan oldin detallar benzin, aseton, yuvish vositalari bilan yog‘sizlantiriladi. Yelimlab biriktirilgan de-tallar ta’mirlanayotganda ulardagi eski yelimni qirib tashlash zarur. Bo‘yalgan sirtlar yuvish vositalari bilan yuviladi va jilvir qog‘oz bilan ishqalanadi (kuch tushmaydigan konst-ruksiyalarning sirtlari) yoki bo‘yoq qatlami butunlay qirib tashlanadi. Tayyorlangan sirt-ga yelim, odatda, cho‘tka bilan kamdan kam hollarda pulveriza-tor yoki shpatel bilan yelim pastalari surtiladi. Bu jarayonni me xanizatsiyalashtirish uchun ko‘pincha yelim surtadigan jihozlardan foydalaniladi. Odatda, biriktiriladigan sirtlar va yelim pardasining issiqdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti turlicha bo‘ladi. Shu sababli yelimni sirtga mumkin qadar yupqa qilib surtish zarur. Faqat shun-dagina birikma mustahkam chiqadi. Yelim pardasining qalinligi 0,25 mm dan oshmasligi kerak. 304
2. Qoplama materiallar Turli qoplartia materiallar haydovchilarning ish sharoitini yax-shilash uchun yengil avtomobillar, avtobuslar salonlarini, yuk avto-mashinalari kabinalarini issiqlik va tovushdan izolatsiyalashda ish-latiladi. Qoplama materiallar yetarli darajada mustahkam bo‘lishi, foydalanish jarayonida tez yemirilmasligi va o‘z tashqi ko‘rinishi-ni uzoq muddat saqlab turishi, neft mahsulotlari ta’sirida o‘z xu-susiyatlarini va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasligi, iflosliklardan (chang, yog‘ va moy qoldiqlari) oson tozalanishi, ko‘rkam bo‘lishi bilan birga kamyob va qimmatbaho bo‘lmasligi lozim. Qatlama movut, tukli duxoba, reps, parusina kabi tabiiy gazlamalar ko‘p ishlatiladigan materiallar hisoblanadi. Hozir qoplama materiallar ichida tabiiy materiallarga nisbatan qator afzalliklarga ega bo‘lgan neylon kapron, lavsan kabi sintetik materiallar asosiy o‘rinni egal-laydi. Ularning assortimenti muntazam ko‘payib bormoqda. Bun-dan tashqari, sintetik smolalar shimdirilgan turli polotnolar ham ishlatiladi. Salonlar va kreslolarni qoplash uchun sun’iy teri, plyon-ka materiallar ishlatiladi. Trikotaj yoki gazlama asosida tayyorlan-gan sun’iy terilar nitro teri, vinilli teri, elastik teri (neft mahsulotlari ta’siriga chidamli) deb ataladi. Plyonka materiallar rasm tushirilgan xira tekis sirtga ega bo‘lgan plyonkalardir. Yuk avtomobillari va avtobuslarning o‘rindiqlari va suyanchiqla-rini qoplashda dermantin (bir tomoni nitroemal ko‘rinishidagi qoplama bilan qoplangan), tekstovinit (bir tomoni tekstovinit plas- 305
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling