Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Avtomobillar salonlarini (kabinalarini) bezash uchun poli vinilxloridli plyonka materiallar
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0,4 turi 0,4T turi P turi
- To‘qima qoplama materiallar.
- Sun’iy charm.
Avtomobillar salonlarini (kabinalarini) bezash uchun poli vinilxloridli plyonka materiallar. Bu materiallar polivinilxlorid-ga plastifikatorlar, stabilizatorlar va boshqa qo‘shimchalar qo‘shib olinadi. Ularni minus 40°C dan 80°C haroratlarda ishlatish mum-kin. Ular uch xil markada ishlab chiqariladi:
0,4 turi eshiklarning ichki qismini qoplashda ishlatiladi; 0,4T turi avtomobil saloni (kabinasi) shiftini va quyoshni to‘sish soyabonini qoplashda ishlatiladi; P turi sovitish tizimi uchun qistirmalar ishlab chiqarishda foy-dalaniladi. Polivinilxloridli plyonka materiallar 40 m dan kam bo‘lmagan o‘ram ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 0,4 va 0,4T turidagi plyonka materiallar (60 ± 2)°C haroratda 100 soat davomida tutib turilgani-da ham o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Avtomobillarning salonlariga (kabinalariga) ishiov berishda foydalaniladigan polivinilxloridli materiallarning fizikaviy-mexa nikaviy xususiyatlari:
306
To‘qima qoplama materiallar. Yengil avtomobillar va avto-buslarning salonlarini, yuk avtomobillarining kabinalari devorlari, shiftlari, eshiklari, o‘rindiqlari va boshqa detallarini qoplashda to‘qima materiallardan keng foydalaniladi. To‘qima materiallar yuqori estetik va gigiyenik xususiyatlarga ega bo‘lganligi tufayli avtomobillarning komfortabelligini ta’minlashda muhim ahamiyat-ga ega. Quyida to‘qima va sun’iy qoplama materiallarining gigiyenik xususiyatlarini taqqoslash uchun ma’lumotlar keltirilgan:
Qoplama materiallar ishlab chiqarishda tabiiy tolalardan kam foydalaniladi. Sherst va yarim sherst materiallar yuqori klassdagi avtomobillarning o‘rindiqlarini qoplashda ishlatiladi. Poliamidli va poliefirli iplardan keng foydalaniladi. Qoplama materiallarining muhim xususiyatlaridan biri ularning quyosh nuri ta’siriga chidamliligidir. Tabiiy sherst materiallarining quyosh nuri ta’siriga chidamliligi yuqori. Sintetik gazlamalarning ultrabinafsha nuri ta’siriga chidamliligi turlicha: poliamid asosi-dagi gazlamalarning chidamliligi ultrabinafsha nuri ta’siriga chi-damsiz, poliefir asosidagi gazlamalarning chidamliligi esa yuqori. Poliakrilonitril asosidagi to‘qima materiallarning ham quyosh nuri ta’siriga chidamliligi yuqori. 307
Sun’iy charm. Avtomobilsozlikda qoplama material sifatida eng ko‘p ishlatiladigan materiallardan biri sun’iy charmdir. Sun’iy charm avtomobillarning yostiqchalarini, o‘rindiq suyanchiqlarini, salon shiftini, yon panellarni va boshqa detallarni qoplashda ishla-tiladi. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan sun’iy charm yuzasiga poli vinilxlorid qoplangan to‘qima asosdan iborat. To‘qima asos sifatida tabiiy (paxta), sintetik (poliamid va poliefir), sun’iy yoki aralash tolalardan foydalaniladi. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan sun’iy charmlar, asosan, uch turda ishlab chiqariladi: gazlama asosidagi viniliskoja – BO–T; trikotaj asosdagi viniliskoja – BO–TP; asosi gazlama bo‘lmagan viniliskoja – BO–HT. Sun’iy charmni minus 40°C dan yuqori haroratlarda ishlatish mumkin. Havo o‘tkazuvchanligi 0,02–0,35 sm3/(sm2 · s). Avtomobillarning salonlari (kabinalari) shiftini qoplash uchun maxsus markadagi (viniliskoja – TP, viniliskoja – HT, viniliskoja – T ИКАП) sun’iy charmlar ishlab chiqariladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling