Geodezik xujjatlar, texnik topshiriq, ishchi loyiha va ishchi xujjatlar;
Muhandislik texnik izlanishlarni loyiha hujjatlarini tayyorlash va ularni asoslash uchun zarur bo‘lgan aniq va to‘liq ma’lumotlarni olish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar shaharsozlik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va boshqa chiziqli inshootlarni qidiruv - loyixalashda geodezik va topografik ishlarni bajarishdan avval ShNQ 1.02.07- 15 “Qurilish uchun muhandislik texnik izlanishlari” Umumiy qoidalar - ga asosan texnik topshiriq va texnik loyiha (ish dasturi) tayyorlanadi.
Qidiruv-izlanishlar tashkilotiga texnik topshiriqni qoidaga ko‘ra, pudrat va pudratchining pudrat tashkilotlari bilan kelishgan holda, loyiha tashkiloti - bosh loyihachi beradi.
Buyurtmachi texnik topshiriq tuzish uchun, zarur bo‘lgan taqdirda qidiruv-izlanish tashkilotini jalb qilishi mumkin.
Buyurtmachi va ijrochi bir tashkilotdan bo‘lgan hollarda, texnik topshiriqni buyurtmachi tomonidan loyiha bosh muhandisi imzolaydi va tashkilot rahbari (rahbar o‘rinbosari) tasdiqlaydi.
Buyurtmachi tomonidan berilgan texnik topshiriq ob’ektdagi barcha muhandislik izlanishlari komplekslari uchun yoki muhandislik izlanishlarining har-bir turi va bosqichlari uchun alohida tuzilishi kerak.
Texnik topshiriqlar ularni bergan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Favqulodda hollarda texnik topshiriq buyurtmachining rasmiy xati asosida, qidiruv-izlanish tashkiloti tomonidan tuzilishi mumkin. Bu holda texnik topshiriq buyurtmachi tomonidan kelishilishi va tasdiqlanishi lozim.
Texnik topshiriq bo‘lmasa, yoki u mazkur normalar va qoidalar, hamda izlanishlar va loyihalash bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar talablariga javob bermasa, muhandislik izlanishlarini bajarish taqiqlanadi.
Muhandislik izlanishlarini olib boruvchi tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari muhandislik izlanishlari materiallarining to‘liqligi va aniqligi uchun qonunchilikda belgilangan doirada javobgardirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |