Avtomobil yo‘llarini qidiruv-loyihalashdagi geodezik ishlarning xususiyatlari va tarkibi Reja


Download 58.87 Kb.
bet3/7
Sana02.06.2024
Hajmi58.87 Kb.
#1833428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avtomobil yolari geodezik ishlarning xususiyatlari

Texnik topshiriq − buyurtmachi tomonidan ob’ektda barcha qidiruv ishlarning majmuasini yuritish bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, bu hujjat bajaruvchiga loyiha korxona orqali yuboriladi. Texnik topshiriq tarkibi qidiruv ishlarini to‘liq olib borish uchun ShNK 1.02.07-15 ko‘ra:
−topografo−geodezik ishlarni bajarish uchun asos;
−obektni nomi va joylashgan joyi;
− loyiha tashkiloti;
−qurilish turi va muddatlari;
−planli va balandlik koordinatlari bo‘yicha malumotlar;
−avval bajarilgan geodezik va topografik ishlar to‘g‘risidagi malumotlar;
− hududlar, maydonlar joylashishi haqida, shu jumladan trassa variantlari to‘g‘risida malumotlar;
− avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va boshqa chiziqli inshootlarning trassasini joyiga ko‘chirish (trassalash) va ularga qo‘yilgan texnik talablar, loyiha variantlari, tutashuv nuqtalari to‘g‘risida ko‘rsatmalar;
− loyihalanayotgan inshooatning tavsifi, loyiha malumotlari va ularni atrof-muhitga tasiri;
− qidiruv ishlarining tarkibi, aniqligi, bajarish muddatlari, hisobot materiallarini shakli bo‘yicha talablar bilan yoritiladi.
Texnik topshiriq matniga avtomobil yo‘llari temir yo‘llar va boshqa chiziqli inshootlarning trassasi, hududlar yoki yo‘l ho‘jaligi obektlari maydonchalarining, chegaralari ko‘rsatilgan topografik xarita va planlar (1:10000 - 1:200 masshtabda), chizmalar ilova qilinishi amaliyotga kiritilgan.
Texnik loyiha (ish dasturi) da quyidagi malumotlar bo‘lishi kerak:
−obektning nomi va joylashgan xududi, avtomobil yo‘l trassasi yoki yo‘l xo‘jaligi obektining maydoni, avtomobil yo‘lining trassa joylashgan xaritasining nomenklaturasi;
−topografo – geodezik ishlarning maqsadi va vazifalari;
−avval bajarilgan topografo–geodezezik ishlar to‘g‘risida malumotlar;
− qabul qilingan planli va balandlik koordinatalar tizimi to‘g‘risida malumotlar;
−tasvir olish geodezik tarmoqlarini rivojlantirish va topografik tasvir olish uchun ko‘rsatmalar;
− atrof−muhitni himoyalash bo‘yicha chora tadbirlar ko‘rsatib o‘tilugan bo‘lishi kerak.
Ishlar dasturiga texnik topshiriq nusxasi, loyihalanayotgan topogrofo−geodezik ishlarning smeta hisobi, qidiruv ishlarini ketma−ketligi va texnologiyasi, tarkibi, usuli, murakkablik darajasi ish bajariladigan hududlarning geodezik o‘rganilganlik darajasi bo‘yicha malumot va ish bajarilayotgan hududlarning joylanish chizmasi ilova qilinadi.
Texnik topshiriq va texnik loyiha tarkibi asosida loyiha oldi va ishchi hujjatlari tayyorlanadi. Loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun topografik xaritalar, plan, aerofotosuratlar, joyning raqamli modeli va boshqa kartografik materiallarni, davlat geodezik to‘ri to‘g‘risidagi malumotlarni yig‘ish, tartibga solish va tahlil etish talab etiladi.
Avtomobil yo‘li trassasining yo‘nalishlarini variantlarini yirik masshtabli topografik xaritada ishlab chiqish maqsadida, joyning yirik masshtabli topografik tasviri to‘planadi. Yetarlicha to‘liq va sifatli kartografik materiallar va oldingi yillar bo‘yicha malumotlar mavjud hollarda, loyiha yechimlar mazkur materiallar asosida qabul qilinadi. Keyingi loyiha oldi hujjatlarni ishlab chiqishda mavjud materiallarni yangilashdan tashqari boshqa topografo−geodezik ishlari bajarilmaydi.
Avtomobil yo‘li trassasining optimal yo‘nalishini tanlashga mavjud topografik xaritalar, aerotasvir, kosmik tasvir va joyning raqamli materiallaridan foydalaniladi. Kameral trassalashda trassa variantlarini tanlashda 1:100000–1:10000 masshtabli topografik xaritalarda amalga oshiriladi. Murakkab va etolon xududlarda 1:5000–1:2000 masshtabli topografik xaritadan foydalaniladi.

Download 58.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling