Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi


Download 1.13 Mb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1539241
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Kurs ishi sirtqi namuna

Avtomobil markasi

Miqdori, %

Avtomobil markasi

Miqdori, %

Yengil avtomobillar

59

Renault Major R385 (17 т)

4

ЗИЛ 157КД Б (3.2 т)

10

Volvo FH 16 6x4 (20 т)

3

КАМАЗ-43101 (6.4 т)

8

MAN F-2000 19.423 (13т)

2

КАМАЗ-5315 (8.4 т)

5

MAN F-2000 36.372 (23т)

3

DAF FT 95 (13 т)

4

MAN OAF 40.502 (28т)

2







Jami:

100



Tushuntirish xatining mazmuni:

1. Kirish.


2. Yo‘l loyihalanayotgan viloyatning iqlimi.
3. Yo‘l toifasini aniqlash.
4. Berilgan yo‘l toifasi uchun texnik me’yorlar.
5. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasini loyihalash (3 ta me’zon bo‘yicha).
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.


Chizmalar tarkibi:


1. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi (A3 formatdagi millimetrli qog‘ozga chiziladi)
2. Ko‘ndalang kesim (A4 formatdagi millimetrli qog‘ozga chiziladi).


Rahbar: Aralov D.E. _____________
Mundarija
1. Kirish.
2. Yo‘l loyihalanayotgan viloyatning iqlimi.
3. Yo‘l toifasini aniqlash.
4. Berilgan yo‘l toifasi uchun texnik me’yorlar.
5. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasini loyihalash (3 ta me’zon bo‘yicha).
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Kirish.
Avtomobil yo‘li – avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bog‘lovchi yo‘llar, mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo‘jaliklari yo‘llari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi ko‘tarmasi; yo‘l to‘shamasi; qatnov qismi; yo‘l cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq ko‘tarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (o‘rta qatlam) qum, shag‘al, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shag‘al sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shag‘al yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shag‘alga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yo‘llarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo‘lib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha olinadi. Chekka yo‘llarning eni 2 – 2,5 m bo‘ladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yo‘lning o‘rtasi ma’lum kenglikda ko‘kalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, ko‘priklar, tayanch devorlar, himoya yo‘laklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv o‘tkazuvchi va drenaj qurilmalari bo‘ladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari o‘rnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati ko‘rsatuvchi stansiyalar, yonilg‘i stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari bo‘yicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmog‘idagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga ko‘ra besh toifaga bo‘linadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yo‘lida har ikkala yo‘nalishda o‘rtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan ko‘proq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/soatga, eng past toifadagi yo‘lda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/soatga mo‘ljallanadi. Xalq xo‘jaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta.
O‘zbekiston Respublikasida mavjud avtomobil yo‘llarining uzunligi 184 000 kmni tashkil qiladi. Bular quyidagicha: Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llar–42 695 km.ni tashkil qiladi (Avtomobilь yo‘llari qo‘mitasi balansida). Shu jumladan: xalqaro ahamiyatdagi – 3 981 km,
davlat ahamiyatidagi – 14 100 km, mahalliy ahamiyatdagi – 24 614 km.
Respublika xududida joylashgan ko‘chalari, ichki xo‘jaliklararo yo‘llari, qishloq qo‘chalari, shaxar tipidagi qishloq ko‘chalari – 116 560 km.ni tashkil qiladi (Mahalliy hokimliklar balansida). Shu jumladan: shaxar ko‘chalari – 7 125 km, tuman markazlari ko‘chalari – 12 530 km, qishloq aholi punktlari – 49 383 km, shahar aholi punktlari – 15 456 km, xo‘jaliklararo qishloq yo‘llari–32 066 km.
Yuridik tashkilotlar yo‘llari – 24 745 kmni tashkil qiladi (Yuridik shaxslar balansida).


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling