III. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati
1-§. Yo‘lovchilar tashish jarayonida foydalanish xizmatining vazifalari
6. Yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtomobilda tashuvchining
foydalanish xizmati quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) avtotransport vositalari haydovchilarining ishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi
talablarga muvofiq ravishda tashkil etadi;
b) avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar
yaratib beradi;
v) yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lgan taqdirda
transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi;
g) avtomobilda tashuvchining faoliyat ko‘rsatadigan hududidagi mavjud yo‘nalishlar
hamda ochilish ehtimoli bo‘lgan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilar oqimini o‘rganadi,
yo‘lovchilar tashishda avtotransport vositasidan samarali foydalanish hamda aholiga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va madaniyatini oshirish bo‘yicha rejalar tuzadi va amalga
oshiradi;
d) maxsus vakolatli organlarga (O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
hududiy bo‘limlari, Shaharda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining shahar atrofidagi va shaharlararo-
viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishlarni tashkil etish bo‘yicha komissiyalar,
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tendyerlar
o‘tkazishni tashkil etish masalalari bo‘yicha idoralararo komissiya va h.k.) yangi yo‘nalishlar
ochish va/yoki mavjudlarini o‘zgartirish, harakat yo‘nalishi, yo‘nalish masofasi va harakatlanish
jadvaliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar beradi;
e) yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun bo‘lib o‘tadigan ochiq
tendyerlarda ishtirok etishga talabgor sifatida qatnashadi, tendyerlarda qatnashish uchun
kerakli hujjatlarni (tender takliflari, tariflar uchun asoslar va h.k.) tayyorlaydi;
j) avtotransport vositalarining har bir yo‘nalishdagi ish tartibini belgilovchi
yo‘riqnomalarni, avtotransport vositalarini yo‘nalishga chiqarish va korxonaga qaytarish
jadvalini, avtotransport vositalarining yo‘nalishlardagi harakatlanish vaqtlari me’yorlarini ishlab
chiqadi, shuningdek, avtotransport vositalarini zaruriy anjomlar (ekipirovkalar) bilan
ta’minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |